Metodik tavsiya



Yüklə 354,88 Kb.
səhifə54/61
tarix02.01.2022
ölçüsü354,88 Kb.
#43857
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
QISQA MUDDATLI GURUH

Ijodiy rivojlanish

Tengdoshlari bilan ijodiy o'yinlar o'ynaydi; qog'ozdan applikatsiyalar yaratadi (svetofor); loydan yo'l belgilarini yasaydilar, tasavvuriga ko'ra syujet yaratadilar.

Rivojlantirish markazlari

Ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Resurslar

Erkin faoliyat

Qurish, konstruktsiyalash va matematika







“Yo'l belgilari”, “Raqami bo'yicha terib ber”







Kerakli anjomlar

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish







Avtobus







Kerakli anjomlar

Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari




CHo'milish havzasidagi holatlar







Mening huquqlarim

Kerakli anjomlar

Fan va tabiat













Havo markazi (ekologik tarbiya)

Kerakli anjomlar

San'at




Rasm:

Xavf tug'diruvchi uy jihozlari



Applikatsiya:

O'z qo'limiz bilan svetofor yasaymiz






Loy ishi: Yo'l belgilari

Kerakli anjomlar

Umumiy guruh bo'lib ishlash

1.Nutq o'stirish: “Yo'l qoidasi umr foydasi”







Mantiqiy o'yinlar




Kerakli anjomlar






mavzusida rasm asosida suhbat

2. Ikkinchi tilga

o'rgatish

















AVGUST. IKKINCHI HAFTA

BUNI BILISH FOYDALI

Til, nutq va savodxonlikka orgatish

Mavzu: Cho'milish havzasidagi holatlar

Maqsad: bolalar cho'milish havzalaridagi tartib va qoidalarni biladilar, ularga rioya qiladilar, cho'milish mumkin bo'lmagan suv havzalari haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar.

Kerakli jihozlar AKT, sochiq, maxsus himoyalovchi kiyimlar: badan hamda qo'llar uchun ballonchalar, quloq va burun uchun moslamalar, cho'milish havzasida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar tasvirlangan rasmlar.

Faoliyatning borishi:

  1. Mavzuga mos rasmlar va AKT namoyishini ko'rish.

  2. Har bir anjomni izohlash.

  3. Sodir bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar tasvirlangan rasmlarni kuzatish va bolalar bilan muhokama qilish.

  4. Bolalar ishtirokini muhokama qilish va rag'batlantirish.

Qo'shimcha:“Suzadi-suzmaydi” ta'limiy o'yini.

Alohida e'tibor qaratiladi: qo'l va oyoqlarning harakatlanish tartibini bilishlari.

San'at



Mavzu: Hayot uchun xavfli

Maqsad: bolalar hayot uchun xavfli holatlarni rasm orqali tasvirlab bera oladilar, texnika vositalaridan to'g'ri foydalanish qoidalariga amal qiladilar.

Kerakli jihozlar: gaz pechi, tok razetkalaridan to'g'ri foydalanilmaganda kelib chiqadigan salbiy oqibatlar tasvirlangan rasmlar, guashb, akvarel bo'yoqlari, turli mo'yqalamlar, suvli idish, salfetka.

Faoliyatning borishi:

  1. Gaz pechi, tok, razetkalardan to'g'ri foydalanilmaganda kelib chiqadigan salbiy oqibatlar tasvirlangan rasmlarni tomosha qilish.

  2. Ishni rejalashtirish.

  3. Ish jarayoni.

  4. Ish natijalarini muhokama qilish.

  5. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha: ota-onalar uchun ko'rgazma tashkil etish.

E'tiborga moyillik jihati: ehtiyotkor bo'lish ko'nikmasining rivojlanishi.

Qurish, konstruktsiyalash va matematika



Mavzu: “Yo'l belgilari”, “Raqami bo'yicha terib ber” sonli qirqma rasmlar asosida yig'amiz Maqsad: bolalar taklif qilingan materiallardan yo'l belgilarini yig'adilar, yo'l belgilari nimaga xizmat qilishi haqida tushunchaga ega bo'ladilar.

Kerakli jihozlar: pazllar, sonli kesma rasmlar, yo'l belgilari.

Faoliyatning olib borilishi:

  1. Yo'l belgilari tasvirlangan rasmlarni ko'rish va kuzatish.

  2. Yo'l belgilarini raqami bo'yicha taxlashni rejalashtirish.

  3. Yo'l belgilarini taxlash.

  4. Taxlangan yo'l belgilarining taqdimotini amalga oshirish.

  5. Bolalar tomonidan taxlangan belgilarni muhokama qilish va rag'batlantirish.

  6. Ishlatilgan materiallarni miqdorini sanash va shakllari bo'yicha ajratish.

Qo'shimcha:tarbiyachi bolalarga uyga ketayotganda yo'l belgilarini kuzatishni va o'xshashini topishni taklif qiladi.

Alohida e'tibor qaratiladi: yo'l belgilariga rioya etishning inson hayotidagi o'rni

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish



Mavzu: Avtobus

Maqsad: bolalar avtobus turlarini farqlaydilar.

Kerakli jihozlar: haydovchi kiyimi, salon va o'rindiqlar.

Faoliyatning borishi:

  1. Avtobus turlari aks etgan rasmlarni ko'rib chiqish.

  2. Rollarni taqsimlash.

  3. O'yin uchun kerakli atributlarni tanlash.

  4. “Avtobusda ketayapmiz” sahnasini qo'yish.

  5. Ijro etilgan sahnani muhokama qilish va rag'batlantirish.

Qo'shimcha: “Avtobus bekati” o'yini.

Alohida e'tibor qaratiladi: hayot xavfsizligi qoidalari.

San'at




Yüklə 354,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin