Metodikasining



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə36/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

0 ‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usullari. 0 ‘rgatishning asosiy usuli — na- munani ko‘rsatish va tushuntirishdir. Tushuntirish qisqa va aniq bo'lishi kerak. Tarbiyachining aniq, tushunarli qilib tushuntirishi uchun bolalar vazifani to‘liq bajarishlari lozim. Qog‘ozdan uycha yasash davomida, tarbiyachi bolalarga tayyor uychani ko‘rsatadi (ikkiga buklangan qalin qog‘oz, ustida esa mo‘rili tom) va u ni- madan qilmganini so‘raydi (qog‘ozdan — uy, rangli qog‘ozdan esa tomi, chiqizlardan mo‘ri, deraza, eshiklar va hokazo). Oldingi tajribalarga tayangan holda, tarbiyachi bolalar bilan birga uychani ketma-ketlik asosida qurishni davom ettiradi. Qachonki bolalarga murakkab konstruksiya berilsa, ularning tajribalarini hisobga ol- gan holda, tarbiyachi bajarish usulini to‘laligicha ko‘rsatib, tush- untirib beradi. Agar yasaladigan narsa sodda bo‘lsa, bolalar o‘zlari mustaqil bajarishlari mumkin, lekin tarbiyachi namunani bolalarga ko‘rsatadi. Masalan, yozuv kitobchalari yasash mashg'ulotida tar­ biyachi bolalarga bir necha xil applikatsiya bilan bezatilgan yozuv kitobchalarini namoyish qiladi va bolalarga mustaqil bajarib, so‘ng uni bezashni topshiradi. Yilning oxirida bolalarda qog‘oz bilan ish­ lash tajribasi ortganligi uchun tarbiyachi bolaning xohishi bo‘yicha qurish-yasash mashg‘uloti o‘tkazadi. Tarbiyachi bu mashg‘ulotdan 1 —2 kun oldin qog‘ozdan yasalgan narsalardan ko‘rgazma qilib, bo­ lalarga ularning qanday yasalganligini eslatib qo‘yadi. Mashg‘ulot davomida tarbiyachi bolalar ishiga rahbarlik qilib, tekshirib bo­ radi. Tayyor boMgan narsalarni tahlil qilganda, tarbiyachi asosiy e’tiborni to‘g‘ri va ozoda bajarilgan ishlarga qaratadi. Tabiiy ma- terialdan narsa yasashga o‘rgatish yilning oxirida boshlanadi. Ma­ salan, yong‘oq po‘stidan tipratikan yasashga o‘rgatishdan oldin tar­ biyachi bolalarga tipratikanning o‘zini ko‘rsatadi. Yoki uning ras- mini ko'rsatadi, uni tanasi igna bilan qoplanganligini, oyoqlari kal- taligini tushuntiradi. Keyin mashg‘ulotda tayyor o ‘yinchoq bilan rostakam, tirik tipratikanni solishtiradi, so‘ng uni qanday yasashni
160
birma-bir ko‘rsatadi. Uning tanasi yong‘oq po‘stidan, ignalari, yuzi plastilindan yasaladi. Awal yong‘oq ustiga plastilin surtiladi, yuz tuzilishi va ignalarini yasaydi. Mashg‘ulot davomida tarbiyachi bo­ lalarga maslahat berib, yordamlashadi. Bolalarning barcha yasagan narsalari ma’lum bir maqsad uchun ishlatiladi. Albomlar — rasm uchun, yuk mashinasi, uyclialar —o ‘yinlar uchun. Shunda bolalar­ da qiziqish uyg‘onadi, shuning uchun narsalarni qiziqib, chiroy- li, toza bajaradilar. Qurish-yasash uchun kerak bo‘lgan materialni tayyorlash tarbiyachidan ko‘p vaqtni talab etadi.
Bolalarda qurilish materiallari bilan turli xil predmetlarning turlicha timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatini shakllantirish amalga oshiriladi.
Katta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish-yasash­ ga o‘rgatishning vazifalari. Bolalarga qog‘ozni teng buklash, to‘rt buklash, buklangan joyni tekislash malakalari o‘rgatib bo­ riladi. Qog‘ozni 16 kvadratlarga buklash, burchak va tomonlari- ni aniq joylashtirish, doirani diametri bo‘ylab buklash va konus hosil qilib yopishtirish o‘rgatiladi. Masalan, qog‘oz silindrni bir- lashtirib, turli, murakkab bo£lmagan kompozitsiyalarni yasaydilar. Yana bolalar gugurt qutisini bir-biriga yopishtirib, narsalar yasash- ni ham o‘rganadilar. Tabiiy materiallardan archa shishkasi, gulning urug‘lari, o‘tlar, yong‘oqdan turli narsalar yasab, ularni yelim, gu­ gurt bilan birlashtirishni, ulardan to‘g‘ri foydalanish kabi malaka- larni egallab boradilar. Bolalar o‘z faoliyatlarini rejalashtirish va uni mustaqil bajarishni ham o‘rganadilar.
Dastlabki mashg‘ulotlarda o‘tgan materiallar takrorlanadi, na- tijada bolalarda qog‘ozni teng buklash, tomonlarini qo‘l bilan tekislash malakasi yanada mustahkamlanadi. Bolalar bu amallarni qanday bajarishni esga oladilar. Birinchi mashg'ulotda qog‘ozdan savatcha yasaydilar. Tayyor namunani kuzatib bo‘lgach, tarbiyachi kvadrat qog‘ozni qanday buklab qirqish, qanday yopishtirislmi ko‘rsatadi. Savatchaning bandini qanday yopishtirislmi esa bola­ lar o‘zlari o‘ylab topadilar. Ikkinchi mashg‘ulotda esa kvadratni diagonal bo‘yicha buklashni o‘rganadilar. Bunda kvadrat qog‘ozni 16 kvadratga buklash ko‘rsatilmaydi. Tarbiyachi tushuntirayotgan- da ikki tomoni qirqilgan, buklangan tayyor kvadratdan foydalanila­ di. Bolalar oldingi mashg‘ulotdan olgan bilimlarini uycha qurislula qo£llaydilar, o‘zlari qirqib yopishtiradilar. Mashg‘ulotning boslii
161
da namunani kuzatayotganda tarbiyachi ishni qanday bajarishni bolalarga o‘rgatadi va yordam beradi. Qog‘ozdan narsa yasashni ma’lum bir vaqtdan so‘ng qaytarish mumkin, lekin bolalar o‘zlari mustaqil bajaradilar (masalan, ochiq quticha). Tayyor shakllar­ dan biror bir narsani yopishtirish orqali yasashni bolalar asta-sekin o‘rganadilar. Birinchi mashg'ulotda tarbiyachi gugurt qutisidan qanday qilib avtobus yasashni ko‘rsatadi: qutini qanday qilib bir- biriga yopishtirish, g‘ildiraklarni qanday qilib birlashtirish va hoka- zo. Bolalar topshiriqni ko‘rsatish va tushuntirish asosida bajaradi­ lar. Ikkinchi mashg‘ulotda tarbiyachi bolalardan avtobusni qanday yasaganlarini eslatib, so‘ng tayyor yasalgan mebelning bir necha namunasini bolalarga namoyish qiladi. Bu qurilmalarni bolalar ku- zatib bo‘lgach, uni qanday qilib bir-biriga yopishtirilganligini va boshqalarni ko‘radilar. Qurishlari kerak bo‘Igan predmet uchun kerakli materiallar tanlaydilar. Bu mashg‘ulotlarda hosil bo‘lgan malakalami tarbiyachi bolalarni o‘ylaganlari bo‘yicha narsa qurish mashg‘ulotlarida mustalikamlaydilar. Bunda bolalar o‘zlari qaysi materialdan nima yasashlarini, qanday qilib yasashlarini mustaqil hal qiladilar. Lekin keyingi mashg‘ulotlarda mavzu ancha murak- kablashadi, ya’ni quticha, karton, qog‘ozdan yuk mashina, kema yasash va hokazo. Bu paytda tarbiyachi yana bolalar bilan birga­ likda ish olib boradi, ya’ni o‘zi ko'rsatib, tushuntirib beradi. Ish faoliyatining bunday olib borilishi bolalarning keyingi ijodiy faoli- yatida katta ahamiyatga ega. Bolalarga doirani diametri bo‘ylab buklash, konusni yopishtirish, kontur bo‘ylab qirqishdan awal, tarbiyachi parashut, uzun ko‘ylak kiygan matryoshka, o ‘yinga tu- shayotgan matryoshkani yasashni o ‘rgatadi. Shunday qilib, top- shiriq murakkablashib boradi: bolalar tayyor yarim doiradan qir­ qishni o‘rganadilar. Bu jarayonni tarbiyachi tushuntiradi, qolganini esa bolalar bajaradi. Yil oxirida bolalar o‘z bilimlarini tekshiradilar. Kvadratni diagonal bo‘ylab buklash tomonlarni, burchaklarni to‘g‘ri birlashtirish, qayiq, o‘yinchoqlar yasashni mashg‘ulotlarda o‘rganadilar. Mashg‘ulotlarda bolalar tayyor murakkab bo‘lmagan andoza bo‘yicha ishlashni ham o‘rganadilar. Shunday qilib, bolalar silindmi turli konstruksiyalarga birlashtirishni egallaydilar. Ularda fikrlash, ijodiyot, fantaziya rivojlanib boradi. Boshqa materiallardan narsa yasashga o‘rgatishdan oldin tarbiyachi materialning xususi- yati bilan tanishtiradi, bolalarga shu materialni ushlab, uning qan-
162
day ekanligini so'raydi, parolon —yumshoq, yengil, uni ezsa, yana o ‘z holatiga qayta oladi. Parolondan bolalar qorbobo, nayzangul, quyoncha, jo ‘ja va hokazolar yasaydilar. Narsa yasashni tushunti- rayotganda tarbiyachi asosiy diqqatni alohida predmetlarni qanday birlashtirishga qaratadi, mashg‘ulot davomida eslatib o ‘tadi. Yan­ gi yil bayramida bolalar archa o‘yinchoqlari yasaydilar: qog‘ozni qat-qat qilib (gormoshka) buklab undan (turli) simmetrik shakllar qirqadilar. Bolalar o‘z o ‘ylaganlari bo‘yicha qog‘oz, karton, boshqa materialdan narsa yasayotganida awal olgan bilimlarini ishlarida qo‘llaydilar.

Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin