Metodikasining



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə40/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

XIII BOB.


PEDAGOGIK KOLLEJLARDA TASVIRIY FAOLIYATGA 0 ‘RGATISH METODIKASIDAN DARS BERISH


Bolalarni tasviriy faoliyatga chuqur o‘rgatish tarbiyachilarning rasm, loy, applikatsiya bo‘yicha tayyorgarligiga qog‘ozda qalam va bo‘yoqni ishlata bilish, qog‘ozdan siluet qirqish, loydan har xil shakl, plastilindan har xil shakl yasashga bog‘liq. Tarbiyachi predmetning shaklini, tuzilishini ko‘ra olishi kerak, predmetni bo‘yash uchun bo‘yoq tanlay bilishi hamda bolalarni tasviriy faoli­ yat metodikasi bilan tanishtirishni bilishi lozim. Bunday tayyorgar- likni tarbiyachilar birinchi navbatda pedagogika kollejida oladilar. Pedagogika kolleji talabalariga birinchi bo‘lib qalam bilan rasm chizdiriladi. Bu mashqlar rasm chizish vaqtida qo‘lning harakatini mustahkamlaydi. U larto ‘g‘ri, oval, aylana, shtrix chiziqlarni chiza- dilar. Qalam bilan ishlash texnikasini o‘rganish uchun, talabalar dekorativ naqsh grafikasini o‘rganadilar. Bu mashqlar pedagogika kollejlaridagi devoriy gazetalar va bolalar bog‘chasidagi bezak ish- lariga ham yordam beradi. Xuddi shu bo‘limda rang bilan, bo‘yoq va guash bilan ishlash ko‘rsatilgan. Dastur dekorativ —xalq amaliy san’ati bilan tanishtiradi. Talabalar birinchi bolalar ijodi bilan tani- shadilar, shuning uchun o‘zlarining rasmlarida bolalar qanday ud- dalasa, shunday chizadilar. Keyin xuddi rassomlar chizganidek qi­ lib, rang va soya berib chizadilar.
Loy bilan ishlash darslarida haykaltaroshlik va uning turlari bi­ lan tanishadilar. Qalam, ko‘mir, tush bilan rasm chizgandan so‘ng, ular bo‘yoqlar bilan ishlaydilar. Naturaga qarab, sabzavot, meva, idish-tovoqlarning rasmlarini chizadilar. Keyin 2—3 ta predmetdan iborat natyurmort chizadilar. Ularda rangni sezishga o‘rganadilar, tomoshabinga qanday ta ’sir qilishini ko‘radilar. Rasm chizish ni- hoyasida peyzaj, illustratsiya va ertaklarga dekoratsiyalar chizadi­ lar. Ular dumaloq relyef, katta va kichik shakldagi haykaltarosh­ lik bilan tanishadilar. Ular loydan idishlar yasaydilar. Stek bi­ lan ishlashni, loy bilan ishlash texnik malakalarini o‘rganadilar. Bu malakalarni o‘zlashtirgandan so‘ng, o‘quvchilar loydan qush yasaydilar. Uning shakli, proporsiyasi, qismlari bilan tanishadi­ lar. Loy qush yasashni o‘rganganlari ularga qalam va bo‘yoqda qush rasmini chizishga yordam beradi. Qushdan tashqari, tala-
176
balar hayvonlaming rasmlarini chizadilar. Ularni naturaga qarab tasvirlash mumkin. Xotira bo‘yicha ham tasvirlash mumkin. Har bir tarbiyachi albatta, bo‘yoq bilan ishlash sirlarini (rasm chizish, loydan narsalar yasash) bilishi zarur. Birinchi bo ‘lib odam tas- virini qalam bilan chizishdan boshlash lozim (15—20 daq.). Tal- abalar bir-birlarining rasmini chizadilar. Bu qisqa muddatli chiz- ishlar diqqatni kuchaytiradi, ishni tez va ishonch bilan bajarishga o ‘rgatadi hamda predmetning qog‘ozda joylashishini, qismlarning proporsiyasini, shaklning asosiy xarakterli belgilarini ko‘rsatishga yordam beradi.
Dastur mazmuni: Odam tasvirini chizish bilan tanishganlari- dan so‘ng, tasviriy san’at bilan tanishtirish mustahkamlanadi. Bu bo‘limga 30 soat ketadi. Birinchi mavzu —«San’atning asosiy na- zariy savollari», «San’at —inson ongining bir shakli», undan keyin
«Rus san’ati» (XVIII, XIX).
«Tasviriy faoliyat va qurish-yasash metodikasi» bo‘limi har bir yosh guruhida rasm, loy, applikatsiya, amaliy mashg‘ulotlardan ibo- rat. Bii bo'limning asosiy maqsadi talabalarni tasviriy faoliyat bilan, aqliy, estetik, tarbiya masalalari bilan badiiy, axloqiy, mehnat tar- biyasi bilan tanishtirishdir. Navbatdagi mavzu «Bolalar bog‘chasida tasviriy san’at», unga 2 soat ajratiladi. Talabalar san’at turlari, bo- lalaming atrof hayotga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganadilar. Oxir- gi mavzu «Tasviriy faoliyat va qurish-yasash bo‘yicha reja asosida tuzilgan mashg‘ulot».
Dars tiplari: Pedagogika kollejida darsning 2 varianti: ma’ruza darsi, amaliy-praktik dars bor. 2 variantdan tashqari muzeyga eks- kursiya, ko‘rgazmaga, suhbat tariqasida ma’ruzalarbo‘ladi. Ma’ruza vaqtidagi suhbatni, o‘qituvchi yangi materialni tushuntirish uchun, o‘tilgan materialni takrorlaydi. 0 ‘qituvchining ma’ruza o‘tishdagi mahorati uning ma’ruzani qanday tashkil qildi, diqqatni qanday qilib faollashtirdi, talabalaming xotira va idrokini qanday qilib faollashtirishga, o‘stirishga bog'liq. Yangi materialning bir qismi talabalar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lsa va metodikaning ba’zi bir savollarini o‘zlari hal eta olishlarini o‘rgangan bo‘ladilar. 0 ‘qituvchi talabalarga savol berganda talabalar pedagogika, psixo- logiya va anatomiyadan olgan bilimlari asosida va bolalar bi­ lan olib borgan ish tajribalariga tayanib, javob berishlari lozim. M a’ruzalar kinofilmlar, slaydlar ko‘rsatish bilan o‘tkaziladi. Bu
177
kinofilmlarni, slaydlarni, televideniya ko‘rsatuvlarini diqqat bi­ lan ko‘rish, diqqatni o‘stiradi, ongini o‘stiradi, yangi materialni o‘zlashtirishga yordam beradi. Talabalar ma’ruzadan tashqari ham fllmlar, teleko‘rsatuvlar ko‘rib, keyin o'qituvchi bilan muhokama qilishi mumkin.
Pedagog ma’ruza o‘tish vaqtida ko‘rgazmali quroldan foyda­ lanadi. Illustratsiyalardan, o‘yinchoqlardan, bolalar rasmlari- dan ko'rsatadi. San’at haqidagi ma’ruzalarda esa rassomlar repro- duksiyalaridan kinofilmlar, slaydlar ko‘rsatadilar. Amaliy mash- g‘ulotlar pedagogika kolleji talabalariga mashg'ulotlami namu- nali o‘tkazishga yordam beradi. Ular bolalar chiza oladigan, loy­ dan yasay oladigan predmetlarni tasvirlay olishlari zarur. 0 ‘zlari ta’lim berish metodikasi va dastur asosida mustaqil mashg‘ulot ish- lanmasini yozishlari lozim. Mashg‘ulotlarning suhbatdan boshla- nishi ma’qul. Masalan, «Qo‘ziqorinlar» nomli darsda tarbiyachi birinchi qo‘ziqorin turlarini eslashni taklif qiladi, uning xarakterli belgilari, loydan yasash usullari bilan tanishadilar. Shunday suh­ batdan so‘ng, talabalar har bir yosh guruh dastur talabiga asosan, beriladigan bilimlaming bog‘liqligi asosida yasashni o‘rganadilar. Kichik guruh bolalari bitta qo‘ziqorin, ya’ni disk, aylana chetlari sal tushgan va silindrsimon tanasini, oyog‘ini, o‘rta guruh bir qan- cha qo‘ziqorinni yasashlari mumkin (turlari bo‘yicha), katta guruh bolalari,oq qo'ziqorinning shaklini bera bilishi, katta guruh bola­ lari to ‘g‘ri kelgan qo‘ziqorinni yasay oladilar, uning oldiga barg, o‘tlar yasaydilar.
Darsning oxirida 2—3 daqiqa tahlil qiladilar, qaysi bir guruh dastur talabiga mos keladi. Talabalarga uyga vazifa qilib, shu gu­ ruh mashg‘ulot ishlanmasini tuzish beriladi. Keyingi mashg‘ulotda mashg‘ulot ishlanmasini tahlil qiladilar va o‘zlarini tarbiyachi o‘r- niga qo‘yib, mashg‘ulot o'tadilar.
Amaliy mashg‘ulot bir necha reja asosida bo‘lishi mumkin.
Masalan, har bir yosh guruhida naturadan foydalanish usullari, tasviriy san’at turlarida naturadan qanday qilib foydalanish, bola­ lar bilan naturani tahlil qilish, mashg'ulotning qaysi vaqtida foy­ dalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Masalan, applikatsiya: katta guruhda qirqish usuli, qog'ozdan o‘qituvchi namuna tayyorlay- di, jadval ham bo'lishi mumkin. Agar amaliy mashg‘ulot «Rasm» va «Loy» bo‘limi asosida o'tkazilsa, sabzavot va mevalar mulya-
178
ji bo‘lishi shart. Transport rasmini chizdirish uchun o‘yinchoq ko‘rgazmaU qurol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Xona o‘simliklarini natura asosida tasvirlash uchun namunalar kerak. Loy mashg‘uloti uchun ko‘rgazmali qurol sifatida kichik shakldagi haykaltaroshlik namunalari xizmat qiladi. Loy ishini bajarishda, xalq o‘yinchoqlari (Dimkova, filimono, korgopol, kirov) ni ko‘rib chiqish yaxshi nati- ja beradi.
Natura bilan ishlash: naturani ko‘rib chiqish asosida bo‘lajak tarbiyachilar tahlil qilishga, predmetning shaklini ko‘ra bilishga, keyin tasvirlashga o‘rganadilar. Shunga ko‘ra, talabalarda idrok, xotira, tafakkur o'sadi. Natura bilan ishlash 2 bosqichga bo‘linadi: Birinchi bosqich naturani to ‘g‘ri tanlay olish. Talabalar to ‘g‘ri kelgan predmet va o ‘yinchoq natura bo‘lib xizmat qilmasligini bi-
lishlari lozim. Loy uchun natura bir xil rangda bo‘lishi kerak.
Ikkinchi bosqich naturani tahlil qilish. Birinchi predmetni ham­ ma guruh bilan tahlil qilish, keyinchalik talabalar mustaqil tahlil qiladilar.
Amaliy mashg‘ulotlar ko‘rsatish va tushuntirishdan iborat bo‘- ladi, ya’ni talabalarga yangi qirqish usullari ko‘rsatib beriladi. Bo‘yoq bilan ishlashni ko‘rsatishda, qog‘ozni doskaga yopishtirib, o‘qituvchi mo'yqalam bilan chizib ko‘rsatadi. Qurish-yasash va ap- plikatsiyada ishning hamma borishini ko'rsatish kerak. 0 ‘qituvchi va talabalar bir vaqtda ishlaydilar.
Pedagogika kolleji talabalarining mustaqil ishlari katta aha- miyatga ega. Bu ularning ko‘nikma va malakalarini mustahkam- laydi, ijod qilishlari rivojlanadi. Mustaqil ish o‘z ichiga adabiyot- larni o'rganish, ishlanma tuzish, istiqlol reja tuzish, maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulot o'tish uchun reja ishlanma tuzish kabilarni qamrab oladi.

179


Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin