9. Xon kallag yordamida teshiklarni xoninglash usuli
Xoninglash usuli, qayroq toshlar bilan biriktirilgan
maxsus kallaglar
yordamida olib boriladi (12.7-rasm). Кallag bir vaqtning o’zida ham aylanma va
ham ilgarilanma-qaytuv harakatlarini qilish imkoniyatiga ega; natijada ishlanuvchi
yuzada abraziv zarrachalaridan qiya joylashgan mayda setka chiziqlar barpo bo’ladi.
Bu setkalar ekspluatasiya qilish davrida moylarni o’zida
yaxshi ushlab turish
imkoniyatini yaratadi. Xoninglash usuli bilan tanavor teshigi ichki yuzasidan 0,01-
0,20 mm gacha bo’lgan qatlam olib tashlanadi. Shu miqdor chegarasida teshik
konusliligi va ellipsliligi to’g’rilanadi. Teshikning
boshlanishi va chiqishidagi
diametrlarining kichrayishiga yo’l qo’ymaslik uchun qayroq toshlar bir qancha
uzunlikda tashqariga chiqib harakatlanishi darkor bo’ladi. Xoninglash usulini bir-
ikki ayrim hollarda
uch yurishda bajariladi, bu esa qayroq toshlar zarradorligiga
bog’liq bo’lib: dastlabki xoninglash uchun zarradorligi 4-8 markali, toza xoninglash
uchun 3 markali qayroq toshlar qo’llaniladi. Xoninglash jarayoni kerosinga 10-20%
texnik moyi aralashgan maxsus suyuqlik bilan olib boriladi. Xoninglash usuli 5-20
mkm ishlov berish aniqligini va R
a
=0,63-0,125 mkm yuza tozaligini ta’minlaydi. Bu
usul, yuqori yuza tozaligiga ega bo’lgan aniq teshiklarga ishlov berish usuli sifatida
qo’llaniladi.
12.7-rasm. Xoninglash opera- 12.8-rasm. Supperfinshlash
siyasi. amalsi.
10. Supperfinish usuli
Superfinish usuli ham shuningdek qayroq toshlik maxsus kallaglar yordamida
olib boriladi (12.8-rasm). Bu usul tashqi va ichki aylanuvchi yuzalarga hamda yassi
yuzalarga ishlov berishda ishlatiladi. Ishlov berish davrida zarradorligi 3
markali
qayroqlar qo’llaniladi.
Supperfinish usuli yordamida faqat yuzaning tozaligi oshiriladi, ya’ni
R
a
=0,125-0,030 mkm oralig’ida bo’ladi. Bu usul bilan oldingi ishlovdagi xatoliklar
to’g’rilanmaydi. Jarayon 10-15% li veretyon moyli kerosin moylovchi-sovituvchi
suyuqlik berish bilan o’tkaziladi. Shuning uchun qayroqlar yuzadagi moy plyonkasi
uzilgan
joylardagi
mikronotekisliklarga tegib o’tadi. Ma’lum tozalik darajasiga
erishilganda, moy plyonkasining uzilishi natijasida
jarayon avtomatik ravishda
to’xtaydi.
Dostları ilə paylaş: