Metallurgik zavodlarning mexanik dastgohlari



Yüklə 492,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix09.04.2023
ölçüsü492,47 Kb.
#95312
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Lab

 
 
6-LABORATORIYA ISHI
RUDALARNI KONSENTRASION STOLLARDA BOYITISH 
JARAYONINI O’RGANISH 
 
Ishdan maqsad: Rudalarni gravitatsiya usulda boyitish bilan tanishish. 
Mahsulotni stol yuzasida solishtirma og’irligi va kattaligiga qarab taqsimlanishini 
kuzatish. 
Ishni bajarish tartibi 
Gravitatsiya usulida boyitishning qisqacha nazariy asoslari. Gravitatsiya 
usulida boyitish usuli mineral va puch toq jinslarining solishtirma og’irliklaridagi 
farqqa asoslangan. Gravitatsiya usulida boyitishga kontsentratsion stolda, vintli va 
konusli separatorlarda, shlyuzlarda boyitish va boshqalar kiradi. 
O'lchami -2+0,2 mm bo'lgan mineral zarrachalarning zichlikka asoslanib 
boyitilishi qiya tekislik bo'ylab harakatlanuvchi suv oqimi yordamida amalga 
oshiriladi. (boyitish stoli, shlyuz). Bu uskunalarda boyitishning nisbatan yuqoriroq 
ko'rsatkichlariga rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi bir necha 
sinflarga ajratib olish orqali erishish mumkin. 
Boyitiluvchi mahsulot zarrachalarining o'lchamiga qarab stolning ish tartibi 
o'zgartiriladi: yuzaning tebranishlari soni, uning amplitudasi, qiyalik burchagi, 
suvning sarfi. Yirikroq mahsulot uchun yuzaning tebranishlari sonini kichik
amplitudasini esa kattaroq olinadi; maydaroq mahsulot uchun esa buning teskarisi. 
Boyitish stollari qalay, volfram va boshqa kamyob hamda nodir metallar 
rudalarini va qumlarini boyitishda ishlatiladi. 
Mineral zarrachalarning zichligiga qarab ajratish qiya tekislikdan iborat stol 
yuzasida amalga oshiriladi. Stolning yuzasi linoleum yoki dyuralyuminiy bilan 
qoplanadi. Stolning yuzasida yog’och yoki rezinadan parallel holda plankalar 
o'rnatiladi. Plankalarning balandligi stolning yuqori qismida eng kam, pastki 
qismiga tomon ortib boradi (4-15 mm gacha).


12 
Dastlabki mahsulot 25 % li bo'tana holida stolning qabul qiluvchi qutisiga 
beriladi, qo'shimcha suv esa uning yonidagi qutichaga berilib, parraklar yordamida 
stolning yuzasida tekis taqsimlanadi. Stol elektrodvigatel orqali qaytarma–
ilgarilama harakatga keltirildi. 
2.1-rasm. Kontsentratsiya stoli SKM-1 

Yüklə 492,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin