Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


- b o b HARAKAT TARKIBIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə29/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

14 - b o b
HARAKAT TARKIBIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh
VA TA’MIRLASh



  1. Harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozliklari mavjud bo‘lgan harakat tarkibini foydalanishga chiqarish va poyezdlar tarkibida harakatlanishiga yo‘l quyish man etiladi.

Harakat tarkibining texnik holatiga qo‘yilgan talablar, uni saqlash tartibi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash turlari metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlagan tegishli ta’mirlash qoidalari va Yo‘riqnomalar bilan, ta’mirlashlar oralig‘i muddati va o‘tilgan yo‘l masofa me’yorlari vagonning texnik shartlariga muvofiq belgilanadi. Ta’mirlash ishlari oralig‘ida bosib o‘tilgan yo‘llarni ko‘payish tomonga og‘ishi tegishli bo‘linmalar bilan kelishgan holda metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Bajarilgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining sifati, hamda harakat tarkibining harakat xavfsizligiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bevosita amalga oshirgan xodimlar, tegishli bo‘linmalarning ustalari va rahbarlari javobgar bo‘ladi.



ELEKTR HARAKAT TARKIBIGA
TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh VA TA’MIRLASh



  1. Elektr harakat tarkibining texnik xolati mashinistlar (lokomotiv brigadalari), texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalarining xodimlari va ta’mirlash brigadalari tomonidan ko‘zdan kechirish yo‘li balan doimiy tekshirib turilishi, shuningdek elektrodepo va harakat tarkibi xizmati rahbarlari tomonidan vaqti-vaqti bilan nazorat qilinishi lozim.

Texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida quyidagilar tekshiriladi:
qismlar va detallar holati va yeyilish darajasi, hamda ularning belgilangan o‘lchamlarga muvofiqligi;
tormoz qurilmalari, avtomatik tarzda ulovchi uskunalari, ALS-ARS uskunalari, nazorat qilish, o‘lchash, signal berish, xavfsizlik va avtomatik boshqaruv asboblarining sozligi.

  1. Quyidagi nosozliklardan birontasi bo‘lsa elektropoyezddan foydalanish taqiqlanadi:

pnevmatik, elektr yoki to‘xtab turish tormozlarining nosozligi;
avtomatik tarzda ulovchi uskunalarning nosozligi;
signal berish asboblari, tezlikni o‘lchash vositasining nosozligi;
avtoto‘xtatish vositasining nosozligi,
poyezdlar harakatida asosiy signallashtirish vositasi ALS-ARS bo‘lgan tarmoqlarda poyezdning mazkur vositalarning nosozligi;
radioaloqa, radiokarnay orqali ogohlantirish, «yo‘lovchi-mashinist» tezkor aloqasi vositalarining nosozligi aniqlangan taqdirda.
Telejka ramasi va vagon osti uskunalari detallarida yoriqlar yoki darz ketish holatlari aniqlanganda, shuningdek tekshirish o‘tkazilib va foydalanishga yaroqli deb topilgunga qadar rels izidan chiqqan yoki boshqa to‘qnashuv sodir etgan elektr tokida ishlaydigan tarkibdan foydalanish taqiqlanadi.

  1. Texnik tekshiruvsiz (ta’mirlashsiz), hamda maxsus daftarda ishga tayyorligi qayd etilmasdan vagonlarni tarmoqqa chiqarilishi taqiqlanadi.

  2. Elektr poyezdlarining elektr himoya vositalari, havo rezervuarlari, manometrlar va pnevmatik asboblari belgilangan muddatlarda tekshiruv yoki reviziyadan o‘tkazilishi lozim. Manometrlar, himoya klapanlari, avtoto‘xtatgichning universal avtomatik yoqib-o‘chirgichlari va metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha boshqa xavfsizlik asboblari tamg‘alanib qo‘yilishi lozim.

  3. Elektr poyezdlari metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan me’yorlar bo‘yicha yong‘inga qarshi vositalar, asbob-uskunalar to‘plami va boshqa zarur anjomlar bilan jihozlanishi lozim.

  4. Elektr poyezdga mashinist, mashinist yordamchisi (lokomotiv brigadasi) tomonidan xizmat ko‘rsatilishi lozim:

ALS-ARS qurilmalari bilan jihozlanmagan tarmoqlarda;
poyezdda ALS-ARS qurilmasi bo‘lmaganida;
poyezdlar harakatida avtoblokirovka asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqda poyezdning ALS-ARS qurilmalari nosoz bo‘lganida;
poyezd bosh kabinadan boshqarilmaganida.
Elektr poyezdiga o‘rnatilgan ALS-ARS qurilmalari soz ishlagan hollarda, mashinistning bir o‘zi, mashinist yordamchisisiz ishlashiga yo‘l qo‘yiladi.
Bosh kabinadan boshqarishda bekatlar, park yo‘llari va boshqa yo‘llarda manyovr harakatlarini mashinistning bir o‘zi, mashinist yordamchisisiz amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
Bosh kabinadan boshqarilmagan taqdirda bekatlar, park yo‘llari va boshqa yo‘llarda manyovr harakatlari lokomotiv brigadasi -mashinist va yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Poyezd va manyovr tarkibiga mashinist bir o‘zi, mashinist yordamchisisiz xizmat ko‘rsatishi tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilanadi.

  1. Mashinist, elektropoyezdni unga xizmat ko‘rsatish qoidalarini biluvchi va uni to‘xtata oluvchi xodimning nazoratisiz qoldirishi man etiladi. Mashinist yo‘lga tushishini talab etiladigan ishlarni (tarkibni tekshirish, yordamchi poyezdni kutib olish va shu kabilar) bajarish uchun tarkib vagonlarini yo‘l shakliga bog‘liq bo‘lgan miqdorda to‘xtab turish tormozlari bilan tormozlanganidan va tarkibning yurib ketmasligi tekshirib ko‘rilganidan keyin elektro poyezdni tark etishga ruxsat etiladi. Zarur holda mashinist talabiga ko‘ra tutashuv relsidan elektr toki o‘chirilishi mumkin.

  2. Nosoz tarkibni elektrodepoga haydab borish mashinist-yo‘riqchi rahbarligida va kuzatuvida amalga oshirilishi lozim.

  3. Kapital, o‘rtacha yoki qo‘tarma ta’mirdan chiqqan vagonlar tekshirilishi, tarmoqda yoki obkatka uchun mo‘ljallangan yo‘llarda obkatka bilan tekshirilishi, hamda elektrda ishlaydigan tarkibni qabul qiluvchisi tomonidan qabul qilib olinishi kerak.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin