Kerakli jixozlar: Mavzuga oida rasimlar, suv, qum va yong`in xavfsizligi bo`yicha tarqatma materiallar.
Markazlar: fan va tabiat markazi
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Aytinglarchibolajonlaryong`in xavfsizligi deganda nimalarni tushunasizlar.
Bolalar javobi: Tarbiyachi: Bolalar olov deganda nimani tushunasizlar?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar olov issiqlik, yorug`lik demakdir. Shu bilan birga olov xalokat, kulfat hamdir. Ota-bobolarimizolovdan extiyotkorlikbilan foydalanishga harakat qilishgan. Lekin olov har doim ham insonlarga itoat qilmagan ularning boshiga kulfatlar solgan. Keyinchalik yong`in saqlash xizmatlari tashkil qilingan. O`t o`cherish xizmati uchun “101” raqami joriy qilingan. Hozirda zamonaviy asbob uskunalar bilan jixozlangan. Men sizlarga o`t ochirish modulini ko`rsataman. Bolalarning e’tiborini uning rangiga, asbob uskunalariga qaratadi. Yoritgich, o`t o`cherish shlangi nima uchun kerakligi haqida tushuntirib beradi.
Tarbiyachi:Bolalar o`yinchoq mashinasini ko`rib chiqqanlaridan so`ng, o`t o`chiruvchi hodimning, maxsus kiyimda turgan suratini ko`rsatadi. Bolalar o`t ochiruvchining usti-boshiga diqqat bilan qarashni taklif etadi. O`t o`chiruvchilarning ustidagi po`lat qalpog`idan qaysi vaqtda qanday foydalanishlari haqida tushuntirib beradi.
Tarbiyachi: Bolalar sizlar nima deb o`ylaysizlar yong`in nimalardan kelib chiqadi.
Bolalar javobi: Kattalarni e’tiborsizligidan, gugurt o`ynashdan, gazlarni ochiq qolishidan.
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar. Shuning uchun bor imkoniyatimizni ishga solib yong`in chiqishlarini oldini olaylik. Endi sizlarga “O`t o`chiruvchi” she’rini o`qib beraman.
Eshting o`g`il qizlarim,
Judayam yaxshisizlar.
O`ynamanglar o`t bilan,
O`ynamanglar gugurt bilan.
Degan gaplarni eslang,
Boshqacha o`yin izlang.
Tag`in bir so`z bor sizga
Tushuray esingizga
“01”ga qilsak habar
U bola mard bo`ladi
Ko`pning ko`ngli to`ladi
Tilagi omonlikdir
Ashi qahramonlikdir
Niyatimiz eng katta
Ko`pga maqul albatta
Obod bo`lsin keng jaxon
Yoqilmasin hech qachon
Urushlarning olovi
Topilsin yo`l qalovi
Endi bolajonlar sizlar bilan “O`t o`chiruvchilar mashq”da harakatli o`yinini o`ynaymiz. O`yin o`ynatib Faoliyatyakunlanadi. Mashg`ulotda faol ishtirok etgan bola rahbatlantiriladi.