Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


POYEZDLAR HARAKATIDA SIGNALLAShTIRISh VOSITALARI



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə38/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

POYEZDLAR HARAKATIDA SIGNALLAShTIRISh VOSITALARI



  1. Tezlikni avtomatik ravishda tartibga solish, avtomatik lokomotiv signallashtirish (ALS-ARS) yoki avtoto‘xtatgichlar yoki himoya yo‘l qismlariga ega bo‘lgan yo‘l avtomatik blokirovkasi - poyezdlar harakatining asosiy signallashtirish vositalari sanaladi.

Poyezdlar harakatida ALS-ARS asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqlar qo‘shimcha ravishda zahira signallashtirish vositasi - avtoto‘xtatgichlar va himoya uchastkalarisiz avtomatik blokirovka bilan jihozlanishi lozim. Avtomatik tarzda ishlaydigan svetoforlarning signal chiroqlari normal o‘chirilgan bo‘lishi kerak. Yarim avtomatik tarzda ishlaydigan kirish va chiqish svetoforlari muntazam yonib turadigan va ikki: o‘chirilgan va yoqilgan avtoblokirovkada ishlash rejimlariga ega bo‘lishi lozim.
Poyezdlar harakatida avtoto‘xtatgichlar yoki muhofaza uchastkalariga ega bo‘lgan yo‘l avtomatik blokirovka asosiy signallashtirish vositasi hisoblangan metropoliten tarmoqlari qo‘shimcha ravishda ARS - ALS vositalari bilan jihozlanishi kerak.

  1. Poyezdlar harakatida ALS-ARS qurilmalari asosiy signallashtirish vositasi hisoblangan, hamda dublyor ARS avtonom qurilmasi bilan jihozlangan tarmoqlarda ALS-ARS qurilmalari o‘rnatilmagan, ARS qurilmalari nosoz bo‘lgan, dublyor ARS avtonom qurilmasi ishlamagan yoki bo‘lmagan poyezdlarni o‘tkazib yuborish uchun, shuningdek xo‘jalik poyezdlarining harakatini tashkil etish uchun avtomatik tarzda ishlaydigan svetoforlarning signal chiroqlari yoqiladi.

Avtomat tarzda ishlaydigan svetoforlarning signal chiroqlarini yoqish va o‘chirish poyezd nozimi tomonidan, shuningdek poyezd nozimini buyrug‘iga binoan markazlashtirish postlarining navbatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomat tarzda ishlaydigan svetoforlarning signal chiroqlari o‘chirib qo‘yilgan taqdirda poyezdlarning peregon bo‘ylab harakati ALS signal ko‘rsatkichlariga ko‘ra amalga oshiriladi. Mazkur svetoforlarning signal chiroqlari yoqilgan taqdirda poyezdlar harakati ALS va svetoforlarning signal ko‘rsatkichlariga ko‘ra amalga oshiriladi. ALS-ARS qurilmalari va dublyor ARS avtonom vositalari nosoz bo‘lgan poyezdning harakati avtomatik tarzda ishlaydigan svetoforlarning ruxsat beruvchi signal chiroqlari yonib turgan taqdirda ogohlik pedali bosilgan holda 20 km/soatdan ortiq bo‘lmagan tezliqda amalga oshiriladi.
ALS-ARS qurilmalari bilan jihozlanmagan poyezdning harakati svetoforlarning ruxsat beruvchi signal chiroqlari yonib turgan taqdirda lokomotiv brigadasi tomonidan boshqarilgan holda 35 km/soatdan ortiq bo‘lmagan tezliqda amalga oshiriladi.
«O» yoki («OCh») signal ko‘rsatkichi yonib turgan va avtomat tarzda ishlaydigan svetoforlarning signal chiroqlari o‘chirib qo‘yilgan taqdirda, poyezd majburiy tartibda to‘xtatilgani va mashinistning bu haqida poyezd nozimiga bergan xabaridan keyin, poyezdning keyingi harakat tezligi ALS ruxsat beruvchi signal ko‘rsatkichi paydo bo‘lgunga qadar ogohlik pedali (tugmasi) bosilgan holda 20 km/soatdan oshmasligi lozim.
Mashinist poyezdning ALS-ARS qurilmalarining nosozlik holatida poyezdni to‘xtatishi, ARS qurilmalarini o‘chirib qo‘yishi va dublyor ARS qurilmasini yoqib bu haqda poyezd nozimiga xabar berishi shart, poyezdning keyingi harakati ALS signal ko‘rsatkichlariga ko‘ra amalga oshiriladi. Harakat tarkibi biriktirilgan depodan chiqish va kirish amalga oshiriladigan bekatgacha yo‘lovchilar bilan borishga ruxsat etiladi.
Poyezdning ARS qurilmalari va dublyor ARS avtonom qurilmasi ishlamay qolgan taqdirda, ALS signal ko‘rsatkichining mavjudligidan qati nazar, mashinist pozdni to‘xtatishi, nosozlik haqida poyezd nozimiga xabar berishi, ARS qurilmalari va dublyor ARS qurilmasini o‘chirib qo‘yishi, avtomat tarzda ishlaydigan svetoforlarning signal chiroqlarini yoqish va poyezdni tarmoqdan olish haqida talabnoma berishi shart. Bu holda yo‘li rivojlangan eng yaqin bekatgacha ogohlik pedalini bosgan holda 20 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi. Yo‘lovchilar eng yaqin bekatda poyezddan tushirilishi lozim. Avtomat tarzda ishlaydigan svetoforning ruxsat beruvchi ko‘rsatkichi yonib turgan taqdirda 20 km/soatgacha bo‘lgan tezliqda, svetoforning taqiqlovchi ko‘rsatkichi (qizil chiroq, o‘chiq chiroqlar, tushunarsiz ko‘rsatkich) yonib turganida - poyezd to‘xtatilib, poyezd nozimiga xabar berilganidan keyin - navbatdagi svetoforgacha 20 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda harakat qilishga ruxsat etiladi.
Avtomat tarzda ishlaydigan svetoforlarning signal chiroqlari yoqilgan taqdirda, poyezd taqiqlovchi ko‘rsatkichi yonib turgan o‘tish svetofori oldida to‘xtatilib va bu haqda poyezd nozimiga xabar berilganidan keyin poyezd ALS signal ko‘rsatkichida belgilangan tezlikdan ortiq bo‘lmagan tezlikda, ALS-ARS qurilmalari va dublyor ARS qurilmasi o‘chirib qo‘yilgan taqdirda, ALS signal ko‘rsatkichi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, poyezd to‘xtatilib va poyezd nozimiga xabar berilganidan keyin - ogohlik pedali bosilgan holda navbatdagi svetoforgacha 20 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
«O» yoki «OCh» signal ko‘rsatkichi va o‘tish svetoforining taqiqlovchi ko‘rsatkichi (qizil chiroq, o‘chiq chiroqlar, tushunarsiz ko‘rsatkich) yonib turgan taqdirda, svetofor oldida poyezd majburiy tartibda to‘xtatilganidan keyin va mashinist bu haqda poyezd nozimiga xabar berganidan keyin, poyezdning keyingi harakat tezligi ALS ruxsat beruvchi signal ko‘rsatkichi paydo bo‘lgunga qadar ogohlik pedali bosilgan holda tezligi 20 km/soatdan oshmasligi lozim.
ALS-ARS qurilmalari bilan jihozlanmagan yoki ALS-ARS qurilmalari va dublyor ARS avtonom vositalari ishlamaydigan poyezdga o‘tish svetoforining taqiqlovchi signali yongan taqdirda, poyezd svetofor oldida to‘xtatilib, mashinist poyezd nozimiga xabar berganidan keyin navbatdagi svetoforgacha 20 km/soatgacha bo‘lgan tezliqda harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
ALS-ARS qurilmalari va dublyor ARS avtonom vositasining nosozligi tufayli o‘chirib qo‘yilgan tarkiblarni elektrodepoga haydash tig‘iz bo‘lmagan paytda, avtomat tarzda ishlaydigan svetoforlarning signal chiroqlari yoqilgan, poyezd lokomotiv brigadasi tomonidan boshqarilgan va ogohlik pedali bosilgan holda, 35 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda amalga oshiriladi.

  1. Poyezdlar harakatida ALS-ARS qurilmalari asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan, hamda tezlikni cheklash vositalari va poyezdni avtomat tarzda haydash vositalari bilan jihozlangan tarmoqlarda avtoblokirovka svetoforlari (zahiradagi signallashtirish vositasi)ning signal chiroqlari ALS-ARS qurilmalari o‘rnatilmagan yoki ALS-ARS qurilmalari ishlamaydigan poyezdlarni o‘tkazish, shuningdek xo‘jalik poyezdlarining harakatini tashkil etish uchun ulanadi.

Poyezdlar harakati ALS signal ko‘rsatkichlariga ko‘ra amalga oshiriladi, signal chiroqlari uzilgan avtomat tarzda ishlaydigan svetoforlardan ALS ko‘rsatkichlariga qarab to‘xtamay o‘tib ketiladi.

Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin