kesib
tushiradi, parmalashdan hosil bо’lgan teshik о’qi og’ishini va shakl
xatoliklarini tо’g’rilaydi (ayniqsa konduktor moslamada ishlansa). Bu moslamada
kо’zda tutilgan zenker yо’naltirgich vtulka (konduktor vtulkasi deb ataluvchi) orqali
amalga oshiriladi. Ikkinchi holda zenker tanavor teshigiga tо’g’ri shakl berib о’qini
og’ishini tо’g’rilaydi. Quyma va urib tushirilgan teshiklarni zenkerlash 9 kvalitet
aniqlikni, R
z
=80-40 mkm oralig’idagi g’adir-budirlikni beradi. Parmalashdan keyin
zenkerlash еsa 8 kvalitet aniqlikni va R
z
=40-20 mkm g’adir-budirlikni ta’minlaydi.
Quyma teshiklarni (kulrang chо’yandan tayyorlangan tanavorlar ham kiradi)
sovutgichlar yordamida bir marta zenkerlash usulida 9 kvalitet aniqlikka
va tozaligi
R
z
=40-20 mkm yuzalar g’adir-budirligiga еrishiladi.
6. Razvertkalar yordamida ishlov berish
Razvertkalashni tanavorlar teshiklariga yakunlovchi
ishlov berish usuli
sifatida qо’llaniladi yoki teshiklarni xoninglashdan oldin о’tuvlararo usul sifatida
qо’llaniladi
(12.3b-asm). Razvertkalash usuli, teshik о’qining
еgilishi va siljib
qolishi kabi xatoliklarni tо’g’rilay olmaydi, ammo aniq diametrial о’lchamlar olish
uchun ishlatiladi.
Teshiklarga qо’yilgan talablarga kо’ra; normal ,aniq va yupqa razvertkalash
usullari ishlatiladi. Bu kо’rinishdagi razvertkalash usullari
asosan razvertkalar
diametrial о’lchamlariga qо’yilgan dopusklarning miqdori bilan farqlanadi (1-
jadvalga qarang).
1-jadval
Diametrlari 25-500 mm oralig’ida bо’lgan 6-7 kvalitet aniqlikda
yakunlovchi ishlov berish maqsadida suzuvchi (plavayuщie) plastinkalar о’q
og’ishi va siljishi xatoliklarini tо’g’rilay olmaydi, ammo faqat yuqori aniqlikdagi
о’lchamlar olish uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: