Muhokama uchun savollar:
O’simliklarni o’stiruvchi va rivojlantiruvchi regulyator moddalar.
Fitogarmon nima va u o’simlikning qaysi qismidan sintezlanadi?
Genom nima?
Genomga fitogarmonlarning ta’siri qanday?
2-Asosiy savol. Tabiiy va sintetik regulyatorlar. Ularning qishloq xo’jalik amaliyotidagi ahamiyati.
Ikkinchi asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga tabiiy fitogarmonlar, ularning klassifikatsiyasi, sintetik regulyator moddalar, fitogarmonlarning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati haqida talabalarga ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsad:
Tabiiy fitogarmonlar va ularning klassifikatsiyasini bilib oladi.
O’simliklarni o’stiruvchi va rivojlantiruvchi sintetik regulyatorlarni izohlaydi.
Qishloq xo’jaligi amaliyotida fitoregulyatorlarni qo’llashni tushunib oladi.
Ikkinchi asosiy savol bayoni
O’simliklarni o’stirish va rivojlantirish sintetik regulyatorlari. O’simliklarning fitogarmon tizimiga yo’naltirilgan ta’siri fitoregulyatorlar, ya’ni o’simliklarning o’sish va rivojlantirish regulyatorlari orqali amalga oshiriladi. Fitoregulyatorlar deb, o’simliklarning bo’yiga o’sishi yoki shakllanishiga ta’sir etuvchi moddalarga aytiladi.
Auksinning analogi ildiz hosil bo’lishini stimullovchi moddalar: indolilsirka kislota, indolil-3 moy kislota, naftilsirka kislota va boshqalar. Bu birikmalarni biotexnologiyada o’simliklarni vegetativ ko’paytirishda o’simliklarni qalamchalashda ishlatiladi. 2- naftilsirka kislota, uning tuzlari va efiri (uetin) pomidor, ananas, uzum, maymunjonlarda meva hosil bo’lishini yaxshilashda foydalaniladi. Tsitokinin analoglarini biotexnologiyada kallus to’qimalari olishda xujayra bo’linishi aktivatsiyasida novdalarning differentsirovkasini tezlashtirishda va apikal dominantlikni kamaytirishda qo’llaniladi. Shuningdek, urug’siz uzumning mevasini kattalashtirishda foydalaniladi. Bularga 6 BAP, kinetin kiradi, ularni sintetik gibberlinlar bilan birgalikda ishlatiladi. Bundan tashqari tsitokinin analoglari sabzavotlarning eskirishini oldini oladi.
Gibberelinlar analoglari. Bu moddalarni asosan uzumning mevasini o’lchamini kattalashtirishda foydalaniladi. GK3, GK4, GK7 gibberlinalari keng tarqalgan bo’lib, ulardan urug’ va tugunaklarning tinim holatdan chiqarishini ta’minlashda va ularning yaxshi unishini amalga oshirishda foydalanish mumkin.
Etilen analoglari 2 xloretilfosfon kislta (2-xefk, etefon) asosida etrel, kampozan, flordimeks, gidrel, digidrel, dekstrel preparatlari ishlab chiqilgan. Gidrel va digidreldan tashqari preparatlar issiq qonli organizmlar uchun zararli hisoblanadi. Etilen mahsulotlari retardant sifatida, ajratuvchi qatlam hosil qiluvchi, o’simlikning chidamliligi va tinim holatga o’tishining induktori va stimulyatori sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari etilen mahsulotlari mevalarning pishib etilishini tezlashtirish maqsadida ham qo’llaniladi.
Qishloq xo’jalik amaliyotida fitoregulyatorlarni qo’llash. Qishloq xo’jaligi amaliyotida fitoregulyatorlarni qo’llash o’simliklarning o’sishi jarayonlarini faol boshqarish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda retardant moddalar keng tarqalgan bo’lib, bu moddalar nihollarning bo’yiga ortiqcha o’sishini sekinlashtiradi. Bu moddalar yordamida boshoqli o’simliklarning egilib qolmasligiga sabzavot, mevali daraxtlar va toklarning bo’yiga ortiqcha o’sishini to’xtatib generativ a’zolarning rivojlanishini tezlashtirishga erishish mumkin. Retardantlar ta’siri o’simlik gormonal sistemasiga ta’siri bilan bog’lik. Nihollarning vegetativ rivojlanishi fitogormonlar kompleksi bilan boshqariladi. Ammo gibberlin asosiy stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. Retardant moddalar vaqtincha biosintezni susaytirib, gibberlinning fitogormonal ta’sirini to’xtatish hususiyatiga ega. Hozirgi vaqtda o’simliklarning o’sish jarayonlarini boshqarish bilan bir qatorda o’simliklarning fiziologik tinim holatini boshqarish imkoniyatlari ham mavjud. Bu holat odatda kartoshka va piyozning saqlanishini yaxshilash uchun ularning fiziologik tinim holatini kuchaytiradi yoki teskari holatini yuzaga keltiradi, ya’ni Janubiy rayonlarda kartoshkadan ikki marta hosil olish uchun tugunaklarning tinim holati buziladi. O’simliklarning fiziologik tinim holatini, shuningdek o’sish jarayonini fitogormonal sistemalar orqali nazorat qilinadi.
Fitogormonal hujayra differentsirovkasi hujayralarning bo’linishini, yangi to’qima va organlarning hosil bo’lishi, o’simliklar o’sishining jadallashishi va tinim holatiga o’tishini, o’simliklarning tashqi noqulay sharoitlarga chidamliligini oshirish, ba’zi navlarning kamchiliklarini bartaraf etadi, hosildorligini oshiradi va sifatini yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: |