Kundalik hisobot. Bu hisobot bolalar berilayotgan bilimlarni qay darajada egallayotganlarini aniqlashda yordam beradi. Tarbiya chi bu hisobotida bolalarning davomati va mashg‘ulot davomida o‘zini qanday tutganligi, ularda ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlar belgilab boriladi. Bu hisobot har kunning oxirida yozib boriladi. Kundalik hisobotda tarbiyachi mashg‘ulotlardagi yutuq va kam- chiliklarni aniq ko‘rsatib bermog‘i lozim. Bunda yangi berilgan bilimni bola qay darajada egallaganligi, individual bolaning ismi, familiyasi aniq ko‘rsatib, olib borilishi lozim. Masalan, o‘rta gu ruhda loy mashg‘ulotida Tolipov Husan qushlarning shaklini ob- razli yaratishga harakat qildi, kaftlari orasida loyni to ‘g‘ri eshdi. Komilov Shuhrat bugungi mashg‘ulotda passiv qatnashdi. Shakl ning qismlarini proporsiyalarga bo‘lishda xatoliklarga yo‘l qo‘ydi, deb yozish mumkin. Tarbiyachi bu hisobot yordamida qaysi bola- da berilgan bilimlarni egallashda sustlik sezilganligini aniqlab ola- di. So‘ngra esa bu bolalar bilan alohida mashg'ulotlardan tashqari vaqtda individual ishlaydi.
Yakuniy hisobot. Yakuniy hisobot har 6 oyda, yilning oxirida tuziladi. Bu hisobot yordamida tarbiyachi bolalar shu muddat ichi- da qanday bilimlarga, ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lganliklarini
170
aniqlab oladi. Keyingi bosqichlarga o‘quv yiliga reja tuza oladi. Yakuniy hisobotning yana bir maqsadi, bolani guruhdan guruhga o‘tkazishda undagi barcha bilimlar shu guruhga mos keladimi yoki yo‘qmi? ekanligini aniqlashda yordam beradi.
Ota-onalar bilan ishlami yanada yaxshilash, ota-onalar burcha- gini yanada mazmunli qilib bezash, shuningdek, ota-onalar bilan individual suhbatlar o‘tkazish lozim. Natijada shu narsa ko‘rinadiki, bolalarning o‘zlashtirishi yanada yuqori darajaga ko4ariladi. Bu o‘rinda shuni qo‘shimcha qihb o‘tish lozimki, bolalarning tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bajargan ishlaridan ko‘rgazmalar tay- yorlansa, bunda bolalarda qiziqish yanada kuchayadi, o‘z ishlari ni yanada yaxshiroq bajarishga harakat qiladilar. Shuningdek, ota- onalar ham bolalarining bilimlari qay darajada rivojlanib borayot- ganliklaridan xabardor bo‘lib turadilar. Bulardan ko‘rinib turibdiki, bolalar bog‘chasida hisobot ishlariga alohida e’tibor bermog‘imiz lozim. Bu esa, o‘z vaqtida, bolalami mustahkam bilimlarga ega boiishlarini ta ’minlaydi.
Bu hisobot uchun ma’lumotlar quyidagicha tuziladi: Ota-onalardan olingan ma’lumotlar.
Tarbiyachining shaxsiy kuzatishlari asosida to ‘plangan ma’ lumotlar. Ota-onalardan olinadigan ma’lumotlar anketalar orqali suhbatlar davomida olinadi.
Anketa quyidagicha tuzilishi mumkin:
Bolaning ismi, familiyasi. Tug‘ilgan kuni, yili.
Yoshi.
Ota-onasining ismi va familiyasi. Millati.
Qiziqishi.
Bolaning uyda bo‘lgan vaqtida nimalar bilan shug‘ullanishi. Ota-onalari o‘qib bergan ertak, hikoyalardan misollar nomi. Oilada nechanchi bola ekanligi.
Uy adresi.
Bolalar bog‘chasida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun tarbiyachi barcha ishlami to ‘g‘ri rejalashtirib olishi lozim. Tarbiyachi tomonidan olib boriladigan barcha ishlami to‘g‘ri re- jalashtirish uchun esa tarbiyachi doimo hisobot ishlarini olib bo- rishi lozim.
171
Hisobot —bolalarning bilimi va saviyasining o‘sishi, turli ko‘- nikma va malakalarni egallashi va har tomonlama rivojlanishini aniqlashdir. Hisobot o‘z vaqtida quyidagi turlarga bo‘lib olib bo riladi:
Dastlabki hisobot. Kundalik hisobot. Yakuniy hisobot.
Dastlabki hisobot — tasviriy faoliyat ishlarini to ‘g‘ri rejalashti- rish uchun tuziladi.
1. TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARIDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH
Tasviriy faoliyat bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasi das- turi va maktabda tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak-atrofga nisbatan bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobi- liyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktab gacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffa- qiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritish- ning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shaklla- nadi. Shuningdek, bu jarayonilarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar. Bolalar bog‘chasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Bunday malaka va ko‘nikmalarga: topshiriqni tinglash va yod- da tutish ma’lum vaqt orasida bajarish, o‘z ishini rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga etkazish, xato va kamchiliklari- ni topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tarti- bli saqlash va boshqalar kiradi.
Pedagoglaming olib borgan tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, bo lalar bog‘chasida ta’lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni mak- tabga tayyorlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, psixolog- lardan E.A. Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab o‘quvchi- larining tasviriy faoliyatini o‘rganish jarayonlari shuni ko‘rsatib o‘tadiki, maktabda tasviriy san’at darslarining tuzilishi, bolalar bog‘chasida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
172
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘u- lotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlari bilan rasmga qarab hikoya qilish, kitobdagi illustratsiyalarni ko‘rib chi qish jarayonida tanishadilar. Maktabda tasviriy san’atning turlari
— rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlari bilan yanada chuquroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassa- sasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir. Masalan, rasm, mazmunli dekorativ va loy applikatsiya mashg‘ulotlari. Maktabga cha ta’lim muassasalarida barcha mashg‘ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san’at darslarida rasm (natura- ga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o‘tkaziladi. Bun da predmetli rasm bo‘yicha naturaga qarab rasm chizish o‘quv predmeti alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Loy applikatsiya, qu rish-yasash bo‘yicha amaliy ishlar maktabda qo‘l mexnatiga ki- ritiladi. Boshlang‘ich sinf tasviriy san’at dasturining tahlili shuni ko'rsatadiki, predmetli, rasm bo‘yicha o‘quv vazifalari ancha murakkab tarzda kiritilishidan tashqari, bolalar bog‘cha dasturi bo‘yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi. 1-sinfda bolalar doira, kvadrat, to‘rtburchak, awal kabi tuzilishga ega boMgan predmetlami aniqlashga o‘rganadilar, bog‘chada bolalar oldiga qo‘yilgan vazi fa rasm chizish texnikasini egallashdfr. Bunga sabab, hamma bo lalar bog‘chadan maktabga kelmaydilar va shu bois bolalar bilan ishni maktabga kelguncha, tayyorlov guruhda olgan bilimlardan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan mazmunli rasmning davomi sifatida o‘tkaziladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlami ku- zatib, ko‘rib chiqadilar, so‘ng xotiralariga asoslanib, ularni chiza- dilar. 0 ‘quvchilar obyektlar o‘rtasidagi mazmunli bogManishlar- da uzoqdagi predmetlami kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm bo'yicha maktabda texnik tartibga doir vazifalar qo‘yiladi, ya’ni naqsh tuzilishi ketma-ketligida tasviri bilan birgalikda, yor- damchi chiziqlardan foydalanish va o‘z ixtiyorlari bilan xalq amaliy-dekorativ san’at elementlaridan foydalanish va san’at haqida o‘tkaziladigan dars-suhbat jarayonida o‘rganadilar. Bola larni tasviriy san’atga o‘rgatish metodlari bolalarning xususiyat- larini hisobga olgan holda olib boriladi. Katta maktabgacha tar- biya yoshidagi bolalar va kichik o'quvchilarning ish xususiyat- lari o‘rtasida ancha yaqinlik bor. Shuning uchun u yoki bular-
173
ni o‘rgatish metodikasi o‘rtasida ham ko‘p o‘xshashlik bor. Mak tabda o‘qituvchining rasmini ba’zi bir elementini ko‘rsatish va shu jarayonida tushuntirish tarbiyachining ish usullarini ko‘rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartib- li ko‘rinishda bo‘ladi. Agar tasvirlanayotgan predmetning tuzili- shi sodda bo‘lsa, tartib tushuntirilgandan so‘ng, o‘chirib tashla- nadi. Agar murakkab tuzilishga ega bo‘lgan predmet tasvirlansa, o‘qituvchining doskada ko‘rsatib berishi bilan ketma-ket tasvirla- nadi. 0 ‘qituvchi predmetning umumiy konturini qalamning uchi bilan yengilgina belgilab chiqadi hamda uning kengligini, balan- dligini ham ko‘rsatadi. So‘ng o‘quvchi predmetining xomaki ras- mi bilan naturani solishtirib, uning qismlarini, shaklini aniqlay- di, tuzatadi. Ish jarayonida ko‘rsatish va tahlil qilish uchun rasm- lar to ‘plami, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o‘quv xarakteriga ega bo‘lgan alohida rasmlardan foydalanadi. Rasm bo‘yicha o‘tkaziladigan har bir dars o'qituvchining suhbati- dan va rasmni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishdan bosh- lanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o ‘tishda o‘qituvchi bolalar ning tartibli ravishda chizish qoida va yo‘llarni eslatib turadi. Kat ta bog‘cha yoshidagi bolalar va kichik maktab o‘quvchilarining ishiga yoki rasmiga qo‘yilgan talablar bir-biriga juda yaqin. Bola- lar ishini tahlil qilishda diqqatni predmet proporsiyasi, konstruk- siyasi, qismlarining bog‘liqligi, rang va kompozitsion tuzilishiga tortish lozim. Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda ta ’lim-tar- biya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, bolalar bog‘chasi- da olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabga cha ta’lim muassasasida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta ’lim muassasasida katta guruhdagi kuzatishlar bo‘yicha rasm chizishga katta e’tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayyorlashda dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko‘rish xotirasini rivojlantiradi, ba’zida predmet bolalarda natura sifatida to ‘g‘ri tasvirga yordam beradi. Bola lar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg‘ulotlarida, qalamdan, mo‘yqalam dan erkin foydalanishga o‘z xarakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar.
Bu malakani egallash, bolalarda qo‘lini yengil, erkin, bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlari rivojlanadi. Bolalar tur-
174
li shakldagi, kattalikdagi, turli proporsiyadagi predmetlami chi zish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, harakatini, predmetning uzunligiga mos ra vishda harakatlanishga o‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim muas- sasasida olib boriladigan tasviriy faoliyati materialdan toza va tartibli foydalanishga o‘rganadilar, ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan foydalanishga, ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar, katta ahamiyat beriladi. Bu mash- g‘ulot bolalarda diqqatni, ko‘rish xotirasini rivojlantiradi. Bola lar bog‘chasining tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chi zish yoki tasvirga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Bolalar naturani tahlil qilishga butun um- umiy shaklni qog‘ozga xomaki tushirib olishga, rasmni natura ga solishtirishga, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o'xshatishga urinadilar. Naturaga qarab tasvirda ishning ketma- ketligini ko‘rsatish, maktabgacha ta’lim muassasasining tayyor lov va katta guruhida o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidagi- na amalga oshiriladi. Ko‘rsatishdan doimo foydalanish, bolalarni rasmni mexanik ravishda ishlashga odatlantirib qo‘yadi.
Bolalarning tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari geometrik shakl- larni topa yoki ko‘ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, keng- ligi, kattaligi, uzunligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nis batan fazoviy joylashishi bilan tanishishni bolalami maktabning l-sinfida elementar matematik tushunchalarini puxta egallash- lariga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kerakli materiallardan qurish-yasash bolalarda ko‘z bilan chamalash- ni shakllantiradi va bolalarni maktabdagi texnik darslarni egal- lashiga yoki o‘zlashtirishiga yordam beradi. Maktabgacha ta ’lim muassasasining katta guruhidagi naturaga qarab rasm chizish mashg‘ulotlarda mantiqiy fikr yuritishga, kuzatishga, asosiy ajratib ko‘rishga predmetning fazoviy xususiyatlarini tahlil qilishga, o‘zlari mustaqil ravishda tasviriy vositalarni tanlashga o‘rganadilar. Bu- larning hammasi esa maktabda o‘qish jarayonida zarurdir. Shun day qilib, bolalarning tasviriy faoliyati mashg‘ulotlarida maktabda o‘qishga tayyorlash axloqiy, estetik tarbiyalab, ularda badiiy did va ijodiy qobiliyatlarni o‘stiradi.
175
Dostları ilə paylaş: |