yordamida pardozlov ishlovlari beriladi (12.9-rasm). Bu usul bilan ishlov berishda
asosan g’adir-budirlikni kamaytirishga va juda ham toza yuza (R
a
-0,007-0,012)
olishga erishiladi. Tanavor yuzasini pritir-kallag 12-15 gradus burchak bilan qoplab
oladi va unga nisbatan asta-sekin siljitib boriladi. Bu usul yuza tozaligiga yuqori
talab qo’yilgan sharoitlarda qo’llaniladi.
12.9-rasm. Aylanuvchi
sirtga ishlov berishning
ultrafinish sxemasi.
1- pritir korpusi; 2 – tanavor; 3- brezent bo’shlig’idagi pek yoki toshli (smola) saqich; 4 –
almashtiriluvchi silliqlovchi junli mato; 5 – tiragich.
12. Ishqalash usuli (pritirka)
Bu
usul bilan ishlov berishda, tanavorning o’ziga qaraganda yumshoqroq
materialdan tayyorlanuvchi ishqalash asbobi qo’llaniladi. Tanavorga ishqalab ishlov
berish, ishqalash asbobi va tanavor orasida abraziv
kukuni va pastalarini
joylashtirish orqali olib boriladi. Bunda, dastlabki va yakunlovchi ishqalash usullari
ishlatiladi. Dastlabki ishqalash bilan tanavorlarning geometrik shakl xatoliklarini
to’g’rilash uchun kerakli bo’lgan yupqa qatlam olib tashlanadi.
Yakunlovchi
ishqalash bilan etkazilib ishlov berilib tozalik darajalarini oshirishga erishiladi. Bu
usul 0,1 mkm aniqlikka va Ra=0,125-0,05 mkm yuza tozaligiga erishishni
ta’minlaydi.
13.
Silliqlash usuli (polirovka)
Bu usul asosan tanavorlarni yuza tozaligi darajasini
oshirish maqsadida
qo’llaniladi. Bu usul, tez harakatlanuvchi abraziv lentasi yordamida bajariladi. Lenta
esa yumshoq abraziv zarrachalari yoki tosh qumlari surtilgan bo’ladi, shuningdek
silliqlash uchun maxsus pasta surilgan kigiz, fetra va bezlar ishlatiladi. Bu usulda
lenta tez harakatlanishi yoki tanavorlar tez (aylanma yoki to’g’ri chiziqli)
harakatlanishlari zarur.
Silliqlash usulida R
a
=0,063-0,015 mkm yuza tozaligiga erishiladi.
Ishqalash usuli bilan silliqlash usulining farqi shundaki, silliqlashda
tanavorning geometrik xatoliklari to’g’rilanmaydi, faqat
yuqori sifatli yuza olish
uchungina ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: