tezkor to‘xtash talab etilmagan hollarda, poyezd imkon boricha maydoncha yoki to‘g‘ri yo‘lda to‘xtatilishi;
poyezdni to‘xtatganidan so‘ng bu haqda poyezd nozimiga xabar berishi, hamda yo‘l shakliga qarab poyezdni to‘xtab turish yoki qo‘l tormozlari bilan tormozlashi;
harakatni davom ettirish imkoniyatini aniqlashi;
harakatga to‘sqinlik qilgan holatni bartaraf etish choralarini ko‘rishi;
harakatga to‘sqinlik qilgan holat bartaraf etilganidan so‘ng bu haqda poyezd nozimiga xabar berishi va poyezd harakatini davom ettirishi;
harakatga to‘sqinlik qilgan holatni bartaraf etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, poyezd nozimi bilan kelishilgan holda yo‘lovchilarni tonneldan bekatga chiqish choralarini ko‘rishga majbur.
Yondosh yo‘lda poyezd harakatiga to‘sqinlik qiluvchi holat aniqlangan taqdirda, mashinist (lokomotiv brigada) qarama-qarshi iomondan kelayotgan poyezd (tarkib)ni to‘xtatish choralarini ko‘rishi lozim.
Oldinda to‘xtab turgan poyezdga yaqinlashganda mashinist o‘z poyezdini undan kamida 25 m uzoqlikda, 0,030 dan tik qiyaliklarda esa - kamida 50 m uzoqlikda to‘xtatishi, to‘xtash signalini berishi, zudlik bilan radioaloqa yoki tonnel aloqasi orqali bu haqda poyezd nozimiga xabar qilishi va shundan so‘ng uning ko‘rsatmasiga ko‘ra ish tutishi shart.
Oldinda to‘xtab turgan poyezdgacha strelka o‘gkazgichi joylashgan bo‘lsa, mashinist strelka o‘tkazgichi oldida o‘rnatilgan svetofordan o‘tmasdan poyezdni to‘xtatishi shart.
Elektr poyezdi (tarkibi)ni boshqarish yo‘qolgan taqdirda mashinist boshqaruvni tiklash choralarini ko‘rishi shart.
Poyezdni (tarkibni) boshqarish 5 daqiqa mobaynida tiklanmasa, mashinist yordamchi poyezd yuborishni talab qilishi shart.
Poyezdni mashinist yordamchisisiz boshqarishda, agar poyezd to‘xtatish tormozlari bilan jihozlanmagan, poyezdning ohirgi qismidagi vagonlar o‘rtasidagi tormoz magistralining jo‘mraklari berkitilgan vagonlardan tarkib topgan bo‘lsa, mashinist yordamchi poyezd yuborishni talab qilishi shart.
Yordamchi poyezd chaqirilganidan so‘ng, mashinist yordamchi poyezd keladigan tomondagi vagonning qizil chiroqlari yonishini tekshirib ko‘rishi lozim.
Yordamchi poyezd sifatida orqadan bir xil yo‘nalishda kelayotgan yoki noto‘g‘ri yo‘nalishda jo‘natilgan poyezd (tarkib) tayinlanishi mumkin. Poyezd uzilib ketgan taqdirda ikkita yordamchi poyezd tayinlanadi. Noto‘g‘ri yo‘nalishdagi yordamchi poyezd faqat bekatdan tayinlanadi.
Yordamchi poyezd (tarkib) talab qilinganidan so‘ng poyezdning majburan to‘xtatilishi sababi bartaraf etilgan bo‘lsa, mashinist poyezd nozimiga harakatni davom ettirishga tayyor ekanligi haqida xabar qilishi kerak.
Bu haqda poyezd nozimi harakatni davom ettirishga ruxsat berishi va harakat xavfsizligini taminlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rgani holda, yordamchi poyezd (tarkib)ning tayinlanishini bekor qilishi mumkin.
Agar yordamchi poyezd bekatdan tayinlansa, u yo‘lovchilarsiz harakat qilishi lozim.
Yordamchi poyezd peregondan tayinlansa, yordamchi va buzilgan poyezdlardan yo‘lovchilarni tushirish eng yaqin bekatda amalga oshiriladi.
Poyezd faqat bosh kabinadan boshqarilgan taqdirda poyezd nozimining buyrug‘iga binoan, Poyezdlar harakati va manyovr ishlariga doir Yo‘riqnomada belgilangan tartibda peregondan bekatga qaytarilishi mumkin.
Poyezdlar va tarkiblarni metropoliten yo‘llarida orqaga yurishi taqiqlanadi. Istisno tariqasida quyidagi hollarda poyezdni orqaga yurishiga ruxsat etiladi:
yopiq turdagi bekatda;
agar bekatdan jo‘naganidan so‘ng poyezdda o‘t chiqishi natijasida to‘xtatilgan va vagonlarning bir qismi tonnel ichida bo‘lsa,.
Orqaga yurish tartibi metropoliten boshlig‘i tmonidan tasdiqlangan Yo‘riqnoma bilan belgilanadi.