Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə31/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

16-bob
AJRATISh ShAHOBChALARI



  1. Poyezdlar harakati ularni ajratish shahobchalari bilan chegaralash orqali amalga oshiriladi, bunday shahobchalar jumlasiga bekatlar, svetoforlar, asosiy signallashtirish vositasi sifatida qo‘llangan ALS-ARS tizimida esa, ALS-ARS blok-uchastkalari chegaralari kiradi.

  2. Bekat chegaralari:

yo‘lovchilar platformasini ikki yonida joylashgan avtomatik tarzda ishlaydigan kirish va chiqish svetoforlari, agar ulardan oldin va ularningorqasida yarim avtomatik tarzda ishlaydigan svetoforlar joylashgan bo‘lmasa, kirish svetofori bo‘lmagan taqdirda - yo‘lovchilar platformasining yon tomoni hisoblanadi;
yarim avtomatik tarzda ishlaydigan chiqish svetofori, uning ortida strelka o‘tkazgichlari bo‘lgan taqdirda esa - ohirgi chiqish strelka o‘tkazgichi markazidan 180 m dan ko‘p bo‘lmagan masofada o‘rnatilgan «Bekat chegarasi» signal belgisigacha;
yo‘lovchilar platformasidan eng uzoqda joylashgan yarim avtomatik tarzda ishlaydigan kirish svetofori;
park yo‘llaridan asosiy yo‘llar yoki birlashtiruvchi tarmoqlar yo‘llariga chiqishni to‘suvchi yarim avtomatik tarzda ishlaydigan chiqish svetofori.
Bekatning chegaralari bekatning texnik-farmoyish hujjatida ko‘rsatiladi.

  1. Har bir alohida shahobcha nomi yoki raqamiga ega bo‘lishi lozim. Bekat nomi yer ustidagi vestibyul fasadida yoki ko‘cha ostidagi o‘tish yo‘lagidan yer osti o‘tish yo‘liga kiraverishda, yo‘lovchilar platformasining yo‘l devorlarida ko‘rsatilishi kerak.

  2. Metropoliten yo‘llari peregonlardagi asosiy yo‘llarga, bekat yo‘llariga (shu jumladan bekatlardagi asosiy yo‘llarga) va maxsus ahamiyatga ega yo‘llarga bo‘linadi.

Bekatlar chegaralari doirasidagi barcha yo‘llar (boshqa xizmatlar va tashkilotlarning tasarrufiga berilgan yo‘llardan tashqari) bekat boshlig‘ining tasarrufida bo‘ladi.

  1. Bekatlardagi har bir yo‘l, strelka o‘tkazgichi va strelka posti, peregonlarda esa har bir asosiy yo‘l o‘z raqamiga ega bo‘lishi lozim. Bir bekat doirasida yo‘llar, strelka o‘tkazgichlari va postlariga bir xil raqamlar berish man etiladi.

Yo‘llar va strelka o‘tkazgichlarini raqamlash tartibini metropoliten boshlig‘i belgilaydi.

Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin