Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə144/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

MAVZU: NITRIFIKATsIYa
Reja:

  1. Nitrifikatsiya jarayonida yig’ilgan bakteriyalarni ajratish.

  2. Nitrifikator bakteriyalarning morfologiyasini o’rganish.

  3. Kulturalarda nitratlarni aniqlash.

Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Talabalar brigada usulidan foydalanib, nitrifikator yig’uvchi bakteriyalarni yuzaga keltiruvchi tajriba qo’yib, kulturalardan nitratlarni aniqlaydilar.
qo’zg’atuvchilarining morfologiyasini o’rganish uchun har bir talaba preparat tayyorlaydi va bo’yab mikroskopda ko’riladi. Natijalarni daftarlarga yozib va chizib boriladi.
Metodik ko’rsatma:
Nitrifikatsiya – bakteriyalar ta’sirida ammiak (NN3) ning oksidlanib, nitrit va nitrat kislotalarni hosil qilish demakdir. Nitrifikatsiya sabab bo’ladigan bakteriyalar nitrifikatorlar deyiladi. Nitrifikatsiya ikki fazaga bo’linadi:
Birinchi fazasi - NN3ning oksidlanib, nitrit kislota (NNO2) hosil qilish: 2NN3+3O2═2HNO2+2H2O+148 kal. Bu protsess nitroz bakteriyalar yordamida boradi. Nitrifikatsiyaning ikkinchi fazasi–nitrit kislotaning oksidlanib, nitrat kislota (HNO2)ga aylanishi: 2HNO2+O2═2HNO2+48 kal.
Ikkinchi fazada nitrat bakteriyalar ishtirok etadi.
Nitroz bakteriyalarning vakili – cho’zinchoq, sporasiz va harakatchan mikrobdir. Nitrat bakteriyalarning vakili – kalta, sporasiz harakatchan tayoqchadir. Nitroz bakteriyalar qat’iy aerob va qat’iy prototrof mikroblardir, chunki ular faqat mineral moddalar bilan oziqlanadi. Ular uglerodni CO2 dan oladi va xemosintez yordamida oziqlanadi, ya’ni oziqlanish uchun zarur energiyani anorganik moddalar – ammiak yoki nitrit kislotani oksidlash yo’li bilan oladi. Nitrifikatorlarning elektiv kulturalarbni olish uchun zarur mineral tuzlardan sintetik oziqli muhit tayyorlanadi. Nitroz bakteriyalarning elektiv kulturasini oliish uchun Vinogradskiy va Omelyanskiy muhitiga ammoniy sulfat qo’shiladi. Ammoniy sulfat – azot bilan oziqlanish va kislorod bilan nafas olish manbaidir. Nitrat bakteriyalarning elektiv kulturasini olish uchun mineral oziqli muhitga ammoniy sulfat o’rniga natriy nitrit qo’shiladi. Natriy nitrit azot bilan oziqlanish va kislorod bilan nafas olish manbaidir. Aerob sharoit yaratish uchun ikkala muhit ayrim-ayrim Erlenmeyer kolbalariga yupqa qatlam qilib 30 ml dan qo’yiladi, ishqoriy reaktsiyani vujudga keltirish uchun bir oz bo’r qo’shiladi, so’ngra nitrifikatorlar bo’lgan tuproq bo’lakchalari tashlanadi. Nitroz bakteriyalar bilan nitrat bakteriyalar uglerodni xavodagi SO2 dan oladi. Elektiv muhitlar quyilgan va tuproq bo’lakchalari tashlangan kolbalar termostatga qo’yiladi.
Nitroz bakteriyalarning elektiv kulturasini tekshirish. Nitroz bakteriyalar ta’sirida ammoniy sulfat (NH4)2SO4 dan hosil bo’lgan nitrat kislota (HNO3) bor yo’qligi aniqlanadi. Nitrit kislota oziqli muhit tomchisiga shu reaktivdan qo’shilganda pushti tusga kiradi. Oziqli muhitdan tayyorlab bo’yalgan mazokda cho’zinchoq Nitrosomonas hujayralari ko’rinadi.
Nitrat bakteriyalarning elektiv kulturasini tekshirish. Nitrat bakteriyalar ta’sirida nitrit kislotadan hosil bo’lgan nitrat kislota (HNO3) bor yo’qligi aniqlanadi. Nitrat kislota bor yo’qligini bilish uchun oziqli muhit tomchisiga H2SO4qdifenilamin tomchisi qo’shiladi. Nitrat kislota (HNO3) bo’lsa, suyuqlik ko’k tusga kiradi. Oziqli muhitdan tayyorlangan preparatda kichkina Nitrobacter tayoqchalari ko’rinadi.
Kerakli jihozlar: Oziqa muhiti. Mikroskop, immersion moy, filtr qog’ozlar, buyum va qoplog’ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, skalpel, pintsetlar. Bo’yoqlar (metilen ko’ki, fuksin), tuproq.



Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin