Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


MAShINISTLARNING POYEZDLARNI HAYDASh TARTIBI



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə44/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

MAShINISTLARNING POYEZDLARNI HAYDASh TARTIBI



  1. Mashinist quyidagilarga majbur:

harakat tarkibi qurilmasini, o‘z tarmog‘i yo‘llari rejasi va shaklini, unda doimiy signallarning joylashgan o‘rni, signal ko‘rsatkichlari va belgilarini, hamda ularning ma’nosi va poyezdning harakat jadvalini yaxshi bilishi;
tarmoqqa chiqishdan oldin harakat tarkibini qabul qilishda uning sozligiga ishonch hosil qilishi, bunda tormozlar va poyezd radioaloqasining ishlashiga alohida e’tibor berishi shart.

  1. Mashinist, mashinist yordamchisi poyezdni boshqarish davrida quyidagilarga majburdirlar:

poyezdning harakat jadvaliga aniq rioya qilgan holda xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi;
yo‘lning bo‘shligi, signallar, signal ko‘rsatkichlari va belgilari, harakat yo‘nalishida strelkalarning to‘g‘ri holati, yondosh yo‘llardagi poyezdlar va manyovr tarkiblarining harakatini kuzatib borishi, hamda harakat xavfsizligi yoki odamlar hayotiga xavf tug‘ilganida to‘xtash choralarini ko‘rishi;
metropoliten boshlig‘ining buyrug‘ida ko‘rsatilgan svetoforlar ko‘rsatkichi va harakat yo‘nalishidagi strelkalar holati, shuningdek svetoforlar signallari hamda to‘xtash yoki tezlikni kamaytirishni talab etuvchi boshqa signallarni ovoz chiqarib takrorlashi, ularning talablarini bajarishi, elektr yoki pnevmatik ishlaydigan tormozini, qo‘qqisdan to‘xtash signali berilgan yoki harakat uchun to‘siq paydo bo‘lgan taqdirda - tezkor tormozni qo‘llashi;
poyezd tormoz uskunalarini ishlashga tayyor holatda saqlashi, bosim va tormoz magistral yo‘llarida bosimni belgilangan me’yordan tushib yoki ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi;
ALS va svetoforlarning taqiqlovchi signal ko‘rsatkichi yonib turganida, kuchli tuman, sel, qor bo‘roni, tutun qoplashi natijasida svetoforlar va yo‘lni ko‘rish darajasi yomonlashganda, yo‘l qismlarini suv bosganida, yozma yoki og‘zaki ogohlantirishlar olinganda, noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanganda, ogohlik pedali (tugmasi)ni bosgan holda harakatlanganda alohida e’tibor va ogohlik ko‘rsatishi, harakatni davom ettirish uchun to‘siq paydo bo‘lgan taqdirda poyezdni darhol to‘xtatishga tayyor bo‘lishi;
lavozim majburiyatlarini bajarishda o‘zaro faoliyatni nazorat qilishi;
harakat tarkibi holati, uning uzluksiz ishlashini nazorat qiluvchi asbob-uskunalarning ko‘rsatkichlarini kuzatib borishi;
poyezdlar harakatini avtomat tarzda boshqarish vositalari ishini kuzatib borishi;
bekatning asosiy yo‘liga kirish va unda harakatlanishda, basharti yo‘lovchilar platforma chetida, chegaralovchi chiziq ortida turgan bo‘lsa, poyezdning kelayotgani haqida ogohlantiruvchi signal berishi shart.

  1. Poyezdda, signal berish va aloqa vositalarida nosozliklar, yo‘l, tutashuv relsi hamda boshqa qurilma va vositalarning shikastlanishi, yondosh yo‘lda ketayotgan poyezdda nosozliklar aniqlangan taqdirda, mashinist bu haqda poyezd nozimiga, poyezd radioaloqasi buzilib qolgan taqdirda esa - eng yaqin bekatdagi bekat navbatchisiga xabar berishi shart.

  2. Poyezd harakati davomida mashinistga taqiqlanadi:

ushbu Qoidalar, metropoliten boshlig‘ining buyrug‘i, signal ko‘rsatkichlari, shuningdek berilgan ogohlantirishga rioya qilmay belgilangan tezlikni oshirishi;
poyezdni boshqarish, signallar, yo‘l bo‘shligi va holatini kuzatishdan chalg‘ishi;
mashinist yordamchisi bilan birga ishlaganda uning talabi yoki signalsiz poyezdni (tarkibni) harakatga keltirishi;
harakat xavfsizligini ta’minlovchi soz holatdagi vositalarni (ALS-ARS, UAVA va boshqalar)ni o‘chirib qo‘yishi, yo‘ldagi va poyezddagi ALS-ARS qurilmalari ishlab turgan holatda ogohlik pedali (tugmasi)dan zaruratsiz foydalanishi taqiqlanadi.

  1. Elekgr poyezdini lokomotiv brigadasi boshqarayotganida mashinist yordamchisi bosh vagonning boshqaruv kabinasida mashinist bilan birga bo‘lishi lozim.

Poyezd bosh vagondan boshqarilmaganida mashinist yordamchisi mashinistga tegishli signallar berish, zarur holda esa - poyezdni tezkor tormoz jo‘mragi yordamida to‘xtatish uchun harakat yo‘nalishi bo‘ylab bosh vagon kabinasida bo‘lishi kerak. Bunday holatlarda yo‘lovchilar eng yaqin bekatda poyezddan tushirib qoldirilishi lozim. Poyezdga mashinist yordamchisisiz xizmat ko‘rsatilganida va poyezdni bosh kabinadan boshqarishning iloji bo‘lmagan taqdirda uning harakati yordamchi poyezd yordamida amalga oshirilishi lozim.

  1. Mashinist (lokomotiv brigadasi) poyezd (manyovr tarkibi)ni ruxsat beruvchi ko‘rsatkich yoki ochiq taklif qiluvchi signal yonib turgan svetofor oldida sababsiz to‘xtab qolgani uchun javobgar bo‘ladi.

  2. Poyezd (manyovr tarkibi)ni boshqarish kabinasida lokomotiv brigadasi azosi bo‘lmagan shaxslarning yurishi man etiladi, metropoliten Boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar bundan mustasnodir, ammo bir yo‘la ko‘pi bilan ikkita odamdan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

  3. Tarmoqda ishlash paytida elekgr tokida ishlaydigan tarkibda nosozliklar aniqlangan taqdirda poyezd mashinisti bu haqda zudlik bilan poyezd nozimiga xabar berishi va harakat xavfsizligini taminlagan holda poyezdni uni asosiy yo‘ldan olish imkoniyati bo‘lgan, yo‘li rivojlangan bekatga yetkazish choralarini ko‘rishi lozim.

Istisno tarzida mashinist, keyinchalik tarkibni ta’mirlash daftarida qayd etgan holda, xavfsizlik vositalari tamg‘asini buzishi va bu haqda zudlik bilan poyezd nozimiga xabar berishi shart.

  1. Poyezdda pnevmatik tormozlarning uchdan biri va undan ortiq qismi ishdan chiqqan taqdirda, mazkur poyezdni bekatdan faqat yo‘lovchilarsiz jo‘natishga ruxsat etiladi.

Poyezdda pnevmatik tormozlarning yarmidan ko‘pi ishdan chiqqan taqdirda uni faqat yordamchi poyezd yordamida harakatni davom ettirishiga ruxsat etiladi.

  1. Mashinist quyidagi hollarda pnevmatik tormozlarning ishlashini tekshirib ko‘rishi lozim:

elektrodepoda, texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasida, tarkibni tekshirib qabul qilib olishda, tungi yoki kunduzgi tekshirishdan so‘ng tarkibni topshirishdan oldin;
vagonlar ajratilganidan so‘ng ularni avtomatik ulash vositalari ulanganidan keyin;
yordamchi poyezd nosoz tarkibga tirkalganidan so‘ng.
Mashinist quyidagi hollarda harakat davomida tormozlarning samarali ishlashini tekshirib ko‘rishi lozim:
tarkib elektrodepodan, tarmoqda to‘xtab turish joyidan chiqqanidan keyin;
elektrodepoga kirishdan oldin;
o‘rtadagi kabinadan boshqarishda, harakatni boshlashdan oldin;
poyezd (tarkib) 20 daqiqa va undan ortiq muddat to‘xtab turganidan keyin.
Avtomat tarzda ishlaydigan tormozlarni tekshirish va sinab ko‘rish tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan Yo‘riqnoma bilan belgilanadi.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin