Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


POYEZDLAR HARAKATINI TAShKIL ETISh



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə30/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

POYEZDLAR HARAKATINI TAShKIL ETISh


15 - bob
POYEZDLAR HARAKATI JADVALI



  1. Poyezdlar harakatiini tashkil qilish uchun asos metropolitenning barcha bo‘linmalarini ishini birlashtiruvchi harakat jadvali hisoblanadi. Kunlik soatlar doirasida poyezdlar harakati miqdori va poyezdlar harakati jadvalini metropoliten boshlig‘i tasdiqlaydi.

Poyezdlarni jadval bo‘yicha harakati, poyezdlar harakati bilan bog‘liq metropoliten bo‘linmalarining ishini to‘g‘ri va aniq tashkil etilishini ta’minlaydi.

  1. Poyezdlar harakati jadvali quyidagilarni ta’minlashi shart:

  • yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilishi;

  • poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlanishi;

  • harakat tarkibi aylanish jadvalidan kelib chiqib, mashinistlarning (lokomotiv brigadalarining) belgilangan uzluksiz ishlash vaqtiga rioya qilinishini.

  1. Har bir poyezdga harakat jadvalida belgilangan raqam beriladi. Birinchi asosiy yo‘ldan harakatlanuvchi poyezdlarga toq raqamlar, ikkinchi asosiy yo‘ldan harakatlanuvchi poyezdlarga esa juft raqamlar beriladi.

Harakat jadvalida nazarda tutilmagan poyezdlarga raqamlar ular tayinlangan paytda belgilanadi.
Xo‘jalik ahamiyatiga ega poyezdlarga ularning lokomotivlari raqamlari, rels tashuvchi aravachalar ulangan poyezdlarga esa, qo‘shimcha, «RV» indeksi beriladi.

  1. Yo‘lovchi poyezdlarining harakati davrida asosiy yo‘llarda harakat tarkibini obkatka qilish va boshqa joyga olib o‘tish tartibini metropoliten boshlig‘i belgilaydi.

  2. Jadvalda nazarda tutilgan poyezdlar harakati miqdorlarini o‘zgartirish istisno tariqasida, poyezd nozimining ko‘rsatmasi bilan, bu haqda metropoliten boshlig‘iga xabar berilgan holda amalga oshiriladi.

  3. Markazlashtirish postlari navbatchilari, bekat navbatchilari, mashinistlar va mashinist-yo‘riqchilari poyezdlar harakatini jadvaldan og‘ishi, majburiy to‘xtash va nosozliklar haqida zudlik bilan poyezd nozimiga xabar berishlari lozim.

  4. Poyezd nozimligi punkti, markazlashtirish postlari, elektrodepo va tarmoq punktlari poyezdlar harakati jadvallari bilan taminlanadi.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin