Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar bizga suv osti transportlari ham juda kerak ekan! Bolalar kelinglar endi birgalikda lego o`yinchoqlarimizdan foydalanib qayiqcha yasaymiz. Tarbiyachi birgalikda qayiqcha yasaydilar. Mashg`ulotga faol qatnashgan bolalarni rag`batlantiriladi.
23-Mavzu: “Bizning yaxshi ishlarimiz”
(Bolalar ijodidan) Maqsad: Bolalar tevarak atrof haqidagi bilimlarini kengaytirish, qilinayotgan yaxshi ishlar haqida umumiy tushuncha berish. Bajargan ishlariga ijobiy munosabatda bolishga, birlik va ko`plik qo`shimchalari, savollarga aniq va to`liq javob berishga o`rgatish. Topishmoqlarni sezgirlik bilan topib, javoblarini to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish.