Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə46/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

XO‘JALIK POYEZDLARINING HARAKATI



  1. Xo‘jalik poyezdlar harakati svetoforlar signal ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ushbu Qoidalar, Signallashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma hamda Poyezdlar harakati va manyovr ishlariga doir Yo‘riqnoma talablari bajarilgan holda amalga oshiriladi.

  2. Xo‘jalik poyezdlarining asosiy yo‘llarda harakatlanishiga tunda, elekgr poyezdlari harakati to‘xtaganidan keyin ruxsat etiladi.

Tutashuv relsidan elektr quvvati o‘chirilguncha qadar eng so‘nggi elektr poyezdi ortidan xo‘jalik poyezdlarini asosiy yo‘llarga chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Bu holda motovozlar deposi ustasi yoki brigadiri tutashuv relsida elektr toki mavjudligi haqida mashinistni og‘zaki ogohlantiradi. Mashinist tutashuv relsida elektr toki mavjudligi haqida xo‘jalik poyezdida ketayotan barcha shaxslarni ogohlantirishi shart. Belgilangan joyga yetib kelganidan so‘ng mashinist tutashuv relsidan elektr toki o‘chirilganida bekat navbatchisi yoki poyezd nozimi orqali ishonch hosil qilishi shart.
Park yo‘llari va boshqa yo‘llarda tutashuv relsida elektr toki bo‘lgan taqdirda xo‘jalik poyezdlari harakatlanishiga ruxsat etiladi.

  1. Xo‘jalik poyezdlari noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanishiga peregon (yo‘l qismi) yo‘lini yopmasdan va poyezd nozimining buyrug‘iga ko‘ra ruxsat etiladi, shuningdek so‘nggi elektr poyezdi o‘tib ketganidan so‘ng tutashuv relsidan elektr toki o‘chirilguniga qadar xo‘jalik poyezdlari noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi.

  2. Xo‘jalik poyezdlarining ruxsat etilgan harakat tezliklari harakat tarkibining turiga qarab metropoliten boshlig‘ining buyrug‘i bilan belgilanadi.

  3. Tunda tarmoqda harakatlanayotgan barcha poyezdlar tutashuv relsiga elektr toki berilishi haqida ikkinchi ogohlantirish signali berilgunga qadar turish joylariga qaytib kelishlari yoki asosiy yo‘lni bo‘shatishlari lozim.

  4. Poyezd nozimi xo‘jalik poyezdlarining bajarilgan harakati jadvalini yuritishi, elektr poyezdlarining harakati boshlanishidan oldin tungi ishlardan so‘ng, barcha xo‘jalik poyezdlari tarmoqdan turish joyiga qaytib kelganini tekshirishi shart.

  5. Xo‘jalik poyezdlarini tashkil qilish va ularning harakatlanishi tartibi Poyezdlar harakati va manyovr ishlariga doir yo‘riqnomada belgilanadi.

Yo‘l aravachalari va boshqa olinadigan harakatlanuvchi birliklarining harakat tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlagan yo‘riqnoma bilan belgilanadi.


Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin