Tarbiyachi: Kulcha non qanday shaklda bo`ladi;
Bolalar: Doira shaklida
Tarbiyachi: juda to`g`ri. Bolalar nonvoy xolamiz hamiri ko`pib ketibdi, kelinglar birgalashib kulcha nonlar tayyorlaymiz.
Tarbiyachi: Bolalar nonni tayyorlashdan oldin qo`llarimizni yuvib olamiz-a;
(Bolalar qo`llarini birgalikda yuvadilar)
Nonvoy: Bolalar endi hamirimizni zuvalachalarga bo`lib olib undan zuvalachalarga bo`lib olamiz, undan dumaloq qilib zuvalachalar yasaymiz.
(Bolalar ham zuvalachalar yasaydilar)
Nonvoy: Barakalla bolajonlar mana sizlarni zuvalachalaringiz ham juda chiroyli bo`libdi. Endi hammamiz birgalashib nonimizni yasaymiz, yasash uchun barmoqlarimiz bilan tekkislab ketamiz, bolalar kulchalarimiz juda chiroyli chiqibdi, unga sedana va kunjutlarni sepamiz bunda nonimiz juda ham mazali bo`ladi.
Tarbiyachi: Bolajonlar nonimiz ham tayyor bo`lib qoldiendi nonvoy opamiz nonni yopishni ko`rsatadilar.
Bolalar nonni yopishdan oldin tandirni qizdirib olamiz, qizigan tandirga kulchalarni bosib yopamiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar barakalla, non ham chiroyli bo`ldi, endi nonimizni pishgunga qadar nonga ta’rif beraylik
Dostları ilə paylaş: |