sodda
masalalardan
foydalaniladi (yechilishi uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan
masalalar sodda masalalar jumlasiga kiradi). Sodda masalalar o'quvchilarni matematik
munosabatlar bilan tanishtirishning muhim vositalaridan biri bo'lib xizmat qiladi.
Sodda masalalardan ulushlar, qator geometrik tushunchalar va algebra elementlarini
o'rganishda ham foydalaniladi. Sodda masalalar o'quvchilarda murakkab masalalarni
yechish uchun zarur bo'ladigan bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni tarkib toptirish
uchun asos bo'lib xizmat qiladi.Yechilishi uchun bir nechta o'zaro bog'liq amallarni
bajarish talab qilinadigan masalalar
murakkab
masalalar deyiladi. Sodda masalalar
kabi murakkab masalalar ham bilimlarni o'zlashtirishga, olingan bilimlarni
mustahkamlash va mukammllashtirishga xizmat qiladi.Sodda va murakkab masalalar
bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rejalashtirishning foydali vositasi bo'lib, odatda, o'z
ichiga "yashirin informatsiyani" oladi. Bu informatsiyani qidirish, masala
yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash,
umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o'rgatish
matematika o'qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Masalalar ustida ishlash reiasi:
1. Masalani o'qib chiqing, masalada nima haqida gap borayotganini o'zingiz
tasavvur qiling
2. Masalada nima ma'lum va nimani topish kerakligini aniqlab oling. Agar masala
matnini tushunib olish qiyin bo'lsa, uni qisqa yozing (yoki masalaga oid chizma
tayyorlang).
3. Qisqa yozuv bo'yicha har bir son nimani ko'rsatishini tushuntiring va masala
savolini takrorlang.
4. O'ylab ko'ring, masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar
mumkin bo'lmasa, nega? Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin? Masalani yechish
rejasini tuzing.
5. Yechishni bajaring va javobini yozing.
6. O'z yechimingizning to'g'riligini tekshirib ko'ring.
7. O'zingizga qizigarli savollar bering va ularga javob bering.
Bunda ilg'or o'qituvchilar ishlarida o'quvchilarni mustaqil masalalar yechishga
o'rgatishning bir qancha bosqichini ajratib ko'rsatish mumkin:
l-bosqich. Masаlа o'qituvchining yo'naltiruvchi savollari bo'yicha yechiladi va Ьи
yechish doskada va daftarlarda bir vaqtda bajariladi.
2-bosqich. Masala sharti o'qituvchi rahbarligida tзhlil qilinadi va yechish rejasi
tuziladi. Yechishning o'zi doskaga yozilmaydi, og'zaki aytilmaydi ham, o'quvchilar esa
uni mustaqil bajaradilar.
З-bоsqiсh. O'qituvchi rahbarligida masala faqat analiz qilinadi. Yechish rejasi va
yechishning o'zini o'quvchilar mustaqil bajarishadi.
4-bosqich. Masalani o'qituvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish.
O'quvchilarda masalalar yechish malakasini tarkib toptirishda ijodiy xarakterdagi
mashqlarning ham muhim ahamiyati bor. Bunga quyidagilar kiradi:
I. Masalalarni har xil usullar bilan yechish.
2. Muammoli xarakterdagi masalalami yechish.
3. Masalalar tuzish va ularni almashtirishga doir topshiriqlar.Oxirida shuni
ta'kidlab o'tamizki, matematik masala ustida ishlash jarayonida shunga intilish kerakki,
har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bo'lib qolsin. Buning uchun
o'quvchining diqqatini masala shartidan tafakkurini va bilish qobiliyatlarini
rivojlantiradigan darajada ko'proq ma'lumotlarni olishga yo'naltirish kerak.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
I. Matematik masalalar yechishning o'rni va ahamiyati nimadan iborat?
2. O'quvchilar masalalar yechishda qanday malakalarni egallashlari kerak?
3. Masalalar yechish bosqichlarini tahlil qiling.
Dostları ilə paylaş: |