Metrologiya to‘G‘risida


o‘lchashlar aniqligining ko‘rsatkichi



Yüklə 367,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix01.05.2023
ölçüsü367,16 Kb.
#105405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
01. Metrologiya qonun

o‘lchashlar aniqligining ko‘rsatkichi — o‘lchash uslubiyotining qo‘llanilayotgan 
normalari va qoidalariga rioya etilganda olingan o‘lchash natijalari aniqligining belgilangan tavsifi; 
o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti — o‘lchashlarning bajarilishini va ularning natijalari 
belgilangan aniqlik ko‘rsatkichlari bilan olinishini ta’minlaydigan operatsiyalar va qoidalar majmui; 
o‘lchash vositasi — o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik 
xususiyatlarga ega bo‘lgan texnika vositasi;
o‘lchash vositalarini kalibrlash — berilgan sharoitlarda o‘lchash vositasi yordamida 
olingan kattalik qiymati va etalon bilan qayta tiklanadigan tegishli kattalik qiymati o‘rtasidagi 
nisbatni aniqlash orqali o‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash maqsadida 
bajariladigan operatsiyalar majmui; 
o‘lchash vositalarini qiyoslash — o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan metrologik 
talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida bajariladigan operatsiyalar majmui; 
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi — o‘lchashlarning natijalari qonuniylashtirilgan 
birliklarda ifodalangan va o‘lchashlarning aniqlik ko‘rsatkichlari ma’lum ehtimollik bilan 
belgilangan chegaralarda joylashgan holati.
4-modda. Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash; 
ishonchsiz o‘lchash natijalarining oldini olish; 
xolis, ishonchli va solishtiriladigan o‘lchash natijalariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish; 
o‘lchash natijalarining milliy va (yoki) xalqaro etalonlargacha metrologik 
kuzatiluvchanligini ta’minlash; 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishiga va ilmiy-texnik taraqqiyotiga 
ko‘maklashish.
5-modda. Metrologiyaga oid faoliyat sohasinining asosiy prinsiplari 
Metrologiyaga oid faoliyat sohasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
qonuniylik; 
metrologiya tekshiruvi va nazorati natijalarining xolisligi; 
ilmiy asoslanganlik; 
o‘lchash birliklari qo‘llanilishida xalqaro birliklar tizimining ustuvorligi; 
boshqaruv tizimining yagonaligi; 
ma’lumotlarning oshkoraligi va ochiqligi; 
o‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha milliy va xalqaro talablarning 
uyg‘unligi. 

Yüklə 367,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin