Nutq o'stirish: “Tog' manzarasi” syujetli rasm ustida suhbat
Ikkinchi tilga o'rgatish
Mantiqiy o'yinlar
Kerakli anjomlar
IYUN. UCHINCHI HAFTA
JONLI VA JONSIZ TABIAT
Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish
Mavzu: Hayvonot dunyosi. Rasmga qarab hikoya tuzish
Maqsad: bolalar hayvonlarni turkumi (sudraluvchi, sut emizuvchi, o'txo'r...)ga ajrata oladilar, ular haqida qisqa hikoya tuza oladilar.
Kerakli jihozlar:AKT, hayvonlar rasmlari, namuna.
Faoliyatningborishi: Rasmlar va slaydlarni tomosha qilish.
Rasmlarga qarab hayvonlarni turkumlaarga ajratish, do'stlariga ajratish sabablarini izohlab berish.
Turkumlarlarga ajratilgan rasmlar asosida hikoya tuzish va so'zlab berish.
“Qaysi hayvon qayerda yashaydi?” o'yini.
Qo'shimcha:xaritadan yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylarni aniqlash.
Alohida e'tibor qaratiladi: bolalar monologik nutqi.
Fan va tabiat
Mavzu: Yer osti qazilmalari
Maqsad: bolalar arxiologiyaga oid bilimlarini mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlar: mavzu asosida rasmlar, AKT, katta hajmdagi tuvak yoki maxsus idishlarda berkitilgan ko'mir, tilla va kumushni aks ettiruvchi yasama tangachalar, arxiologlarning maxsus kiyimlari, belkurak.
Faoliyatningborishi: AKT orqali slayd va rasmlarni tomosha qilish.
Yer osti qazilmalarini birma-bir nomlash.
Arxiologlar obraziga kirish.
Maxsus idishdagi tuproqni kavlab uning tagidan yer osti qazilmalarini topish.
Topilgan qazilmalar holatini o'rganish.
Qo'shimcha: “Konchilar” syujetli-rolli o'yinini o'ynashni taklif etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Yer osti qazilmalarining noyobligi, uni asrab-avaylab, keyingi avlodlarga yetkazishga bo'lgan ijobiy munosabatni Shakllantirish.
San'at
Mavzu: Bizning Yer sayyoramiz
Maqsad: bolalar “Klyaksografiya”usuli orqali turli ko'rinishdagi rasmni chiza oladilar.
Kerakli jihozlar: A4 hajmdagi qog'oz, mavzuga doir rasmlar, mo'yqalam, rangli qalam, flomasterlar, namuna, suv idishi, salfetka
Faoliyatning borishi: Mavzuga oid rasmlarni tomosha qilish.
“Klyaksografiya”texnologiyasi asosida rasm chizishni rejalashtirish.
Namunani kuzatish.
Ijodiy ish.
Ishlar ko'rgazmasini tashkil etish.
Qo'shimcha: mavzuga doir ashulalarni yod olish va ijro etishni taklif qilish.
Alohida e'tibor qaratiladi:. “Klyaksografiya”usuli.
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
Mavzu: Tog'lar
Maqsad: bolalar tog'ni qurishda kerakli shakllarni tanlay oladilar, sanaydilar, taqqoslaydilar, maketlarni mustaqil ravishda yasaydilar.
Kerakli jihozlar: qurish-yasash jihozlari, tog'lar aks ettirilgan rasmlar va namuna.
Faoliyatning borishi: Mavzu asosida rasmlarni tomosha qilish.
Namunani ko'rish.
Kerakli jihozlarni tanlash.
Qurish-yasash ishlari.
Bajarilgan ishlarini tahlil qilish va kamchiliklarini bartaraf etish.
Qo'shimcha: o'z maketlarida jonli tabiatni aks ettirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: jonli va jonsiz tabiatning bog'liqligi.
Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Yosh sayohatchilar (suvda, quruqlikda va tog'da)
Maqsad: bolalar sayohatda bo'lgan vaqtlarini eslaydilar, sayohat uchun zarur jihozlarni tanlay oladilar va jihozlardan maqsadli foydalanadilar.