Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


STRELKA O‘TKAZGIChLARIDAN FOYDALANISh



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə33/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

STRELKA O‘TKAZGIChLARIDAN FOYDALANISh



  1. Strelkalar holati harakat yo‘nalishi bilan aniqlanadi va qoida tarzida to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab harakat uchun musbat, chekingan yo‘lga yoki chekingan yo‘ldan harakat uchun esa manfiy deb ataladi.

Asosiy yo‘llarda joylashgan strelkalar bosh yo‘llarga harakatlanishga mo‘ljallangan holatda, berk himoya yo‘llariga boshlovchi strelkalar esa mazkur yo‘llarga tomon yo‘nalishda turishi lozim.
Qolgan markazlashtirilgan strelkalar belgilangan marshrutlar bo‘lmagan paytda manfiy yoki musbat holatda turishi mumkin.
Marshrutdagi markazlashtirilgan strelkalar va himoya strelkalarining holati strelkalar, signallar va marshrutlarning o‘zaro aloqasi jadvalida ko‘rsatiladi.
Manyovr harakatlari bo‘lmagan paytda markazlashtirilmagan strelkalar holati harakat xizmati boshlig‘i tomonidan belgilanadi va bekatning texnik-farmoyish hujjatida ko‘rsatiladi. Strelkaning musbat holati markazlashtirilgan elektr yuritma korpusida va markazlashtirilmagan strelka asosida «+» belgisi, hamda strelka musbat holatga o‘tkazilganida uchlar harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi uchli chiziq bilan belgilanadi.
Strelkalarni o‘tkazishga:
poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish marshrutlarini tayyorlashda;
manyovr ishlarini o‘tkazishda;
bekat yo‘llaridagi to‘siqlar yoki ishlar bajarilayotgan joylarni to‘sish zarur bo‘lgan hollarda;
strelkalarni tozalash, tekshirish va ta’mirlash paytida ruxsat etiladi.

  1. Har bir strelkalar va signallarni boshqarish shahobchasi o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi strelkalarni o‘tkazilishi, signallarni boshqarilishi va harakat xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan bitta xodimning qaramog’ida; markazlashtirish shahobchasi — post navbatchisining, markazlashtirilgan nozimlik posti - poyezd nozimining, strelka posti - strelka posti navbatchisining qaramog’ida bo‘lishi lozim.

  2. Markazlashtirilgan strelkani o‘tkazishda, oldin unga xizmat ko‘rsatuvchi xodim chiroqli tabloga qarab yoki shaxsan, zarur holda esa xodimlardan biri: strelka tayanchi navbatchisi, markazlashtirish shahobcha operatori, bekat navbatchisi,

poyezdlarni qabul qiluvchi va jo‘natuvchi navbatchi, STSB elektromexanigi, yo‘l ustasi orqali strelka o‘tkazgichini harakat tarkibi band etmaganligiga ishonch hosil qilishi zarur.

  1. Markazlashtirilgan strelkalar qo‘lda boshqarishga o‘tkazilganida ularni o‘tkazish va berkitish markazlashtirish shahobchasi navbatchisi ko‘rsatmasiga binoan ayni holda strelkalariing to‘g‘ri o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘lgan xodimlardan biri: strelka tayanchi navbatchisi, Markazlashtirish posti operatori, bekat navbatchisi, STSB elektromexanigi, yo‘l ustasi yoki metropoliten boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlangan boshqa xodim tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur ko‘rsatma strelka aloqasi telefoni yoki radioaloqa orqali shaxsan beriladi.

  1. Markazlashtirilgan strelkalar elektr yuritmalari kurbellari markazlashtirish shahobchasining tamg‘alangan qutisida, shuningdek strelka o‘tkazgichlari hududida joylashgan jihozlarda tamg‘alangan holatda saqlanishi lozim.

  2. Markazlashtirilgan strelkalarni o‘tkazish va berkitish markazlashtirish shahobchasining navbatchisi shaxsan yoki strelka aloqasi telefoni yoki radioaloqa orqali bergan ko‘rsatmaga binoan, strelka tayanchining navbatchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Motovozlar deposi ustalari va lokomotiv brigadalariga hamda metropoliten boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlangan boshqa xodimlarga ham markazlashtirilgan strelkalarni o‘tkazish va berkitish ruxsat etiladi. Bunday strelkalarni raqamlari, shuningdek mazkur strelkalarni o‘tkazish va berkitish ruxsat etilgan shaxslar bekatning texnik-farmoyish hujjatida ko‘rsatiladi.

  1. Markazlashtirish shahobchasi navbatchisining strelkalarni o‘tkazish haqidagi ko‘rsatmani qabul qilib olgan xodim uni takrorlashi lozim. Ko‘rsatma bajarganidan so‘ng mazkur xodim bu haqda zudlik bilan ko‘rsatma bergan shaxsga xabar qilishi kerak.

  2. Strelka o‘tkazgichlari (boshqa xizmatlar va tashkilotlarning yurituviga berilgan strelka o‘tkazgichlaridan tashqari) bekat boshlig‘i ixtiyorida bo‘ladi. Bekatlar va tegishli

bo‘linmalar boshliqlari o‘z ixtyoridagi strelka o‘tkazgichlari va strelka ko‘rsatkichlarini toza va soz holatda saqlanishini ta’minlashlari shart.

  1. Yoritiluvchi va yoritilmaydigan strelka ko‘rsatkichlariga ega markazlashtirilmagan strelkalar, hamda berkitiladigan strelkalar raqamlari, shuningdek mazkur strelkalarning kalitlari saqlanadigan joylar harakat xizmat boshlig‘i tomonidan belgilanadi va bekatning texnik-farmoyish hujjatida ko‘rsatiladi.

  2. Strelka ko‘rsatkichlari, chorrahalardan chetlashish manzillaridagi hammayog‘i berk kesishish joylari va strelka ko‘rsatkichlarini ta’mirlash va ularga kundalik qarash yo‘l distantsiyasi tomonidan, strelka o‘tkazgichlaridagi STSB qurilmalarini tamirlash va ularga qarash - signallashtirish distantsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin