35 km/soatgacha: poyezd bosh kabinadan boshqarilib, hamda svetofor va boshqarish kabinasidagi ALS ning ruxsat beruvchi belgilari yonganida, ALS-ARS qurilmalari o‘rnatilmagan tarmoqda esa-svetoforning ruxsat beruvchi belgisi yonganida.
20 km/soatgacha: poyezd bosh kabinadan boshqarilganda taklif qiluvchi signal, og‘zaki ko‘rsatma, ko‘rinishli yoki ovozli signalga ko‘ra;
poyezd bosh kabinadan boshqarilmaganida svetoforning ruxsat beruvchi ko‘rsaggichiga ko‘ra;
boshqaruv kabinasida ALSning «0», «NCh» («OCh») signal belgilari va svetoforning ruxsat beruvchi belgisi yonganida.
15 km/soatgacha: park yo‘llari va boshqa yo‘llarda poyezd bosh kabinadan boshqarilmaganida.
10 km/soatgacha: poyezd bosh kabinadan boshqarilmaganida;
taklif qiluvchi signal, og‘zaki ko‘rsatma, ko‘rinishi yoki ovozli signalga ko‘ra, park yo‘llari va boshqa yo‘llarda, hamda svetoforning ruxsat beruvchi belgisi yonganida;
elektrodepoga kirishda.
5 km/soatgacha: harakat tarkibiga, berk yo‘l tirgagiga yoki boshqa to‘siqqa 10 m gacha yaqinlashganda;
tutashuv relsining ko‘chma kabeli kiydirilgan holda harakat qilganida
amalga oshiriladi.
O‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun metropoliten boshlig‘i buyrug‘i bilan yo‘lning to‘g‘ri yo‘l qismida bo‘ylab manyovrlarni 60 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda, chorrahalardan chetlashish manzillaridagi hammayog‘i berk kesishish joylariga o‘tmasdan chetdagi yo‘llarga manyovr qilganda 40 km/soatgacha tezliqda amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Elektr poyezdning strelkalar, signallar va marshrutlar jadvalida nazarda tutilmagan marshrutlar bo‘ylab, asosiy yo‘l bo‘ylab noto‘g‘ri yo‘nalishda bekat chegarasi tomon, shu jumladan xavf-xatar signali ortiga manyovrlari faqat peregonga tutash yo‘llar yopilganidan keyin amalga oshiriladi.
Bir yo‘lga bir vaqtning o‘zida ikki tomondan ham manyovr qilish ta’qiqlanadi.
Park yo‘llarida asosiy yo‘l yoki bog‘lanuvchi tarmoq yo‘liga chiqish joyini to‘suvchi svetofor yoki svetofor ortiga o‘tish bilan bog‘liq manyovrlar, tarkiblarni ulash yo‘llarida ishlash uchun chiqish hollaridan tashqari, istisno tarzida, metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilangan va bekatning texnik-farmoyish hujjatida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Manyovrlar boshlangunga qadar barcha soz tormoz taqsimlovchilar, tormoz va bosim asosiy yo‘llari ishga tushirilishi, hamda havoda ishlaydigan tormozlarning ishlashi qisqa tarzda tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Bekat yo‘llarida tarkiblar harakati chegaralovchi chaspak yoki to‘siqlar bilan belgilangan chegaralar doirasida qo‘yilishi kerak.
Yo‘lda turgan va manyovrlar amalga oshirilmayotgan harakat tarkibi yurib ketishdan to‘xtab turish (qo‘l) tormozlari yoki tormoz shippaklari bilan yaxshilab mahkamlangan bo‘lishi lozim..
Mashinistni band etilgan yo‘lda manyovr qilish haqida manyovrlar boshlig‘i tomonidan ogohlantirilishi zarur.
Manyovrlarni amalga oshirishda mashinist (lokomativ brigada)lari:
amalga oshiriluvchi manyovrlar xavfsizligini taminlashi;
manyovrlar boshlig‘ining signallari va ko‘rsatmalarini aniq va o‘z vaqtida bajarishi;
manyovr marshrutlari chegaralarini bilishi;
signallar, harakat yo‘nalishidagi strelkalarni to‘g‘ri o‘tkazilganligi, yo‘lning bo‘shligi va yo‘ldagi odamlarni diqqat bilan kuzatib borishlari shart.