Meteorlar, Meteoritlar va Kometalar Reja: Mundarija



Yüklə 28,67 Kb.
səhifə2/2
tarix04.01.2023
ölçüsü28,67 Kb.
#78420
1   2
Meteorlar

Kometalar (yunon. kometes — uzun sochlibelgisi:  ) — Quyosh tizimiga kiradigan kichik osmon jismlari. Kometalarning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida „dum“ chiqaradi (baʼzan bir necha „dum“ chiqarishi ham mumkin). Odatda, Kometalarning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har yili 5-10 ta kometa kashf etiladi.
Kometalar (yun. kometes — uzun sochli) — Quyosh sistemasiga kiradigan kichik osmon jismlari. K.ning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga Qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida "dum" chiqaradi (baʼzan bir necha "dum" chiqarishi qam mumkin). Odatda, K.ning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har yili 5—10 ta kometa kashf etiladi. Quyosh atrofida aylanish davrlari ularning orbitalari choʻzikligiga bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ularning Quyoshga yaqinlashishi bir necha yildan ming va undan ham ortiq yilda toʻgʻri kelishi mumkin. K.ning orbita tekisliklari fazoda ixtiyoriy ravishda joylashgan boʻlib, vaqt oʻtishi bilan katta sayyoralar taʼsirida oʻz vaziyatlarini oʻzgartiradi. K. yaqinlashgan sari ularning orbitadagi tezligi ortib (500 km/s gacha) boradi. Perigeliy nuqtasidan oʻtgach, bu tezlik yana kamaya boradi. Shunday katta tezlikka ega boʻlgan K.dan baʼzilari sayyoralar bilan toʻqnashishi ham mumkin. Mac, Oy sirtidagi kraterlarning kelib chiqishida K.ning ham "xizmati" bor. K. bosh va dum qismlarga ajratilib tekshiriladi. K. hali Quyoshdan uzoqda boʻlganda uning suv, ogʻir elementlar, gaz-changlardan tashkil topgan moʻzlagan yadro qismigina kuzatiladi. K. bilan Quyosh orasidagi masofa 3—5 astronomik birlikka (a. b.) tenglashganda Quyosh nurlari taʼsirida yadro oʻzidan yengil gaz va chang zarralarini chiqara boshlaydi. Bu zarralar yadro atrofida tuman qobiq — koma hosil qiladi. Ana shu yadro bilan qobiq birga K.ning "boshi"ni tashkil etadi. K. yadrolarining diametri, odatda, 0,5—20 km, massasi 10"—10" kg boʻladi. K. bilan Quyosh orasidagi masofa keskin qisqarganda Quyosh nurlarining itarish kuchlari yengil chang va boshqa elementlarni K.dan tashqariga chiqib ketishga majbur etadi va K.da dum hosil boʻladi. Hamma K.da ham dum boʻlavermaydi. Dum boʻlishboʻlmasligi K.ning Quyoshdan uzoqyaqinligiga, massalariga, ob-havoning tiniqligi va boshqalarga bogʻliq. K. chang boshi (diametri) bir necha ming km.dan 1–2 km.gacha, dumi esa baʼzan bir necha oʻn million km.gacha choʻzilgan boʻlishi mumkin.
Yüklə 28,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin