Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə41/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

35 km/soatdan ko‘p emas:
poyezdlar harakatida ALS-ARS asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqda, poyezd o‘chirib qo‘yilgan ALS-ARS qurilmalari va dublyor ARS avtonom vositasi bilan harakatlanganida, avtoblokirovka signallariga ko‘ra lokomotiv brigadasi tomonidan, ogohlik pedali bosilgan holda boshqarilganida;
poyezdlar harakatida ALS-ARS asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqda, ARS qurilmalari o‘chirilgan poyezd tezligini cheklovchi vositalar nazorati ostida, ogohlik pedali bosilgan holda, avtoblokirovka signallari bo‘yicha harakatlanganida;
poyezdlar harakatida ALS-ARS asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqda, ALS-ARS qurilmalari bilan jihozlanmagan poyezd lokomotiv brigadasi boshqaruvida avtoblokirovka signallari bo‘yicha harakatlanganida;
avtoto‘xtatgichlar va muhofaza uchastkalariga ega avtomatik tarzda blokirovkalash asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqda, nosoz poyezd tirkalgan yordamchi poyezd bilan harakatlanganida;
poyezd bosh qismidagi pnevmatik tormozlarning uchdan ikki qismidan yarmigacha ish holatda saqlangan holda vagonlar o‘rtasidagi tormozning asosiy yo‘li (magistrali) jo‘mraklari berkilib qolganida, hamda pnevmatik tormozlar va tortuvchi dvigatellar bosh kabinadan boshqarilganida, vagonlarda ishlaydigan to‘xtash tormozlari bo‘lgan yoki poyezd lokomotiv brigadasi tomonidan boshqarilgan taqdirda;
lokomotiv brigadasi boshqarayotgan poyezd ikki tomonlama harakat tashkil etilgan peregon (uchastka)da noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanganida;
strelka o‘tkazgichi bo‘ylab chekingan yo‘lga yoki chekingan yo‘ldan, shuningdek har tomonlama berk kesishish joyidan harakatlanganda;
bekat plaatformasida to‘xtamay o‘tilganida;
yo‘lni tonnel relsining tagi (pastki qismi) sathida suv bo‘lganida;
tormozlar va tortuvchi dvigatellar poyezdning bosh kabinasidan boshqarilmaganida;
yo‘lovchilar poyezdini qabul qilish yoki jo‘natish jarayoni manyovr svetoforining oq chirog‘i yonib turgan paytda amalga oshirilganida.

Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin