Yo‘li rivojlangan bekatlarning texnik vositalaridan foydalanish tartibi texnika-farmoyish hujjati bilan belgilanadi. Mazkur hujjat bilan poyezdlarning bekatda xavfsiz va to‘siqlarsiz qabul qilinishini, jo‘natilishini va harakatlanishini,
shuningdek manyovr ishlarining xavfsizligini tartibga soladi.
Texnik-farmoyish hujjati bilan belgilangan tartib, metropoliten barcha bo‘linmalarining xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Bekatning texnik-farmoyish hujjati bekat boshlig‘i tomonidan ushbu Qoidalar, signallashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma, hamda Poyezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq tuziladi va harakat xizmati boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Texnik-farmoyish hujjatining shakli va uni tuzishga doir yo‘riqnoma, shuningdek unga ilovalar ro‘yxati ishlab chiqiladi va metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Bekatning texnik-farmoyish hujjati va unga ilovalar bekat yo‘lining rivojlanishi, STSB, aloqa vositalari, shuningdek poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish yoki manyovr ishlarini amalga oshirish tartibida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan taqdirda, qayta tuzilishi lozim.
Texnik-farmoyish hujjatining birinchi nusxasi va uning ilovalari Markazlashtirish postida, bekatdagi texnik ishlarning mahalliy xususiyatlari ko‘rsatilgan va bekat boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan yo‘lning rivojlanishi rejasi ilova qilingan texnik-farmoyish hujjatidan ko‘chirmalar elektrodepo navbatchisi, tarmoq punkti, motovozlar deposi ustasi xonalarida va harakat xizmati boshlig‘ining ko‘rsatmasiga ko‘ra boshqa joylarda saqlanadi.
Strelkalar, signallar va marshrutlarning o‘zaro aloqasi jadvallari, hamda elektr markazlashtirish vositalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi mahalliy yo‘riqnomalar, signallashtirish va aloqa xizmati tomonidan tuzilib, harakat
xizmati bilan kelishiladi va metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.