1-rasm. Ishlab chiqarish unumdorligini oshirishda F.Teylor taklif etgan qadamlar
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi bo‘yicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o‘tkazishdan iborat bo‘lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo‘lga qo‘yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim o‘zining vazifalari uchun javobgar bo‘lishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak.
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o‘sishi va xo‘jayinlar va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to‘liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o‘rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o‘ylagan.
Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950).
Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemets sotsiologi M.Veber eng katta ulush qo‘shganlar (2-rasm).
2-rasm. M.Veber tomonidan boshqaruvga berilgan oltita xarakteristika
Bu maktabning vakillari tashkilotlarning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo‘lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo‘lgan. Birinchisi-tashkilotni boshqarishning ratsional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo‘linmalarga bo‘lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat – tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. YAkkaboshchilik tamoyili bunga misol bo‘lib xizmat qilgan, unga ko‘ra odam faqat bitta boshliqdan bo‘yruqlar olishi va fakat bitta unga bo‘ysunishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |