Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng
ko‘zga ko‘ringan vakillari – F.Gertsberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab
insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko‘ra
xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini qo‘llash
asosida o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko‘proq darajada yordam ko‘rsatish
kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy
resurslari samaradorligini oshirish yo‘li bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi:
ahloq haqidagi fanni to‘g‘ri qo‘llash hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman
tashkilotning samaradorligini oshishiga yordam berishi kerak.
Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va
L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. statistika,
muxandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi va operasiyalar va
vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng ko‘llashni ko‘zga tutadi. Ammo ikkinchi
jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda yetarlicha foydalanilmagan.
Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni ko‘llashga kuchli turtki
bo‘lgan bo‘lsa kerak. Ular o‘sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga
imkon berganlar, bu modellar haqiqatga ko‘proq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq
bo‘ladilar.
Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab
chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va
sharoitlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati paydo bo‘lgan. Vaziyatli yondashuvda
asosiy tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq
vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar. Ham tashkilotning o‘zida, ham atrof muhitda ko‘pgina
bunday omillar mavjud bo‘lganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona
“yaxshi” usuli yo‘q bo‘ladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko‘proq mos
keluvchi usuli eng samarali bo‘ladi.