Foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari va sinov vositalari o‘lchash natijalarining
belgilangan aniqlikdagi qonuniylashtirilgan birliklarda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga
mos kelishi kerak.
O‘lchash natijalarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ruxsat etilmagan sozlash va
aralashuvlarning oldini olish maqsadida o‘lchash vositalarining konstruksiyasi o‘lchash
vositalarining funksional qismlariga (shu jumladan dasturiy ta’minotga) kirish cheklanishini
ta’minlashi kerak.
Quyidagilar texnik vositalar, qurilmalar, moddalar va (yoki) materiallarning o‘lchash
vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi:
qiymatlari ma’lum vaqt davomida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan normalangan metrologik
xususiyatlarga va texnik tavsiflarga ega bo‘lishi;
o‘lchash natijalarining belgilangan aniqlikda qonuniylashtirilgan birliklarda bo‘lishini
ta’minlash qobiliyati, shuningdek sinov natijalarining ishonchliligi;
mexanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron prinsiplarda ishlashi.
Quyidagi hollarda texnik vositalar o‘lchash vositalari va (yoki) sinov vositalari
hisoblanmaydi:
indikator funksiyasiga ega bo‘lganda;
natijalari o‘lchash va (yoki) sinov hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash uchun
foydalanilganda;
faqat o‘lchash va (yoki) sinov natijalari haqida axborot uzatish funksiyalarini bajarganda.
Dostları ilə paylaş: