Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Matematik modelda 
(shuningdek simvolli deb ataladigan) ob’ektlar yoki 
voqealarning xossalari yoki xususiyatlarini tavsiflash uchun simvollardan 
foydalaniladi. Nihoyatda murakkab muammolarni hal qilishga yordam beruvchi 
vosita sifatida matematik modelga misol – bu A. Eynshteynning mashxur E = ms
2
formulasidir. Agar A.Eynshteyn ushbu, unda simvollar haqiqiy voqelikni 
almashtiradigan matematik modelni tuza olmaganida edi, fizik olimlarda materiya 
va energiyaning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi hatto yiroqlashgan g‘oyaning 
paydo bo‘lishi ham dargumon bo‘lar edi. Matematik modellar, ko‘pincha tashkiliy 
qarorlarni qabul qilishda ishlatiladigan modellar turiga kiradi. Masalan, statistik 
formulalar kabi matematik modellar boshqaruv vaziyatlarini tavsiflashda va tahlil 
qilishda keng qo‘llanadi. 
Modellar tuzish jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: 

vazifani qo‘yish; 

modelni tuzish; 

modelni ishonchliligini tekshirish; 

modelni qo‘llash. 
Vazifani qo‘yish – 
model tuzishning eng muhim bosqichi bo‘lib, u boshqaruv 
muammosining to‘g‘ri hal etilishini ta’minlashga qodir. Agar muammoning o‘ziga 
aniq tashxis qo‘yilmasa, matematikadan yoki kompyuterdan foydalanish befoyda. 
A. Eynshteyn, vazifani to‘g‘ri qo‘yish, uni hal etishdan ham muhimroqdir deb 
ta’kidlagan edi. Har yili noto‘g‘ri qo‘yilgan savollarga chiroyli va chuqur ma’noli 
javoblarni topishga ulkan mablag‘lar sarflanadi. Shu jihatdan qaraganda, vaziyatni 
bayon qilish jarayonigacha tadqiqot natijasida nimaga erishish maqsadga 
muvofiqligini tasavvur qilish juda muhim. 
Modelni tuzishda
menejer, modelning bosh maqsadi, chiqish me’yorlarini 
yoki rahbariyatga muayyan muammoni hal qilishga yordam berish uchun olinishi 
ko‘zlanayotgan axborotni aniqlashi kerak. Bosh maqsadlarni o‘rnatishga 


44 
qo‘shimcha ravishda, ishlab chiquvchi modelni tuzish uchun qanday axborot talab 
qilinishini aniqlab olishi zarur. Xarajatlar modelni tuzishda hisobga olishni talab 
qiluvchi yana bir muhim omil hisoblanadi. Uning yordamida hal etiladigan 
vazifaga qaraganda qimmat turadigan model, albatta, tashkilot maqsadlariga 
erishishga hech qanday hissa qo‘shmaydi. 
Modelni ishonchliligini tekshirish
jihatlaridan biri – modelning haqiqiy 
olamga mos kelish darajasini aniqlash. Ishlab chiquvchi, hayotiy vaziyatni muhim 
komponentlarining barchasi ham modelga kiritilganligini o‘rnatishi zarur. Model 
haqiqiy hayotni qanchalik to‘liq aks ettirsa, uning rahbarga samarali boshqaruv 
qarorini qabul qilishda yordam beruvchi vosita sifatidagi salohiyati shunchalik 
yuqori bo‘ladi.
Modelni ishonchliligini tekshirish jihatlaridan yana biri – uning yordamida 
olinadigan axborot, qay darajada rahbarga muammoni hal etishga yordam berishini 
o‘rnatishdir. Modelni tekshirishning yaxshi usuli – uni o‘tmishdagi vaziyatlarda 
sinab ko‘rish. Ishonchlilikka tekshirilgandan so‘ng model foydalanish uchun 
yaroqli hisoblanadi. Shennon ta’kidlashicha, hech bir modelni “u qabul qilingunga, 
tushunilgunga va amaliyotda qo‘llanilgunga qadar muvaffaqiyatli tuzilgan deb 
hisoblash mumkin emas”. Bu shubhasiz to‘g‘ri, lekin ko‘pincha model tuzishning 
bu bosqichi eng qiyin bosqichlardan biri bo‘ladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra 
rahbarlarning xavfsirashi yoki tushunmasligi sababli boshqaruv fani modellarining 
atigi 60%ga yaqini to‘liq yoki deyarli to‘liq darajada qo‘llanilgan. 
Modellashtirishning bir turi bo‘lib imitatsiya (o‘xshatib ishlash) hisoblanadi. 
Imitatsiya
 
boshqaruv tizimini tadqiq etish usuli sifatida – bu modelni yaratish 
jarayoni va uni real vaziyat o‘zgarishlarini aniqlash uchun eksperimental 
qo‘llanishidir. Imitatsiyaning bosh maqsadi – real tizimni, uning xususiyatlarini, 
qanday tutishini va tavsiflarini tadqiq etish va tushunish maqsadida, imitatsiya 
qilish uchun qandaydir qurilmadan foydalanishdan iborat. Aerodinamik quvur – 
ishlab chiqilayotgan samolyotlar va avtomobillarning tavsiflarini tekshirish uchun 
qo‘llanadigan, jismonan his qilinadigan imitatsion modelga misol bo‘ladi. Shunday 


45 
qilib, imitatsiya – bu ko‘pincha real tizim o‘rnini model bilan almashtirishning eng 
qulay usulidir. Modelda tizimlarni tajribadan o‘tkazib, ma’lum bir o‘zgarishlar 
yoki voqealarga bo‘lgan reaksiyalarni o‘rnatish mumkin. Agar imitatsion 
modeldan foydalangan holda eksperiment o‘tkazish natijalari modifikatsiya 
yaxshilashga ko‘maklashishini ko‘rsatsa, rahbar real tizimda o‘zgartishlarni 
amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorlarni yanada yuqori ishonch bilan qabul qilishi 
mumkin. 
Shunday qilib, imitatsion model, tizimning faoliyat ko‘rsatish yoki rivojlanish 
jarayonini xuddi o‘zidek takrorlovchi eksperimentni o‘tkazish yo‘li bilan tadqiq 
etiladigan tizim modelini ifodalaydi. Bunday eksperiment imitatsion eksperiment 
deb nomlanadi. Imitatsion modellar yordamida modellashtirish jarayoni va shakli 
imitatsion modellashtirish deb ataladi. 
Tadqiq etilayotgan tizim va modellashtiruvchi algoritmni tuzish usulining 
rasmiylashuv darajasiga qarab: 

sonli usullarni qo‘llash yordamida modellashtirish; 

modellashtirishning maxsus algoritmli tillarini qo‘llash yordamida ehtimolli 
yoki statistik modellashtirish ajratiladi. 
Imitatsion modellashtirish, mohiyatan, modellashtirilayotgan tizimlar tavsifini 
oddiy, mashinalar tiliga o‘tkazish bo‘lib hisoblanadi. 
Modelga xizmat qiluvchi maxsus dasturlar, modellashtirilayotgan tizimning 
kirish signalini turli aniq amalga oshirishlarini hosil qiladi va kompyuter 
qurilmalariga kiritilgan tizim tavsifiga muvofiq chiqish signalini quradi. So‘ngra, 
olingan natijalar oddiy eksperimentda bo‘lganidek, o‘rganilayotgan tizimning 
xulqini tavsiflovchi, turli sifat ko‘rsatkichlarini va hokazolarni aniqlovchi maxsus 
dasturlar yordamida qayta ishlanadi. 
Tadqiqot usuli sifatida imitatsion modellashtirish o‘zida matematik mantiq 
dasturiy apparatdan foydalanib, kerakli qoida va qonunlarni tavsiflash orqali 
haqiqiy voqelikni virtual dunyoga ko‘chirish usulini ifodalaydi. 


46 
Hozirgi vaqtda u yoki bu sohada bosharuv qarorlarini qabul qilishni pishitish 
imkoniyatini beradigan ko‘plab modellar mavjud. Masalan, «FIAT» konserni o‘z 
ixtiyorida avtomobilsozlik tarmog‘i modeliga ega bo‘lib, u turli boshqaruv 
vaziyatlarini imitatsiya qilish hamda o‘rta bo‘g‘in menejerlari mutaxassislarini 
testdan o‘tkazish imkoniyati beradi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda 
ko‘pchilik firmalar o‘z tarmoq, shaxsiy ishlab chiqarish modeliga ega bo‘lib, ular 
yordamida eksperimentlar o‘tkazish turli boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va 
qabul qilish imkonini beradi. Odatda, bunday dasturlarga sarflangan mablag‘lar 
bir-ikki yil ichida o‘zini oqlaydi. 
Imitatsion o‘yinlar usuli imitatsion modellashtirish turi hisoblanadi. Hozirgi 
vaqtda imitatsion o‘yinlar bir tomondan, o‘qitish usuli, boshqa tomondan – 
murakkab tashkiliy-xo‘jalik mexanizmlarning faoliyat yuritishini o‘rganishga 
qaratilgan tizimli tahlil vositasi sifatida keng tarqalgan. Zamonaviy imitatsion 
o‘yinlarning o‘tmishdoshi shaxmat o‘yini hisoblanadi. 
Imitatsion o‘yinlarga masalan, rolli o‘yinlarni kiritish mumkinki, bunda 
ma’lum bir boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi tashkilot xodimlarining faoliyati 
o‘yin elementi sifatida, topshiriq turi sifatida vaziyatlardan foydalangan holda 
imitatsiya qilinadi. 
Umumilmiy usullarda shuningdek ekstrapolyasiya usuli qo‘llanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin