Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə42/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

20km/soatgacha:
poyezdni boshqarish kabinasida ALSning «O», «OCh» signal ko‘rsatkichi yonib turgan taqdirda;
poyezdlar harakatida ALS-ARS asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqda, poyezd o‘chirib qo‘yilgan ALS-ARS qurilmalari va dublyor ARS avtonom vositasi bilan, ogohlik pedali bosilgan holda harakatlanganida;
poyezdlar harakatida ALS-ARS bosh signallalshtirish vositasi bo‘lgan tarmoqda, poyezdda ALS-ARS qurilmalari o‘chirib qo‘yilgan va tezlikni cheklovchi vositalar yoki poyezdni avtomat tarzda haydash moslamalari bilan harakatlanganida;
ALS-ARS qurilmalari ishlamaydigan, ALS-ARS qurilmalari bilan jihozlanmagan shuningdek ALS-ARS qurilmalari o‘rnatilmagan tarmoqda harakatlanuvchi poyezdlar taqiqlovchi belgi (qizil chiroq, bitta qizil va bitta sariq chiroq, o‘chiq chiroqlar, tushunarsiz qo‘rsatgich) yonib turgan svetofordan o‘tganidan keyin;
poyezdlar harakatida ALS-ARS asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqda nosoz poyezd tirkalgan yordamchi poyezd yordamida harakatlanganida;
noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanganda: tezlikni kamaytirish ko‘chma signallari bilan to‘silgan joydan o‘tishda, agar metropoliten boshlig‘ining yozma ogohlantirishi yoki buyrug‘i bo‘lmasa; yer usti uchastkasi yo‘lidagi relsning tagi (pastki qismi) sathini suv bosganida;
yopiq turdagi bekatga kirganda, agar bekat eshiklarining biri yoki bir nechtasi ochiq bo‘lsa.
10km/soatgacha
yo‘lovchilar platformasi doirasida poyezd bekat yo‘liga noto‘g‘ri yo‘nalishda qabul qilinishida yoki poyezdni bekatning qisman egallangan yo‘liga to‘g‘ri yunalishda qabul qilinishida;
poyezd (tarkib) aylanmay qolgan g‘ildiraklar juftligi bilan harakatlanganida;
yo‘lni relsning ustki (golovkasi) sathigacha suv bosganida.
5km/soatgacha
Svetoforlarning ko‘rsatkichi 10 m va undan kam masofada ko‘ringanida;
yo‘l avtoto‘xtatgichi skobasining to‘suvchi holatida harakatlanganda;
elektr tokida ishlaydigan tarkibga, berk yo‘l tirgagiga yoki boshqa to‘siqqa 10 m masofada yaqinlashganda.
Hisobdan chiqarilgan inventar parki vagonlari tirkalganida tarkiblar tezligi, harakat tarkibi xizmati tomonidan xavfsizlik bo‘yicha revizor bilan kelishilgan holda, mazkur vagonlarning texnik holatidan kelib chiqib belgilanadi.

  1. Ikki yo‘lli peregonlarda har bir asosiy yo‘l, qoida tariqasida, poyezdlarni aniq belgilangan bitta (to‘g‘ri) yo‘nalishda harakatlanish uchun xizmat qiladi.

Istisno tarzida poyezdlar harakatini tartibga solish uchun poyezd nozimining buyrug‘i bilan poyezdlar noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi.

  1. Ikki yo‘lli peregonning yo‘llaridan birida yo‘lovchi poyezdlari harakati to‘xtatilgan paytda uning ikkinchi yo‘lida poyezd nozimining buyrug‘i bilan lokomotiv brigadasi tomonidan boshqariladigan bir tarkib xizmat ko‘rsatuvchi ikki tomonlama harakat tashkil qilinadi.

Poyezdning to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati svetoforlarning signal ko‘rsatkichlari, ALS signal ko‘rsatkichlariga ko‘ra mazkur yo‘l peregon uchun belgilangan tezlikdan oshmagan tezlikda, noto‘g‘ri yo‘nalishda esa - 35 km /soatgacha bo‘lgan tezliqda amalga oshirilishi lozim.

  1. Poyezdlar noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanganida, hamda ikki yo‘lli peregon yo‘llaridan birida ikki tomonlama harakat bo‘lganida poyezdlar harakatini tashkil etish va harakat xavfsizligini ta’minlash choralari «Poyezdlar harakati va manyovr ishlariga doir Yo‘riqnoma» bilan belgilanadi.

  2. Istisno tarzida manyovr svetoforining oq oy rangi yonib turgan paytda, mashinistni bu haqda ogohlantirgan holda yo‘lovchilar poyezdini 35 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda qabul qilish yoki jo‘natishga ruxsat etiladi.

  3. Poyezd, manyovr tarkibi harakatida alohida harakat sharoitlarini ta’minlash talab etilgan holda, mashinistga yozma yoki og‘zaki ogohlantirish berilishi lozim.


  4. Yüklə 470,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin