Metodik tavsiya


Yozgi sog'lomlashtirish davrini tashkil etishga



Yüklə 354,88 Kb.
səhifə3/61
tarix02.01.2022
ölçüsü354,88 Kb.
#43857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
QISQA MUDDATLI GURUH

Yozgi sog'lomlashtirish davrini tashkil etishga

oid me'yoriy hujjatlar:

  1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi»gi 2019 yildagi 16 dekabrdagi 595-son qonuni.

  2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risidagi»gi 2020 yil 22 dekabrdagi 802-son qarori.

  3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi»gi 2019 yil 13 maydagi 391-son qarori.

  4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risidagi»gi 2019 yil 25 iyuldagi 626-son qarori.

  5. O'zbekiston Respublikasining sanitar qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari (SanPiN) Ne 0355-18. Toshkent, aprel 2018 yil.

  6. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta' lim vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 20/1 sonli “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi qo'shma qarori.

Maktabgacha ta'lim tashkilotining yozgi davrga
tayyorligi mezonlari:

-o'yin va jismoniy tarbiya maydonchalarini SanPiN talablari asosida jihozlanishi, bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish bo'yicha ko'rsatmalarga rioya qilish;

-kerakli hujjatlarning mavjudligi: yozgi davr uchun MTTning ish rejasi, ichimlik rejimini tashkil etish, bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish, tashkilot hududiga yaqin joylarga ekskursiyalar va sayohatlarni tashkil etish, bolalarni zararli o'simlik va boshqa narsalar bilan zaharlanishining oldini olish bo'yicha ko'rsatmalar, davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha hujjatlar, pedagog va ota-onalar uchun turli tavsiyalar va maslahatlar;

-qum va bolalar maydonchasini o'z vaqtida namlantirish uchun sharoit yaratish;

-bolalar bilan yozgi sog'lomlashtirish davrini tashkil etishni nazorat qilish tizimining mavjudligi.

Sport, harakatli o'yinlar, sport bayramlari, ekskursiya va boshqalarni o'tkazish, shuningdek, sayrlar davomiyligini oshirish tavsiya etiladi.

Sog'lomlashtirish jarayoni samarali bo'lishiga erishish uchun kun tartibiga bolalarning ochiq havoda maksimal darajada bo'lishlari, yoshga mos uyqu va dam olishning boshqa turlari nazarda tutiladi.

Yozgi sog'lomlashtirish davrida foydalaniladigan


anjom va jihozlar:


J suv, loy va qum bilan o'ynaladigan yelim o'yinchoqlar;

J qo'l yuvish uchun suv, bir martalik sochiqchalar, chiqindilar uchun chelak;

• shamol o'yinlari uchun jihozlar (aylanalar, qog' oz pirpiraklar, lentalar);

• voqeaband va teatrlashtirilgan o'yinlar uchun jihoz va qo' g'irchoqlar;

• sport o'yinlari uchun jihozlar (xalqalar, keglilar, badminton,

arqonchalar, har xil kattalikdagi to'plar);

• stol bosma o'yinlari;

• tabiat qo'ynida mehnat qilish uchun kerakli j ihozlar to' plami (kurakcha,

belkurak, supurgi, hokandoz, xaskash, suv sochadigan jo'mrakli chelakchalar);



J qo'l mehnati uchun kerakli ashyolarning qog'oz qutilarda bo'lishi (rangli va rangsiz qog'ozlar, bo'yoq, plastilin shablon—andozalar, bo'yash uchun kitobchalar, sochiqchalar);

J sayrda namoyish etish va hikoya qilib berish uchun badiiy adabiyotlar; J yengil to'shama, shirma va pardalar.

Tashqariga olib chiqiladigan jihozlarning xavfsizligi (singan, teshilgan joylarini yo'qligi) tekshirilib, har kuni sayrdan keyin yuviladi, quritiladi va quti yoki savatlarga joylanadi. Sayrdan so'ng har bir jihoz ko'zdan kechiriladi.

Sayr va o'yinlardan so'ng ayvoncha, maydoncha va bolalar uychalari tozalanadi, suv bilan yuviladi.

Qum saqlanadigan joylar doimo tozalanib, qum elanib, nam holatda saqlanishi ta'minlanadi, o'ynab bo'lingandan so'ng qum ustini g'ilofi bilan berkitib qo'yiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi dam olish davriga tayyorgarlik barcha xodimlar tomonidan o'z lavozim vazifalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining yozgi


sog'lomlashtirish davrini samarali tashkil etishdagi asosiy vazifalari

Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori

Tashkilotning-yozgi sog'lomlashtirish davrida amalga oshiriladigan ishlar rejasini MTT ishchi guruhi va ijodiy guruhi bilan hamkorlikda tuzish;


Yüklə 354,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin