Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha).
Bu
yondashuv hozirgi
vaqtda keng qo‘llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari
tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar.
Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga
ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bog‘liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib
chiqiladi, ularning har biri ham, o‘z navbatida bir necha o‘zaro bog‘langan harakatlardan
iborat bo‘ladi. Ular kommunikasiyalar va qaror qabul qilishning bog‘lovchi
jarayonlari
bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik (etakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi.
U xodimlarga ta’sir ko‘rsatishning shunday imkoniyatini ko‘zda tutadiki, ular maqsadlarga
erishish yo‘nalishida mehnat qilsinlar.
1.3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi
O‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega.
Yuqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga
qadar davrlarda ham ushbu
jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan turli xildagi
murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtai
nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo‘lganki, ularni
o‘rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ana
shunday shaxslardan Al- Xorazmiy,
Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar),
Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYAsrlar), Zahriddin
Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XYAsrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi
kunda ham qo‘llanma bo‘ladigan ko‘rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ”Qutadg‘i bilik”,
“Temur tuziklari” va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 20 yil ichida bozor
islohatlariga
oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari , Vazirlar
Mahkamasiningqarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini
iqtisodiyotiga joriy
etishga karatilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab bergan
tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o‘tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish
dasturi bir qator mamlakatlarda “O‘zbek modeli” deb e’tirof etildi. Ushbu model jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun
mustahkam poydevor yaratdi.
Dostları ilə paylaş: