Menejmentning rivojlanish tarixi va xozirgi xolati Reja: Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari Menejmentning ilmiy maktablari


Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha)



Yüklə 55,29 Kb.
səhifə5/7
tarix07.01.2024
ölçüsü55,29 Kb.
#205721
1   2   3   4   5   6   7
Menejmentning rivojlanish tarixi va xozirgi holati

Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati paydo bo‘lgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar. Ham tashkilotning o‘zida, ham atrof muhitda ko‘pgina bunday omillar mavjud bo‘lganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona “yaxshi” usuli yo‘q bo‘ladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko‘proq mos keluvchi usuli eng samarali bo‘ladi.
Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha).
50-yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo‘llanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bo‘lgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qo‘llana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta’sirini to‘liq darajada baholashning iloji yo‘q. SHunga qaramasdan bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham u o‘sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va nazariyalarni sintez qilish mumkin bo‘lar.


Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi vaqtda keng qo‘llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bog‘liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har biri ham, o‘z navbatida bir necha o‘zaro bog‘langan harakatlardan iborat bo‘ladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror qabul qilishning bog‘lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik (etakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. U xodimlarga ta’sir ko‘rsatishning shunday imkoniyatini ko‘zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yo‘nalishida mehnat qilsinlar.



Yüklə 55,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin