Chiniqtirish bo'yicha tavsiyani quyidagi jadval
ko'rinishida berish mumkin:
Guruhlar
|
Familiya, ism
|
Havo
|
Quyosh
|
Suv
|
Yalangoyoq
yurish
|
Izoh
|
t
|
vaqt
|
davomiyligi
|
t
|
vaqt
|
davomiyligi
|
t
|
vaqt
|
davomiyligi
|
t
|
vaqt
|
davomiyligi
|
|
1-guruh
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-guruh
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-guruh
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ushbu jadvalda chiniqtirish tadbirlarining boshlang'ich va yakuniy nazorati, shuningdek, ularning organizmga ta'sir qilish vaqtining ko'payishi ko'rsatiladi.
Chiniqtirish tadbirlari davomida, kamida 2-oyda bolalar bir guruhdan ikkinchisiga o'tkazilishi mumkin. Bolalar quyidagi mezonlar asosida guruhlarga o'tkaziladi:
-bu davrda o'tkir kasalliklarning yo'qligi;
-bolalarning chiniqtirish tadbirlariga ijobiy hissiy munosabati;
-sovuqqa nafas siqishi, yurak urishining keskin oshishi, “g'oz terisi” bilan qoplanish kabi salbiy tashqi belgilarning yo'qligi.
Toza havoda chiniqish jarayonlari suv va quyoshda chiniqishdan oldin tashkil etilishi lozim.
Quyoshda chiniqish daraxtlar soyasida yengil havo vannalari bilan boshlanadi, so'ngra bolalarning qo'llari, oyoqlari yalang'och holda quyosh vannalariga o'tadilar, bunda bolalarning boshida har doim yengil qalpoqcha bo'lishi shart.
Quyosh vannasini olish uchun bolalarning o'yinlarini 5-6 daqiqada quyoshning to'g'ridan-to'g'ri nurlari ostida olib borish, keyin yana soyaga qaytish tavsiya etiladi. Quyoshdan qorayish boshlangandan so'ng quyosh vannalari umumiy tarzda tashkil etiladi.
Quyosh vannalari 5 daqiqadan boshlanib, bolalarning quyoshda birato'la 10 daqiqagacha qolishigacha yetkaziladi va kun davomida bu jami 40-50 daqiqani tashkil etishi mumkin.
Tibbiy xulosa bilan chiniqtirish man etilgan bolani tadbirlarga jalb etish man etiladi. Shuni esda tutish kerakki, chiniqtirish usullari va vositalari bolaning yoshiga, holatiga va atrof-muhit sharoitlariga qarab alohida tanlanadi.
Toza havo bilan chiniqtirish barcha bolalarga tavsiya etiladi, lekin bolaning ahvoliga qarab umumiy yoki qisman havo vannalarini o'tkazish kerak.
Xuddi shu narsa suv tadbirlarida ham amal qilinadi- umumiy yoki qisman muolajalardan foydalaniladi va suv harorati alohida tanlanadi.
Umumiy muolajalarni tashkilotda joylashgan dushdan foydalanish bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Yalangoyoq yurishni tashkil qilish uchun qum, tosh, shag'al, keramzit va boshqalar bilan jihozlangan turli o'lcham va kattalikdagi “salomatlik yo'lakchasi”dan foydalanish mumkin.
Chiniqtirishning samarasini oshirish uchun yoz davrida suzish havzalarida o'ynash, bolalar cho'miladigan sun'iy hovuz (basseyn), ariqcha (jilg'acha)lardan keng foydalanish lozim. Bunda suv harorati +20 darajadan past bo'lmasligi, suvda turish muddati 30 soniyadan 5-10 daqiqagacha asta-sekin ortib boradi.
Tarbiyachilar va ularning yordamchilari sog'lomlashtirish muolajalarini nazorat qilib boradilar va MTT tibbiy xodimlariga ularning samaradorligi haqida ma'lumot beradilar.
Sog'lomlashtirish jarayonini tibbiy-pedagogik nazorat qilishni tashkil etish majburiy(shart)dir.
Shuni esda tutish kerakki, sog'lomlashtirish samaradorligi quyidagi omillarga bog'liqdir:
-to'g'ri tashkil etilgan ovqatlanish va suyuqlik ichish rejimiga;
-shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilishga;
me'yorda (kerakli miqdorda) chiniqtirishga;
bolalar sog'lig'iga tahdid soladigan omillarning yo'qligi (zararli va zaharli o'simliklar, hasharotlarning ko'pligi, tayoqcha, toshchalar, shoxlar, singan uskunalar va ularning qoldiqlari va boshqalar);
-bolalarning hissiy (emotsional) holati;
-oila va maktabgacha ta'lim tashkilotida sog'lomlashtirish uchun yagona yondashuvlar.
Yoz davrida bolalar bilan ta'limiy-tarbiyaviy jarayonni
rejalashtirish va uni tashkil etish
Yoz davrida tashkil etilgan ta'limiy jarayon bolaning 5 ta rivojlanish sohasini qamrab oladi:
jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari;
bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishini
rejalashtirish va tashkil etish
Maktabgacha ta'lim tashkiloti hududida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda harakatli, sport o'yinlarni tashkil qilish uchun joy, sport o'yinlarining elementlari bilan jihozlanganligi muhimdir. Jismoniy tarbiya yo'riqchisi yordamida “Sog'lomjon” markazini tashkil etish mumkin. Bu markazda sport inventarlari, turli harakatli o'yinlar uchun ishlatiladigan jihoz va anjomlar jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirishda yordam beradi. Markazda sayr va safarlarga chiqishga tayyorgarlik ko'rish mumkin, shuningdek, haftalik syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish yoki jismoniy sport o'yinlarini rejalashtirish lozim.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni rejalashtirish va tashkil etish.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasi vazifalari har kuni barcha faoliyat turlari va rivojlantirish markazlarida hal qilinadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning eng asosiy faoliyati bo'lgan o'yin faoliyatida ham shu vazifalar samarali amalga oshiriladi. Shuning uchun, yoz davrida bolalarning yoshi, o'yin malakalarini shakllantirishga qaratilgan ijodiy o'yinlarga alohida e'tibor qaratiladi.
Kichik guruh tarbiyachilari bolalarning bosh va qo'shimcha rollarni ijro etganda o'zaro hamkorlikda bo'lishlariga ahamiyat berishlari, katta guruhlarda esa o'yin syujetini yaratishga, syujetli-rolli o'yinlarda faollik ko'rsatishga e'tibor berishlari kerak.
Kattalarning o'yin jarayonidagi ishtiroki uyatchan, tortinchoq bolalarda liderlik (yetakchilik) sifatlarini shakllantirishga imkon bersa, o'ziga yuqori baho beradigan bolalar esa o'zaro kelishib birgalikda bajarishga, ikkinchi darajali rollarni ijro etishga undaydi.
Yozgi sog'lomlashtirish davrida bolalarni yo'l harakati va hayot xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va ularni mustahkamlashga katta e'tibor berish lozim. Tarbiyalanuvchilar biror ertak qahramonlari yordamida yoshlariga mos ravishda yo'l belgilari bilan tanishishlari, ko'chada, uyda, jamoat joylarda, tabiat qo'ynida o'zlarini qanday tutishlari, xavfsizlik qoidalariga qanday rioya qilishlari lozimligi to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lib boradilar.
Bundan tashqari, kichik yoshdagi bolalarning moslashuvini tashkil qilish bo'yicha psixologlarning tavsiyalarini inobatga olish hamda “Onam bilan birga” moslashuv guruhlarini tashkil etish tavsiya etiladi.
Ijodiy rivojlanishni rejalashtirish va tashkil etish.
Teatrlashtirish, qo'shiq aytish, tinglash, shovqinli cholg'ularni chalish, rasm chizish, loy bilan ishlash yozning istiqbol rejasida mavjud bo'lishi kerak. Ushbu faoliyatni tashkil qilish o'quv yili jarayonidan farqli va o'zgacha bo'lishi kerak, ya'ni:
-rassomning ustaxonasiga sayohat -bu soyabonli ayvonchadagi molbertlar, ijodkorlik uchun turli xil material, jihozlar mavjud, tajribali tarbiyachi esa har safar chizish uchun yangi texnikani taklif qiladi: “barmoq va kaftda rasm solish”, “diatipiya va monotipiya”, “plastilin va mozaik rasmlar”, “sachratib rasm solish”, “tabiat shakllarining bosmasi”, “g'ijimlangan qog'oz bilan rasm chizish”, “klyaksografiya”, “xo'l qog'ozga rasm solish”;
-“Kulolnikida mehmonda” maydonchasi, bu yerda loy, plastilindan buyumlar yasash mumkin;
- musiqa rahbari tashkil etgan musiqa markaziga tashril. Bu parda yoki teatr shirmasi bilan jihozlangan sahna qo'rinishidagi maydoncha bo'lib, unda cholg'ular (qo'lda yasalgan yoki haqiqiysi): puflab chalinadigan, urib chalinadigan, shovqinli musiqiy cholg'u asboblari, stolda o'ynaladigan musiqiy-ta'limiy o'yinlar, ovoz kuchaytirgich, disk, noutbuk (kompyuter) kabi anjomlar tashkil etilishi mumkin. Musiqa markazida teatr burchagi bo'lib, unda chodir va qo'g'irchoqlar bo'lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida musiqiy faoliyatning quyidagi shakllari an'anaviydir: bo'sh vaqtni tashkil etish, bayramlar, ko'ngilochar tadbirlar, mustaqil musiqiy faoliyat, teatr tomoshalari va spektakllar, raqs va ertalabki musiqiy gimnastika.
Noan'anaviy tadbirlar-musiqiy loyihalar, integratsiyalashgan musiqiy xordiqlar, bayram yoki ko'ngilochar tadbirlar. Masalan: noan'anaviy shakllardan foydalanish tarbiyachilar va ota-onalarning ijodiy salohiyatini oshirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |