Sodda gaplarni ishlatadi, murakkab gapni grammatik jihatdan to'g'ri tuza oladi, rasmlar ustida hikoya tuzadi, o'z his- tuyg'ularini, maqsadini nutq yordamida ifodalaydi.
Bola suvning inson hayoti uchun nihoyatda zarurligi, suvsiz hayot bo'lmasligini, yer yuzidagi eng bebaho boylik suv ekanligi, suvni asrash, tejash, isrof qilmaslik lozimligi haqida biladi.
Bolaning rasm solish, qog'oz qirqish va tasvir hosil qilishga oid ko'nikma va malakalari mustahkamlanadi. Loy, plastilin, tuzli xamir, rangli shamchalardan narsalar Yasashni biladi.