Metodik tavsiya


Jismoniy tarbiya yo'riqchisi



Yüklə 354,88 Kb.
səhifə5/61
tarix02.01.2022
ölçüsü354,88 Kb.
#43857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
QISQA MUDDATLI GURUH

Jismoniy tarbiya yo'riqchisi

-bolalar bilan ertalabki badantarbiya mashqlarini o'tkazish;

-bolalar bilan o'tkaziladigan sport tadbirlari, jismoniy musobaqalarni tashkil etish;

-reja asosida musiqa rahbari, tarbiyachi bilan hamkorlikda sport bayramlarini o'tkazish;

-guruhlar yosh tarkibini hisobga olib, dastur asosida sport o'yinlarini o'tkazish;

-jismoniy rivojlanishda orqada qolgan bolalar bilan alohida mashg'ulotlar olib borish;

-tarbiyachilar va ota-onalarga maslahat - tavsiyalar berish;

-sport o'yinlari va sog'lomlashtirish tadbirlari paytida bolalar sog'ligi va xavfsizligiga javob berish;

-sport, basketbol, futbol maydonchalarini jihozlash va unda bolalar harakatlanish faoliyatini tashkil etish.

Tarbiyachi yordamchilari

-tarbiyachi bilan hamkorlikda kun tartibini samarali tashkil etish;

-chiniqtirish va sog'lomlashtirish tadbirlarida tarbiyachiga yordam berish;

-guruh hududi, ayvonchalarni tozalash;

-guruh xonalarining sanitar holatini saqlash;

-rivojlantiruvchi markazlarda ta'limiy-tarbiyaviy jarayonni olib borishda tarbiyachi bilan hamkorlikda faoliyat yuritish.

Yoz davrida sog'lomlashtirish tadbirlari shakllari

-ertalabki gimnastika (an'anaviy, korrektsiyalovchi);

-sog'lomlashtiruvchi yugurish;

-har xil turdagi sport o'yinlari;

-harakatli o'yinlar;

-yayov yurib sayr qilish, ekskursiyalar, yo'nalishlar bo'yicha sayr(eng oddiy sayyohlik);

-mayda motorika, diqqat va harakatlarni rivojlantirish, muvofiqlashtirishga qaratilgan harakatli mashqlar, muvozanatga qaratilgan mashqlar, dam olish gimnastikalari, to'g'ri qaddi-qomat va tovonlarni jipslash uchun mashqlar;

-basseyn (hovuz)dagi mashg'ulotlar;

-sport mashqlari va sport turlari elementlari;

-uyqudan keyingi sog'lomlashtiruvchi muolajalar;

-chiniqtiruvchi tadbirlar;

-kun tartibidagi yakka tartibdagi ishlar.

Har bir guruh uchun faol harakatli tadbirlar rejasini tuzishda ularning shakllarini xilma-xilligiga e'tibor qaratish, shuningdek, jismoniy faoliyat bilan bog'liq tadbirlar (harakatli o'yinlar, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish, ekskursiya, mehnat)ni hisobga olish muhimdir. Bunday tadbirlar havo isib ketgunga qadar yoki havo salqin paytda o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Eng issiq kunlar(chilla)da bolalar uzoq vaqt davomida to'g'ridan-to'g'ri quyosh ostida bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

Tarbiyachi ishini oqilona tashkil etish uchun ertalabki gimnastika komplekslari, sport mashqlari (sport o'yinlari elementlari: futbol, basketbol, badminton, velosiped va samokatda uchish), harakatli o'yinlar, estafetalar, mayda motorikani rivojlantirish va dam olish mashqlari kartotekasini yozgi davr uchun tayyorlab qo'yish kerak.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori va shifokor bolalarni chiniqtirish va sog'lomlashtirish ishlarini to'g'ri tashkil etish uchun mas'uldirlar.

Yozgi sog'lomlashtirish davrida chiniqtirish muolajalarini tashkil etish juda muhim bo'lib, u bola oganizmini himoya qilish funktsiyasini mustahkamlaydi, infektsiyalarga va haroratning o'zgaruvchanligiga bardoshli bo'lishga tayyorlaydi, qon aylanishini, modda almashinuvini, aqliy faoliyatini yaxshilaydi va asab tizimi faolligini oshiradi.



Maxsus chiniqtirish tadbirlarini tashkil qilishda MTTdagi barcha bolalarni guruhlarga ajratish tavsiya etiladi.

  1. guruh. Bolalar sog'lom, ilgari chiniqtirilgan.

  2. guruh. Bolalar sog'lom, birinchi marta chiniqtiriladigan tadbirlarni boshlaydigan yoki salomatligida ayrim kamchiliklar bor bolalar.

  3. guruh. Surunkali kasalliklarga chalingan bolalar yoki uzoq vaqtdan keyin maktabgacha ta'lim tashkilotiga kelgan bolalar.


Yüklə 354,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin