1-bola: qayiqda o`tirib baliq tutish uchun
2-bola: kemada katta katta yuklarni tashish uchun
3-bola: paravozda sayrga chiqishda, atrofni kuzatishda
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar bizga suv osti transportlari ham juda kerak ekan! Bolalar kelinglar endi birgalikda lego o`yinchoqlarimizdan foydalanib qayiqcha yasaymiz. Tarbiyachi birgalikda qayiqcha yasaydilar. Mashg`ulotga faol qatnashgan bolalarni rag`batlantiriladi.
23-Mavzu: “Bizning yaxshi ishlarimiz”
(Bolalar ijodidan)
Maqsad: Bolalar tevarak atrof haqidagi bilimlarini kengaytirish, qilinayotgan yaxshi ishlar haqida umumiy tushuncha berish. Bajargan ishlariga ijobiy munosabatda bolishga, birlik va ko`plik qo`shimchalari, savollarga aniq va to`liq javob berishga o`rgatish. Topishmoqlarni sezgirlik bilan topib, javoblarini to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi:Assalomu alaykum, bolajonlar. Bugungi mashg`ulotimizda sizlar bilan oy mavzusi asosida yaxshi ishlarimiz haqida suhbatlashamiz.
- bilasizlarmi bolajonlar yerdagi barcha transport (turli) vositalar, svetafor bilan boshqariladi. Hozir men sizlarga rasim ko`rsataman, sizlar esa uning nomini aytasizlar.
(Poyezd, samalyot, mashina, avtobus rasimlari ko`rsatiladi).
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar sizlar transport vositalarining nomlarini yaxshi bilib olibsiz. Endi ularning qanday vazifa bajarishini so`rayman.
- Poyezd qaysi yo`lda harakatlanadi?
Bolalar javobi: poyezd maxsus temir yo`lida harakatlanadi. Kelinglar birgalikda poyezd ovozini o`xshatamiz?
(Bolalar jo`r bo`lib poyezd ovoziga taqlid qilishadi).
Tarbiyachi: Avtobusda o`zimizni qanday tutishimiz kerak?
1-bola: Avtobusda ko`p kulish, haydovchiga halaqit berish mumkun emas