Metallurgik zavodlarning mexanik dastgohlari



Yüklə 492,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix09.04.2023
ölçüsü492,47 Kb.
#95312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Lab

 
 
 
©-Toshkent davlat texnika universiteti, 2022 



1-LABORATORIYA ISHI 
MINERALLARNING SOLISHTIRMA MASSASINI ANIQLASH 
Ishdan maqsad: Ruda, konsentrat va minerallarning fizik xossalarini 
o‘rganish.
Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar. 
Minerallarning solishtirma og‘irligini gravitatsiya maydonida ajratih uchun 
asosiy xususiyat hisoblanadi.
Boyitish amaliyotida solishtirma og‘irlikni aniqlash uchun minerallarning 
alohida bo‘laklari suvda yoki havoda yoki 10-15 mm li o‘lchov kolbasi, piknometr 
yordamida 0,01-0,02 gr aniqlikkacha analitik tarozida tortiladi.
Monokristallning havodagi va suvdagi og‘irligini bilgan holda mineralning 
solishtirma og‘irligi quyidagi formuladan hisoblanadi.
(1) 
Bu yerda olingan ruda namunasidan mineralning monokristalini ajratish 
qiyinligi tufayli minerallarning solishtirma og‘irligini aniqlash uchun 1-2 mm li 
bo‘laklar lupa yordamida puch tog‘ jinslaridan ajratiladi. Shunday qilib, istalgan 
mahsulot (ruda, konsentrat va h.k.) ning solishtirma og‘irligini aniqlash mumkin.
Kerakli asbob uskunalar 
1. Piknometr; 
2. 1-2 mm gacha maydalangan mineral zarralar – 5g; 
3. Distillangan suv 1l; 
4. Analitik tarozi (tosh bilan); 
5. 1 va 5 mm li pipetkalar; 
6. Quritish shkafi
7. Vakuum – eksikator. 
Ishni bajarish tartibi 
 
Tajribadan oldin 10 ml piknometr avval issiq xrom aralashmasi bilan, so‘ngra
ketma-ket vodoprovod suvi va distillangan suv bilan yuviladi, quritish shkafida 
quritiladi va tortiladi. Piknometr og‘irligi aniqlangandan keyin piknometrga 
distillangan suv to‘ldiriladi va piknometrning suv bilan birgalikdagi og‘irligi 
aniqlanadi. Keyin piknometr yana quritiladi, unga 5-10 g atrofida mineral solinadi 
va piknometrning mineral bilan birgalikdagi og’irligi o‘lchanadi. Shundan so‘ng 
piknometrga 2/3 hajmgacha suv solinadi. Mineral kukuni tarkibidagi havo 
pufakchalari piknometrni chayqatib turib yo‘qotiladi. Mineral zarrachalar yuzasi 
suv bilan ho‘llanib bo‘lgandan so‘ng pufakchalar ajralishi to’xtaydi va piknometr 
belgisigacha suv bilan to’ldiriladi. Piknometrning suv va mineral bilan birgalikdagi 
og‘irligi aniqlanib mineralning solishtirma og‘irligi quyidagi formuladan topiladi.



)
(
)
(
B
D
B
A
B
A
(2) 
Bunda: A- piknometrning material bilan birgalikdagi og‘irligi, g
B – piknometrning og‘irligi, g
C – piknometrning suv bilan og‘irligi, g
D – piknometrning mineral va suv bilan birgalikdagi og‘irligi, g
Piknometrni o‘lchashdan olingan natijalar (A,B,C,D) formulaga quyiladi va 
mineralning solishtirma og‘irligi hisoblanadi. Natijalar 1-jadvalga kiritiladi. 
Ma’lumotnomadan berilgan mineralning taqqoslanadi og‘irligi topiladi, 
hisoblangan solishtirma og‘irlik bilan taqqoslanadi va ular orasidagi farq foizlarda 
topiladi.
2.1 jadval 
№ 
Mineralning nomi 
Solishtirma og‘irlik 
Farq, % 
Tajribada 
topilgani 
Ma’lumotnomadan 
olingani 

2
3

Yüklə 492,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin