Metrologiya to‘G‘risida


-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar



Yüklə 367,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix01.05.2023
ölçüsü367,16 Kb.
#105405
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
01. Metrologiya qonun

20-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar


Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati quyidagi sohalarda bajariladigan o‘lchashlarga 
nisbatan qo‘llaniladi: 
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish; 
moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya; 
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q 
qilib tashlash
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va ushbu sohada 
xizmatlar ko‘rsatish; 
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish
yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash; 
sanoat xavfsizligini ta’minlash; 
davlat mudofaasini ta’minlash; 
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash; 
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish
o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik 
attestatsiyadan o‘tkazish; 
foydali qazilmalarni qazib olish; 
rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish; 
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati qonunchilikka muvofiq faoliyatning boshqa 
sohalariga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. 
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
21-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlarining metrologik, texnik tavsiflarini 
aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya tekshiruvi amalga oshiriladi. 
Davlat metrologiya tekshiruvi: 
o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish; 
o‘lchash vositalarini va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan 
o‘tkazish; 
o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish. 

Yüklə 367,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin