E’tiborga molik jixat: ilm va turmushni bog`lay olishi, nutq va tafakkurlari rivojlanadi.
8- mavzu: “Serhosil kuz”
Faoliyat maqsadi: Bolalarni kuz fasli haqidagi tushunchalarini kengaytirish va dehqonlar haqidagi mehnati bilan tanishtirish.
Jixoz va materiallar: Meva va sabzavotlar, rasmlar, kuz fasli tasvirlangan rasm plakat, bolalarni mehmon qilish uchun mevalar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi bolalarga savol beradi.
- Hozir qaysi fasl?
- kuz faslida qanday o`zgarishlar bo`ladi?
- Kuz fasli haqida kim she’r biladi?
Kirib kelding o`lkamga,
Shamollar bilan kuzjon.
Yomg`irlarni yogdirding,
Barglarni ham toktirding shirt-shitr
(Bolalar o`rinlaridan turib, turgan joylarida yuradilar, shamol harakatlarini qiladilar, yomg`irga sakraydilar, qo`llarini bargchalar qilib, sekin o`tiradilar. So`ng turib guruh bo`ylab tez-tez yuradilar). Shu payt xonaga dehqon bobo kirib keladi.
Bolalar bilan salomlashib, savol-javob o`tkazadi.
- Mevalardan qaysilarni bilasizlar?
- Sabzavotlardan qaysilarni bilasizlar?
- Ular insonlarga nima uchun kerak? Tarbiyachi bolalar bilimini mustaxkamlaydi.
Tarbiyachi: Dehqon bobo siz yetishtirgan mevalar, sabzavotlar haqida bolalarimiz juda ko`plab she’rlarni bilishadi. Keling ularni tinglaymiz.
Men sizlarni olmangiz
Homligimda yemangiz.
Nortojiga o`xshab so`ng
Voy qornim deb qolmangiz.
Donalarim marjoncha
Naqd boshim bir jomcha.
Quritsangiz mayizman
Dasturxonga fayzman.
Bolalar bilgan she’rlarini aytib berishadi.
Tarbiyachi: Bobojon keeling sizga bir topishmoq aytaman, topib ko`ringchi?
Katta bobom ichkarida, quloqlari tashqarida. (Sholg`om)
Bolalar sizlar ham topinglarchi.
Qat-qat bo`yli qarich to`nli. (Karam)
Dum –dumaloq bo`yi bor
Palovda obro`yi bor. (bexi)
O`zi shirin tuklikgina
Mazasi ham totligina. (shaftoli)
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar.
- Qani menga aytinglarchi mevalarni homligida, yuvmasdan yeb bo`ladimi?
- Yo`q, kasal bo`lishni xoxlamaganlar mevalarni doim yuvib yeydi.
- Demak ona tabiatimiz bizga shuncha inomlar berar ekan uni asrab avaylashimiz kerak.
Bu “Bosh qonunimiz”da belgilab qo`yilgan. 50-moddada nima deyilgan edi, bir eslab olaylikchi?
- Juda to`g`ri.
Fuqarolar atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar. Bu tabiatni asrash degani.
Kelinglar sizlar bilan mevalardan “Ajoyib” salatini tayyorlaymiz.
Avval qo`llarimizni yaxshilab yuvamiz. Mevalarni ham yaxshilab yuvamiz. Taxtacha va pichoqdan foydalanib, mevalarni kubik shaklida to`g`raymiz. Mana shunday qilib. Tarbiyachi bolalarga mevali salatni tayyorlab, bolalarni va dehqon boboni mehmonxonaga taklif etadi. Dehqon boboni davraga tashrif buyurgani uchun rahmat aytadi.
Dostları ilə paylaş: |