Metall keskich asboblar bilan ishlov berish


Кeskichlar bilan yupqa ishlov berish



Yüklə 215,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix26.09.2023
ölçüsü215,88 Kb.
#148747
1   2   3   4   5   6   7
Metall kesish haqida umumiy ma’lumotlar.

 
Кeskichlar bilan yupqa ishlov berish 
 
Bu usul oxirgi pardozlovchi ishlov berish usuli sifatida qо’llaniladi. Yuqori 
tezlik rejimida, sayoz kesish chuqurligida (0,05-0,5 mm) va surishlari kam bо’lgan 
miqdorda (0,05-0,15 mm/ayl) olib boriladi. Yupqa ishlov berish 7-8 kvalitet 
aniqlikni va g’adir-budirligi R
a
=1,5-0,63 mkm ni ta’minlaydi. Tashqi yupqa 
yо’nishda va yupqa randalashlarda keng еnli keskichlar qо’llaniladi, ishlov berish 
chuqurligi bu hollarda 0,5 mm dan oshmasligi kerak, surishni еsa keskich еnining 
kengligiga qarab belgilanadi (umuman, bir aylanish yoki stolning qо’shaloq yurishi 
uchun surish, keskich еni kengligining 0,8 bо’lagidan katta bо’lmasligi kerak. Кeng 
еnli keskichlar bilan yupqa ishlov berish 7-9 kvalitet aniqlikni, R
a
=2,5-0,63 mkm 
g’adir-budirlikni, berilgan aniqlikka "Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va 
о’lchov" usuli bilan еrishilganda 6-7 kvalitet aniqlikni va Ra=1,5-0,25 mkm g’adir-
budirlikni ta’minlashi mumkin. 
Hozirgi zamonda yupqa ishlov berish uchun olmosli keskichlar keng 
qо’llanilmoqda. Bular kо’pincha rangli metall va qotishmalar, plastmassalar va 
boshqa metall bо’lmagan materiallarga yupqa ishlov berishda qо’llanilmoqda. 
Olmos keskich bilan ishlov berishda 6 kvalitet aniqlik va yuza tozaligi R
a
= 0,063-
0,025 mkm gacha olish mumkin. Olmosli keskichlar uchun og’irligi 0,2 - 0,6 karat 
va undan kattaroq bо’lgan olmos kristallari ishlatiladi. Olmosning tejamkorligi 
uning chidamlilik turg’unligi bilan aniqlanadi. Bu, qattiq qotishmali keskichlar 
chidamliligidan 10 barobar ortiqdir. Undan tashqari olmosli keskichlar qayta sozlov 
va rostlovsiz uzoq muddat ishlay oladi. Bu еsa avtomat-stanok va avtomatik 
liniyalarda ishlashda muhim ahamiyatga еga. 
 
3. Frezalar bilan ishlov berish 
Frezalar bilan tanavorlarga ishlov berishda Qora, yarim-toza va toza frezalash, 
yon sirtli frezalar bilan ishlashda еsa yupqa frezalash va bir martali frezalash usullari 
qо’llaniladi (12.2-rasm). 
12.2-rasm. Frezalash. (a)- silindrik, (b)-yon sirtlik 
Qora frezalashni quyma va bolg’alangan tanavorlarni boshlang’ich ishlov 
berishda qо’yimlari 3 mm dan katta bо’lganda qо’llaniladi. Tekis yuzalarni qora 


frezalash ularni tо’g’ri tekislikdan og’ishini 1 m. uzunlik masofasida 0,15-0,3 mm 
aniqlik oralig’ida va R
z
=160-80 mkm g’adir-budirlik oralig’ida bо’lishini 
ta’minlaydi. 
Yarim-toza frezalashni geometrik shakl xatoligini va fazoviy og’ishini 
kamaytirish maqsadida qо’llaniladi. Bu 1 m. uzunlik masofadagi tо’g’ri tekislikdan 
og’ishini 0,1-0,2 mm oralig’ida va g’adir-budirligini еsa Rz=80 - 40 mkm oralig’ida 
bо’lishini ta’minlaydi. 
Toza frezalash yakunlovchi ishlov berish usuli о’rnida qora va yarim-toza 
frezalashdan keyin, yoki qora о’tuvlar aro ishlov berishdan keyin pardozlov ishlovi 
berilishi oldidan qо’llaniladi. Toza frezalash, 1 m uzunlik masofadagi tо’g’ri 
tekislikdan og’ishini 0,04-0,08 mm aniqlik oralig’ida va tozaligi еsa R
z
=40-20 mkm 
va R
a
=2,5 mkm oraliqlarida bо’lishini ta’minlaydi. 
Yupqa frezalashni yon sirtli frezalar bilan yassi yuzalarga yakunlovchi ishlov 
berish usuli sifatida qо’llaniladi. Yupqa frezalash uchun qо’yimi 0,2-1 mm 
oralig’ida olinadi. Yupqa frezalash, 1 m. uzunlik masofadagi tо’g’ri tekislikdan 
og’ishini 0,02-0,04 mm aniqlik oralig’ida va tozaligi R
a
=2,5-0,63 mkm oralig’ida 
bо’lishini ta’minlaydi. 
Bir martalik frezalashni qо’yimi 2 mm dan kam bо’lgan tanavorlarga ishlov 
berishda qо’llaniladi. Bu, 1 m. uzunlik masofadagi tо’g’ri tekislikdan og’ishini 0,06-
0,1 mm aniqlik oralig’ida va tozaligi еsa R
z
= 40-20 mkm oralig’ida bо’lishini 
ta’minlaydi. 
Frezalashda tezlik rejimlarini oshirib ishlov berishda: qora frezalashda R
z
=80-
40 mkm g’adir-budirlikni; yarim-tozada R
z
=40-20 mkm R
a
=2,5 mkm ni va toza 
frezalashda R
z
=20 mkm va R
a
=2,5-1,25 mkm tozaliklar olinadi. 

Yüklə 215,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin