Metallar retsiklingi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə10/12
tarix25.03.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#89816
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Retsikling tajriba (1)

5 - Tajriba ishi
Qirindini namlikdan quritish


Ishdan maqsad: talabalarda qirindini qayta ishlashga tayyorlash jarayoni bo‘lgan quritish jarayonini olib borish ko‘nikmasini hosil qilish


Qisqa nazariy ma’lumotlar
Moysizlantirish jarayonidan chiqqan qirindi, kimyoviy reagentlardan tozalash maqsadida, toza suv bilan yuviladi. Nam holidagi qirindini metallurgik agregatga (pechga) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklash texnika xavfsizligi talabiga ko‘ra maqsadga muvofiq emas. Quritishning yana bir sababi bu qirindilarni korroziyadan saqlashdir.
Shu nuqtai nazardan qirindi quritilishi shart. Qirindilarni yuvish va quritish ishlab chiqarishda mahsus liniyalarda amalga oshiriladi. Qirindilarni termik yog‘dan tozalash va quritish liniyasi quyidagi texnologik bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1) sochiluvchan va maydalangan qirindilarni qabul qilish tuguni (oziqlantirgichli qabul qilish bunkeri);
2) quritishdan oldin tashqi o‘lchamlari standartga to‘g‘ri kelmaydigan mahsulotlarni va yot jismlarni ajratish uchun qirindilarni oldindan elash tuguni;
3) barabansimon quritgichdan, vozgonlarni oxirigacha yoqib tashlash kameralaridan, hamda gaz va chang tutgichlardan tashkil topgan yog‘dan tozalash va quritish tuguni;
4) metall kuyindilarini, tuproqga aralashgan chiqindilarni, metallik changlarni elash va nazoratchi elash tuguni;
5) elektromagnit separatsiya tuguni.


Ishni bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar



1.Turli metalalarning nam qirindi namunalari

3. Texnik tarozi.

2. CHinni idish.

4. Quritish shkafi.



Ishni bajarish tartibi
50 gramm nam qirindi namunasi texnik tarozida tortib olinadi. Qirindi chinni tigellarga solinib, 400 0C gacha qizdirilgan quritish shkafida 60 daqiqa davomitda ushlab turiladi.
Jarayon tugagandan so‘ng quritish shkafidan qirindi solingan tigel qisqich yordamida olinib, asbest bo‘lakchasi ustida sovitiladi.
Quritilgan qirindi texnik tarozida tortilib undagi namlik darajasi graviometrik usulda kuyidagi tenglama orqali aniqlanadi:


tenglamada: - dastlabki nam qirindining og‘irligi; - quritilgan qirindining og‘irligi
Olingan natijalar kuyidagi jadvalga kiritiladi.



Materiallar

Massa, g

Namlik darajasi, %

Nam qirindi







Quritilgan qirindi







Savollar:

  1. Qirindilarni namlikdan qurutish usullari ?

  2. Namlikni yo‘qotishda foydalaniluvchi dastgohlar ?




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin