Poyezdlar harakatiini tashkil qilish uchun asos metropolitenning barcha bo‘linmalarini ishini birlashtiruvchi harakat jadvali hisoblanadi. Kunlik soatlar doirasida poyezdlar harakati miqdori va poyezdlar harakati jadvalini metropoliten boshlig‘i tasdiqlaydi.
Poyezdlarni jadval bo‘yicha harakati, poyezdlar harakati bilan bog‘liq metropoliten bo‘linmalarining ishini to‘g‘ri va aniq tashkil etilishini ta’minlaydi.
Poyezdlar harakati jadvali quyidagilarni ta’minlashi shart:
yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilishi;
poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlanishi;
harakat tarkibi aylanish jadvalidan kelib chiqib, mashinistlarning (lokomotiv brigadalarining) belgilangan uzluksiz ishlash vaqtiga rioya qilinishini.
Har bir poyezdga harakat jadvalida belgilangan raqam beriladi. Birinchi asosiy yo‘ldan harakatlanuvchi poyezdlarga toq raqamlar, ikkinchi asosiy yo‘ldan harakatlanuvchi poyezdlarga esa juft raqamlar beriladi.
Harakat jadvalida nazarda tutilmagan poyezdlarga raqamlar ular tayinlangan paytda belgilanadi.
Xo‘jalik ahamiyatiga ega poyezdlarga ularning lokomotivlari raqamlari, rels tashuvchi aravachalar ulangan poyezdlarga esa, qo‘shimcha, «RV» indeksi beriladi.
Yo‘lovchi poyezdlarining harakati davrida asosiy yo‘llarda harakat tarkibini obkatka qilish va boshqa joyga olib o‘tish tartibini metropoliten boshlig‘i belgilaydi.
Jadvalda nazarda tutilgan poyezdlar harakati miqdorlarini o‘zgartirish istisno tariqasida, poyezd nozimining ko‘rsatmasi bilan, bu haqda metropoliten boshlig‘iga xabar berilgan holda amalga oshiriladi.
Markazlashtirish postlari navbatchilari, bekat navbatchilari, mashinistlar va mashinist-yo‘riqchilari poyezdlar harakatini jadvaldan og‘ishi, majburiy to‘xtash va nosozliklar haqida zudlik bilan poyezd nozimiga xabar berishlari lozim.
Poyezd nozimligi punkti, markazlashtirish postlari, elektrodepo va tarmoq punktlari poyezdlar harakati jadvallari bilan taminlanadi.