Maktabgacha ta’lim muassasasida turli xil o ‘yinchoqlarni yasash uchun qog‘ozdan, tabiat materiallaridan keng foydalanila di. Bolalarga qog‘ozning turli xil turlari beriladi: vatman, karton, yupqa va turli qog‘ozlar.
Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallami tayyorlab, bir yil ichida ularni g‘amlaydi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong‘oqlar teradilar. Mevalar urug‘i yaxshilab yuvilib, quritiladi, bunday urug‘lar maxsus qutilarda saqlanadi. Bu xildagi qo‘llanmalarni yasash uchun: qog‘oz, karton, plastilin, sim, gugurt cho‘pi, yelim, qaychi kabi materiallardan ham foydalaniladi.
Qog‘oz, tabiatdagi tashlandiq, materiallar. Bu materiallardan bolalar bog‘chasida turli-tuman o ‘yinchoqlar yasash jarayoni da foydalaniladi. Bu jarayon faqatgina foydali bo'lib qolmay, bal ki qiziqarli hamda bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayon-
158
dir. Bolalar xilma-xil turlardagi qog‘ozlar bilan ishlaydilar. Xil ma-xil tabiat materiallari, manzarali daraxt mevalari, shox-shab-
j balar va boshqalami tarbiyachi bolalar bilan birgalikda oldin dan tayyorlab boradi. Masalan, urug‘lar, danaklar yaxshilab yu- vilib, quritilib yig‘iladi. Jolud va kashtanlami daraxtdan to‘kilishi bilan terib oladilar. Klen va yasen daraxtining urug‘i esa qishda yig‘iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda saqlanadi. Shuningdek, ulardan o‘yinchoqlar yasashda, yordamchi materiallar, qog‘oz, karton, plastilin, simlar, kley va mehnat qu- rollaridan: qaychi, bigiz, igna va boshqalar qo‘llaniladi.
0 ‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish-yasash - ga o‘rgatishning vazifalari. Bolalarni yangi qurilish materiali — qog‘oz bilan, uning xususiyati bilan tanishtiriladi. O'rta guruh tar- biyalanuvchilari tabiat materiali bo‘lgan — shox, barg, ildiz, tur li yong‘oqlar, ularning po ‘stlaridan narsa yasashga o‘rgatib bo riladi. Tarbiyachi bolalarga turli tabiiy materiallar borligi va un- dan turli xil narsalar yasashda foydalanilishi yoritib beriladi. Bo lalarda umumiy ko'nikma va malakalar shakllanib boradi, ya’ni predmetlarni tekshirish, ketma-ketlikka asoslanib ishlash, boshla- gan ishni oxirigacha bajarish hamda qo'llami aniq harakatlantirish va hokazolar.
Dastlabki mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha pred metlarni, qog‘ozdan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatib, uni buk lab, yopishtirish orqali archani yasatish uchun o ‘ymchoq va sovg‘alar uchun turli xil qiziqarli o ‘yinchoqlar yasash mumkinli- gi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg‘ulotdayoq bolalar tarbi- yachining ko'rsatmasi va tushuntirishi asosida qog‘ozni teng ikki- ga buklashni o'rganadilar. Keyingi mashg‘ulotlarda archa uchun o‘yinchoq, sovg‘a yasalgan paytlarda bu ko‘nikma mustahkamla- nadi. Mashg‘ulotlarda uycha, avtobus, yuk mashinasini yasatgan- larida bolalar tayyor elementlardan o ‘yinchoq yasash, asosiy qism- ga alohida detallarni yopishtirishni ham o‘rganadilar. Masalan, uy- chaga — eshik, deraza; avtobusga — oyna, g‘ildirak yopishtiradi- lar. Topshiriqning bunday turini bajarish faqat texnik malakalar- ni shakllantirib qolmay, balki bolalarning aqliy faoliyatini, mus- taqil ishini ham rivojlantiradi. O‘yinchoqni yasashdan awal bola lar qaysi qismni bir-biri bilan birlashtirishni, qaysi qismni yopisli tirish kerakligini o ‘ylaydi. Yoz paytida bolalar tabiiy maluiallanlan
159
foydalana boshlaydilar. Awalo, tarbiyachi bolalarni shu material bilan oldindan yasalgan sodda qurilmalar bilan tanishtirib, alohi- da predmetlami, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik, undan qanday foy dalanish kerakligini tushuntiradi. Tabiiy material, qog‘ozdan qu rish-yasash mashg'uloti bilan qurilish materialidan qurish-yasash mashg‘uloti almashinib turadi.
Dostları ilə paylaş: |