Metallurgik zavodlarning mexanik dastgohlari


Ishni bajarish uchun kerak bo'ladigan materiallar va uskunalar



Yüklə 492,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix09.04.2023
ölçüsü492,47 Kb.
#95312
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Lab

Ishni bajarish uchun kerak bo'ladigan materiallar va uskunalar 
1. Boyitish stoli 1 ta 
2. Taxiometr 1 ta 
3. Burchak o'lchagich 1 ta 
4. Ruletka 1 ta 
5. Chizg’ich 1 ta 
6. Cho'tka 2 ta 
7. Kleyonka 2 ta 
8. Yuvuvchi moslama 2 ta 
9. Kurakcha 1 ta
10. Filtrlovchi qog’oz 2-3 ta 
11. O'lchov silindri, sig’imi 50, 100, 250 mm –1 ta dan
12. Rudaning 3 xil namunasi 500 g dan 
 
Stolni tajriba o'tkazish uchun tayyorlash 
 
O’lchagich yordamida stolning tebranishlari soni aniqlanadi (bir daqiqada 
275 – 375 martaga teng bo'lishi kerak). Stolning yurishi (xod) 10 – 16 mm ga teng 
bo'lib, quyidagicha aniqlanadi: qalamni uchini pastga to'g’rilab, stolning yuzasiga 
o'rnatiladi, qalamning ostiga qog’oz varag’i kiritilib, stol harakatlanganda qalam 
qog’ozga chiziqlar chizadi. Bu jarayon bir necha bor takrorlanadi va olingan 
chiziqlar o'lchanadi. Chiziqlar uzunligining o'rtacha arifmetik qiymati stolning 
yurishiga teng bo'ladi. 


13 
Stol yuzasiga kelib tushgan har bir zarracha ikkita kuchning ta'siriga 
uchraydi: elektrdvigatel orqali beriladigan inertsiya kuchi va qiya tekislik bo'ylab 
harakatlanuvchi suv oqimining yuvuvchi kuchi. Stolning qaytarma–ilgarilama 
harakati tufayli mineral zarrachalar stol bo'ylab harakatlanadi, bunda og’ir 
minerallar yengil minerallarga nisbatan kattaroq tezlikda harakatlanadi. Suv oqimi 
yordamida esa yengil mineral zarrachalari og’ir mineral zarrachalariga nisbatan 
kattaroq tezlikda harakatlanadi. Bu ikkala tezliklarning qo'shilishi natijasida 
zarrachalar yuqori tomondan (mahsulot berilishi tarafidan) o'ng burchakdan 
pastdagi chap burchakka tomon harakatlanadi. 
Stol yuzasiga tushayotgan bo'tana va suv uning yuzasida yupqa qatlam 
holida tarqaladi. Plankalar yordamida hosil qilingan ariqchalarda suv tekis 
oqmaydi. Bu ariqchalarda plankalar orasida uyurma oqim hosil bo'lishi natijasida 
yengil mineral zarrachalar yuqori ko'tariladi, og’ir mineral zarrachalari esa pastda 
qoladi. Shu bilan bir vaqtda stolning tebranishi natijasida hamma minerallar 
ariqchalar bo'ylab harakatlanishga intiladi. 
Stolning yuvuvchi suv kelib tushadigan tarnovchaga yaqin joyida og’ir 
minerallarning eng mayda zarrachalaridan iborat yo'l hosil bo'ladi. Bu mahsulot 
boyitma deb ataladi. Boyitma chizig’idan keyin yengil minerallarning mayda 
zarrachalari va og’ir minerallarning yirik zarrachalaridan iborat aralash 
zarrachalardan tashkil topgan yo'l ketadi. Uni tashkil etgan zarrachalar oraliq 
mahsulot deyiladi. Oraliq mahsulot chizig’idan keyin barchasi yengil mineral 
zarrachalaridan iborat chiziq joylashadi. Bu mahsulot chiqindi deyiladi.
Shunday qilib, boyitish stolida boyitish mineral zarrachalarning zichligidagi 
va o'lchamidagi farqqa qarab plankalar orasida hosil bo'lgan ariqchalarda 
mahsulotlarga ajratishdir. 
Stolning ishlab chiqarish unumdorligi mahsulotning o'lchamiga, siljish 
yo'lining uzunligiga, tebranishlar soniga va stolning qiyalik burchagiga bog’liq. 
Shunga e'tibor berish kerakki, stolga mahsulot keragidan ortiq berilsa, uning sifat 
ko'rsatkichlari pasayadi. Sanoatda ishlatiladiganboyitish stollari yuzasining 
uzunligi 2100–4620 mm, kengligi mahsulot yuklash tomonida 1050 – 1800 mm, 
mahsulotni bo'shatish tomonida 920 – 1620 mm qilib tayyorlanadi. Bitta stolga 
sarflanadigan energiya 0.4 kVt, suv sarfi 3 – 8 m
3
/t, plankalarning ishlash muddati 
6 – 12 oy, linoleumning ishlash muddati 2 – 4 yil. 
Laboratoriya tekshirishlari davrida stolning yo'li (siljish) shunday bo'lishi 
kerakki, hamma zarrachalar stolning bo'shatish tomoniga qarab harakatlansin. Uni 
tekshirish uchun stolning yuzasi avval suv bilan ho’llanadi, boyitiluvchi 
mahsulotdan biroz beriladi va hamma zarrachalarning harakatlanish yo'nalishi 
kuzatiladi (hamma zarrachalar suvda bo'lishi shart). Agar, ba'zi zarrachalarning 
stol yuzasida ushlanib qolinishi yoki juda sekin harakatlanishi kuzatilsa, stolning 
yurishi tezlashtiriladi va yana zarrachalarning harakati kuzatiladi. Agar zarracha-
larning harakati juda tez bo'lsa, stolning yurishi kamaytiriladi. Stolning qiyalik 
burchagi 3 – 8 
o

Shunday qilib, stolning texnik xarakteristikasi tuziladi: 
1) Yuzaning tebranishlari soni; 
2) Yo'lning (siljish) kattaligi; 


14 
3) Stol yuzasining qiyalik burchagi; 
Stol yuzasining xarakteristikasi tuzilgandan so'ng u suv bilan yaxshilab 
yuviladi. Ushlanib qolgan zarrachalar cho'tka bilan yuvib tushiriladi. Keyin 
boyitish mahsulotlarini qabul qiluvchi idishlar yuviladi va bitta idishni bo'shatish 
tarafda boyitmani qabul qilish uchun, ikkinchi idishni esa chiqindini qabul qilish 
uchun o'rnatiladi. 

Yüklə 492,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin