Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə119/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

Kerakli jihozlar va asboblar: Mikroskop, turli ob’ektiv va okulyarlar, turli shakldagi mikroorganizmlarning bo’yalgan mazoklari, immersion moy, doka salfetkalar, mikroorganizmlarning shakli ko’rsatilgan jadvallar.


Mavzu: preparatlarni tayyorlash va bo’yash usullari.
Reja:

  1. Preparat tayyorlash usullari:

a)«Ezilgan» tomchi usuli
b)«Osilgan» tomchi usuli
v)Mazok (quruq preparat) tayyorlash

  1. Preparatlarni bo’yash usullari:

a)Oddiy usulda bo’yash
b)Murakkab usulda bo’yash (Gramm bo’yicha).
Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Ezilgan va osilgan tomchi usullaridan foydalanib preparat tayyorlash. Mikroblarning xarakatini aniqlash. qattiq va suyuq oziqa muhitlaridan quruq preparat tayyorlash va preparatlarni mikroskop ostida ko’rish va rasmlarini chizish.
Oddiy va murakkab bo’yash usullari va ularni tayyorlash texnikasini ishlab chiqish. Mashg’ulot davomida Gramm usulida sporalarni bo’yash bilan tanishish, keyin mustaqil ravishda mazoklar tayyorlash, oddiy va murakkab usulda bo’yash, preparatlarni mikroskop ostida ko’rish va rasmlarini chizish.


Metodik ko’rsatma:
Mikroorganizm preparatlarini tayyorlash uchun buyum oynasi bilan qoplog’ich oynalar ishlatiladi. Preparat tayyorlashdan oldin buyum oynasidagi moyni ketkazish uchun u spirtga ho’llangan latta, so’ngra toza latta bilan artib quritiladi. Suv oyna ustida tomchilar hosil qilmasdan yoyilib ketsa, bunday oyna toza hisoblanadi.
Mikroblarni buyum oynasiga surish uchun bakteriologik sirtmoq kerak bo’ladi. Egilgan shisha tayoqcha (shpatel) tutqich va unga biriktirilgan ingichka simdan iborat. Bu sim platinadan yoki qizdirilganda havo kislorodi bilan oksidlanmaydigan va tez qizib (cho’g’ bo’lib) tez soviydigan boshqa biror metalldan yasaladi.
Mikroblarni mikroskopda tirik yoki o’lik holda ko’rish mumkin. O’lik mikroblar bo’yalgan preparatlardagina ko’riladi. Tirik mikroblarni esa «ezilgan» va «osilgan» tomchi preparatlarida ko’rish mumkin.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin