Metrologiya to‘G‘risida


-modda. O‘lchash vositalarini kalibrlash



Yüklə 367,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix01.05.2023
ölçüsü367,16 Kb.
#105405
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
01. Metrologiya qonun

26-modda. O‘lchash vositalarini kalibrlash 
O‘lchash vositalarini kalibrlash akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 


O‘lchash vositalarini kalibrlashda o‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash 
uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotidan foydalaniladi. 
Ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining 
ikkinchi — o‘ninchi xatboshlarida 
ko‘rsatilganidan boshqa sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari ularni ishlab chiqarish, 
realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish va ta’mirlashda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin. 
Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash vositalarini 
kalibrlash natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanilishi mumkin. 
O‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida metrologiya 
xizmatlari tashkil etilishiga yo‘l qo‘yiladi. 
27-modda. Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish 
Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish ularning normalangan texnik tavsiflari texnik 
jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida 
amalga oshiriladi. 
Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Sinov vositalarini attestatsiya qilishda sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari 
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash 
imkonini beruvchi sinov vositalarini attestatsiya qilish uslubiyotidan foydalaniladi. 
28-modda. Metrologiya xizmatlarini metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga 
oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Metrologiya xizmatlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning 
metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 
20-moddasida
 nazarda tutilgan sohalarda qo‘llanilishi 
va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchash vositalarini, sinov vositalarini, o‘lchashlarni bajarish 
uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish, 
o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash va sinashni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lishi uchun 
akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, 
ushbu Qonunning 
20-moddasida
 nazarda tutilgan sohalarda qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin 
bo‘lgan o‘lchash vositalarining, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, 
sinov vositalarining attestatsiyasini, o‘lchash vositalarini qiyoslashni, kalibrlashni, sinashni amalga 
oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari faoliyatining inspeksiya nazorati qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son) 

Yüklə 367,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin